Raqamli bank bozoridagi muvaffaqiyatsizliklar va samaradorlik Reja: Raqamli banklarning muvaffaqiyatsizligining sabablari va ularning oqibatlari



Yüklə 46,1 Kb.
tarix07.01.2024
ölçüsü46,1 Kb.
#207789
9-mavzu. Raqamli bank bozoridagi muvaffaqiyatsizliklar va samarasdorlik


Raqamli bank bozoridagi muvaffaqiyatsizliklar va samaradorlik
Reja:
1. Raqamli banklarning muvaffaqiyatsizligining sabablari va ularning oqibatlari.
2. Norentabel ishlayotgan raqamli banklarni sog‘lomlashtirish choralari.
3. Ishchi kuchi talab qiladigan va kapital sarf qiladigan raqamli bank bo‘limlari.

Raqamli bank - tushunchasi, bu bank mijozlari uchun bir tizimdan foydalangan holda foydalaniladigan, mamlakat bo‘ylab boshqa tarmoqlari mavjud bo‘lmagan, mijoz uchun bank hizmatlari va mahsulotlarini onlayn rejimida foydalaniladigan bank. Raqamli banklar asosi boʻlib, mobil ilova va call-markazlar tashkil etadi. Raqamli bank tushunchasi va ishga tushish ish jarayoni XX asrning oktabridan boshlangan. XX asrda ish boshlagan “First Direct” banki (Buyuk Britaniya) filialsiz bank yaratgan birinchi bank bo‘ldi. Ya’ni shu davrda birinchi mijozlarga xizmat koʻrsatish telefon orqali bank tomonidan amalga oshirilgan edi. Bank birinchi ish kuni davomida o‘z mijozlaridan 1000 ga yaqin qoʻngʻiroqlarni qabul qildi. Oradan 6 yil o‘tib “First Direct” banki ro‘yxatida 500 000 dan ortiq mijozga hizmat ko‘rsatishni boshlagan.
Amerika Qo‘shma Shtatida 2014-yilda Kris Skinnerning nashr etilgan “Digital bank” kitobida birinchi marta raqamli bank iborasi batafsil tavsif berildi. Hozirgi XXI asrga kelib Raqamli bank tushunchasi Yevropa davlatlarida 2015-2020 yillar davomida jadallik bilan rivojlangan. Raqamli banklar o‘z mijozlariga yanada qulaylik va foydali bo‘lgan xizmatlarni taqdim etish maqsadida zamonaviy raqamli innovatsiyalardan keng foydalanib kelmoqdalar.
Bugungi kunda mamlakatimizda yangi tashkil etilgan raqamli banklarning tijorat banklaridan asosiy afzalliklari - raqamli banklarning mamlakatimiz bo‘ylab bank filiallari kengaymasligi; - raqamli banklar ortiqcha bino-inshoot va boshqa resurslarni talab qilmasligi; - raqamli banklar mijoz va bank o‘rtasida doimiy ravishda onlayn aloqa tizimining o‘rnatilganligi; - raqamlashtirilgan banklarning mijoz uchun sifatli va qulay bo‘lgan mobil ilovasi; - raqamli banklarda mijozlar talabidan kelib chiquvchi, shuningdek bozor talablariga javob bera oladigan kreditlar va omonatlar uchun eng qulay sharoitlari; - raqamli banklar mijozlar uchun sifatli, tezkor, qulay, havfsiz va kechayu kunduz ish rejimida javob beruvchi aloqa markazlarining mavjudligi; - raqamli banklarda byurokratik to‘siqlarni mavjud emasligi; (O‘ZBEKISTONDA FANLARARO INNOVATSIYALAR VA 18-SON ILMIY TADQIQOTLAR JURNALI 20.04.2023) –
Raqamli bank ilovalarining mijozlar uchun xizmat ko‘rsatish sohalarini arzonligi jihatidan farqlari mavjud. Yuqorida sanab o‘tilgan qulayliklar faqatgina bank mijozlari foydasi uchun xizmat ko‘rsatadi. Raqamli banklar insoniyat uchun masofadan xizmat ko‘rsatish, bank va mijoz o‘rtasidagi jarayonni raqamlashtirishga mo‘ljallangan bo‘lib, mijozlarning omonat hisobini, plastik kartalarga ochilgan hisobini, masofadan boshqarish imkoniyatini beradi. Masofadan xizmat ko‘rsatish tizimlari bank xizmatlari uchun ketadigan vaqtni tejaydi va inson resurslaridan foydalanishni kamaytiradi.
Raqamlashtirish tili bilan aytganda mobil-banking, internet-banking yoki SMSbanking xizmatlari yordamida mijozlarga xizmat ko‘rsatadi. Raqamli banklarda internet-banking o‘zi nima va bu xizmati orqali mijoz qanday asosiy xizmatlardan foydalana oladi? Raqamli banklarda internet-banking o‘zi nima? Raqamli banklarda Internet-banking - bu mijozlarning internet orqali omonat hisobini, bank kartalariga ochilgan hisobvaraqlarini, boshqarish imkonini beruvchi tizimdir.
Bu xizmat mijoz va bank o'rtasida masofadan onlayn bank bilan bog‘langan holda haqiqiy vaqt davomida to‘lovlarni o‘tkazish uchun mo‘ljallangan tizimdir. Mijoz tizimga veb-brauzer orqali kira oladi. Mijoz bankning veb-saytida barcha o‘z ma’lumotlarini jumladan, to‘lov hujjatlari va hisobvaraqlardan ko‘chirmalarni ko‘rib chiqish imkoniyatiga ega bo‘ladi. Internet-banking tizimi bankning veb-serverida joylashtiriladi. Raqamli banklarda internet-banking xizmat orqali mijoz qanday asosiy xizmatlardan foydalana oladi?
1 internet-banking xizmati orqali to‘lovlarni kerakli hisobga o‘tkazish;
2 mijoz to‘lov o‘tishi bosqichlarini kuzatib borish;
3 mijoz hisobidagi mablag‘i, qoldiqlari va aylanmalari to‘g‘risida ma’lumot olish;
4 mijoz asosiy hisobvaraq bo‘yicha qarzdorliklar to‘g‘risida ma’lumot olish; 5 mijoz kredit mablag‘lari va unga hisoblangan foizlar to‘g‘risida ma’lumot olish;
6 mijoz valyuta kurslari to‘g‘risida ma’lumot olish kabi barcha asosiy jarayonlardan istalgan vaqtda mijozlar uchun foydalanish imkoniyatini yaratish;
7 mijoz bank tomonidan yuborilgan xabarnomalarni ko‘rish. Raqamli banklarda SMS-banking o‘zi nima va bu xizmat orqali mijoz qanday asosiy xizmatlardan foydalana oladi?. Raqamli banklarda SMS-banking o‘zi nima? Raqamli banklarda SMS-banking - bu bank mijozlarga ularning omonat hisobidagi hamda bank kartalariga ochilgan hisobvaraqlaridagi jarayonlar haqida SMS tarzida mijoz ma’lumotlarini olish tizimidir. Mijoz hisobvarag‘idan o‘z ma’lumotlarini olish uchun mijoz bankning maxsus telefon raqamiga belgilangan SMS-so‘rovni jo‘natishi lozim. Raqamli banklarda SMS-banking xizmati orqali mijoz qanday asosiy xizmatlardan foydalana oladi?
1 mijoz hisobvarag‘iga kelib tushgan mablag‘larni ko‘rish;
2 mijoz hisobvaraq balansi to‘g’risidagi ma’lumotlar;
3 mijoz hisobvarag‘idan barcha xarajatlar to‘g’risidagi ma’lumotlar; O‘ZBEKISTONDA FANLARARO INNOVATSIYALAR VA 18-SON ILMIY TADQIQOTLAR JURNALI 20.04.2023
4 mijozning kun davomida o‘tkazilgan bank operatsiyalari to‘g’risida kunlik va operativ ma’lumot olish. Shuni aytishimiz joizki, mustaqillik yillariga nisbatan qisqa davrda jahonning eng ilg‘or andozalariga mos keladigan, har qanday tashqi va ichki ta‘sirlarga bardosh bera oladigan, mamlakatimizni rivojlangan davlatlar qatoriga kirishi uchun metindek asos vazifasini o‘taydigan zamonaviy bank va moliya tizimi yaratildi. Davlatimiz rahbari tomonidan 2018-yil O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bank tizimiga chakana bank xizmatlariga ixtisoslashgan raqamlashtirilgan banklar va bank bo‘linmalarini tashkil, etish shuningdek innovatsion bank texnologiyalaridan foydalangan holda bank mijozlariga xizmat ko‘rsatish sifatini oldingidan kengaytirish vazifasi qo‘yilgan. O‘ZBEKISTONDA FANLARARO INNOVATSIYALAR VA 18-SON ILMIY TADQIQOTLAR JURNALI 20.04.2023
Shu sababli, mazkur vazifalar ijrosini ta‘minlash maqsadida mamlakatimizda 2020-yilda sentyabr oyida “Anorbank” va keyinchalik “TBC bank” raqamlashtirilgan banklar sifatida mijozlarga onlayn xizmatlarni ko‘rsatishni boshlashgan. Hozirgi kunda raqamli banklar safiga kiritilgan “Anorbank” va “TBС bank”lar o‘z mijozlariga statsionar kompyuterlar yoki mobil ilovalar orqali to‘liq raqamli xizmatlarni ko‘rsatib kelmoqdalar. Bundan shuni anglashimiz kerakki, raqamli bank tizimida mijozga bank mobil dasturi, mobil dasturiga asosan esa yuqori texnologiyaga ega axborot texnologiya infratuzilma bilan taʼminlangan sifatli bank operatsiyalari taqdim etiladi.
Bu esa raqamli bank mijozi bank xizmatlaridan kechayu-kunduz ish rejimida to‘liq foydalanish imkonini beradi. Dunyoda va mamlakatimizda bank-moliya jarayonlari takomillashtirilgan tizimi qanday yo‘lga qo‘yilganligi shuningdek ularning havfsizligi. Dunyoda raqamli xizmatlar kundan-kunga inson hayotining deyarli barcha sohalarida rivojlanib, o‘sib kelmoqda. Bunday sohalarga misol qilib, bank-moliya sohasini aytsak bo‘ladi, mazkur sohaning raqamli xizmatlariga mobil ilovalar, mobil qurilmalarni, ijtimoiy saytlarni, elektron to‘lovlarni va pul o‘tkazmalarini, masofaviy pul omonatlarini va boshqalarni kiritishimiz mumkin. Hozirgi davrga kelib, bank va mijoz o‘rtasidagi jarayon butkul yangi - raqamlashtirish tili bilan aytganda “interaktiv” tusga kirib, insonlarda raqamli fikrlash tushunchasi ya’ni mazkur soha bo‘yicha yildanyilga ularning savodxonligi oshib bormoqda. Dunyoning yetakchi manbalari o‘tkazgan tahlil natijalari ham bu holatni tasdiqlaydi. O‘tkazilgan so‘rovlar natijasiga ko‘ra: besh yildan keyin 68% odamlar pullar bilan ishlash butunlay boshqacha bo‘lishiga ishonadilar; besh yildan keyin 33% odamlar mijozlar deyarli bankka borish kerak bo‘lamaydi ya’ni raqamli banklar barcha mamlakatlarda rivojlanadi deb hisoblaydilar; besh yildan so‘ng 70% odamlar mahsulot va hizmatlarga bo‘lgan to‘lov usuli to‘liq o‘zgaradi deb ishonadilar; besh yildan so‘ng salkam 50% odamlar, banklarning ishlash printsipi tubdan o‘zgaradi deb hisoblaydilar.
Raqamli banklar mijoz va bank o‘rtasidagi muloqotning yangi rivojlanish bosqichi bo‘lib, u moliyaviy hizmatlar sektoridagi innovatsiyalarni hamda bu sohadagi raqamli, IT strategiyalarni o‘z ichiga qamrab oladi. Dastlab bu haqda birinchi marotaba “Microsoft Money” internet banking deb nomlangan texnologiyasi yaratilgan vaqtlarda aytib o‘tilgan edi. “Digital Bank Report” manbasida o‘tkazilgan ilmiy izlanishlar doirasida keltirilgan ma’lumotlarga ko‘ra, dunyo darajasidagi 70% moliyaviy muassasalar raqamli bankingni o‘zlarining strategik mavqelaridan biri deb hisoblaganlar. Shuni aytib o‘tishimiz joizki, raqamli banklar bo‘yicha zamonaviy ishlanmalarni tahlil qilgan holda bu sohadagi eng asosiy va muhim bo‘lgan yo‘nalishlarni ko‘rsatib o‘tishimiz lozim: O‘ZBEKISTONDA FANLARARO INNOVATSIYALAR VA 18-SON ILMIY TADQIQOTLAR JURNALI 20.04.2023 –
Bank mijozning ishonchliligi reytingini avtomatik ravishda aniqlash texnologiyasini amaliyotga tadbiq etish; - Banklarda virtual xodimlar tomonidan olib boriladigan amallarning havfsizlik qoidalariga rioya qilinishini nazoratga olish; - Banklarda pul mablag’larini noqonuniy tarzda o‘zlashtirib olinishini oldini olishga qaratilgan jarayonlarni avtomatlashtirish; - Bank bankomatlarga o‘rnatilgan ko’rish tizimlaridan doimiy foydalanib borish. Dunyo tajribasidan ma’lumki, iqtisodiyotni rivojlantirish doimo yangi ITtexnologiyalari asosida amalga oshadi. Shu sababli ham zamonaviy ilmiy-texnik inqilob sharoitlarida bank sohasi bu borada yetakchilardan biri sanaladi.
Shu sababli ham bu yo‘nalishdagi katta moliyaviy yo‘qotishlarning oldini olish maqsadida raqamli bank sohasida kredit tashkilotlarining samarali va sifatli havfsizlik tizimini yaratish talab etiladi. Masalaning boshqa tarafiga nazar solsak, mamlakatimizda bank sohasini raqamlashtirish uchun mazkur sohani rivojlantira oladigan, raqamli texnologiyalarni qo‘llay oladigan professional va malakali kadrlar va yangi lavozimlar yaratish talab etiladi. Masalan, bu lavozimlar qatoriga raqamli texnologiyalarni rivojlantirish bo‘yicha direktor va innovatsion rivojlanish bo‘yicha direktor lavozimlarini kiritish mumkin. Xozirda raqamli modernizatsiya dunyo iqtisodiyotining muhim masalalaridan biri hisoblanadi. Jahon iqtisodiy munosabatlarining rivojlanishi sharoitida alohida davlatlar iqtisodiyotining integratsiyasi va to‘lov tizimlarining rivojlanishi, xususan, naqdsiz to‘lov shakllari, banklarning raqamli xizmatlari turlarini rivojlantirish yo‘nalishi kuzatilmoqda. Bank-moliya tizimiga elektron ITning kirib kelishi, mazkur yo‘nalishdagi ortiqcha katta mablag’lar talab etadigan ishlarni yangicha tashkil etish va mukammallashtirishga zamin yaratdi. Bank-moliya yo‘nalishida ro‘y berayotgan harxil muammolar va ular keltirib chiqaradigan salbiy oqibatlarini yengib o‘tish uchun milliy iqtisodiyotda raqamli iqtisodiyotni keng ko‘lamda qo‘llashga erishish asosiy masalalardan biri bo‘lib kelmoqda. Raqamli banklar uchun raqamli bankingni qo‘llash, iqtisodiy havfsizlikni ta’minlash va mobil tizimlar rivojlanishiga alohida ahamiyat qaratish moliyaviy bozorlar va banklar rivojlanishi uchun muhim ahamiyat kasb etadi.
Mazkur maqolada asosiy muhim masalalar iqtisodiyotni raqamlashtirish jarayonida kredit tashkilotining havfsizligini ta’minlash hamda raqamli banklarning rivojlanish muammolari hisoblanadi. Shu bilan birga, kredit tashkilotining iqtisodiy xavfsizligi bankning ichki va tashqi salbiy havflaridan bartaraf qilish uchun qo‘llaniladigan huquqiy, tashkiliy, dasturiy-texnik vositalar va usullar yig’indisi hisoblanadi. Biroq zamonaviy kredit tashkilotining iqtisodiy havfsizligini ta’minlash uchun zarur bo‘lgan asosiy faktorlar majmuiga axborot texnologiyalari infratuzilmasining himoyasini ta’minlash, ma’lumotlarning to‘liqligi va firibgarliklarga qarshi kurashishni kiritishimiz mumkin. O‘ZBEKISTONDA FANLARARO INNOVATSIYALAR VA 18-SON ILMIY TADQIQOTLAR JURNALI 20.04.2023
Umumiy bank sektoridagi bunday yangiliklar kredit tashkilotlarining faoliyatida, banklarning iqtisodiy havfsizligini ta’minlashda bir nechta katta o‘zgarishlarga sabab bo‘lishi mumkin. Iqtisodiy havfsizlikni raqamli banking sharoitlarida ta’minlash uchun, quyidagi fikrlarni amalga oshirish talab etiladi: Doimiy ravishda dasturiy mahsulotlarni ishlab chiqarish va ularni yangilab borish talab etiladi; Barcha sohaga tegishli bo‘lgan ma’lumotlar bazasini markazlashtirish; Mazkur sohaning iqtisodiy havfsizligini ta’minlash uchun qonuniy asoslarni mukammallashtirishni tashkil etadi.
Mamlakatimizda bank-moliya tizimi barqarorligi yo‘lida qabul qilingan normativhuquqiy hujjat sifatida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 12-maydagi PF-5992-son Farmoniga to‘xtaladigan bo‘lsak, mazkur Farmonning 1-ilovasida 2020 - 2025 yillarga mo‘ljallangan O‘zbekiston Respublikasining bank tizimini isloh qilish stratеgiyasining III bob 3.3-bandiga asosan Zamonaviy axborot texnologiyalarini joriy qilish asnosida quyidagi ishlar belgilab berilgan: masofaviy bank xizmatlari, shu jumladan kontaktsiz to‘lovlar soni va qamrovini kengaytirish; avtomatlashtirilgan skoring tizimi, raqamli identifikatsiyalash va kredit konveyeridan keng foydalanish; bank ma’lumotlari va tizimlarining axborot xavfsizligini kuchaytirish; bank sohasidagi yangi konsepsiya va texnologiyalarni joriy qilish (fintex, marketpleys, raqamli bank).
Shuningdek mamlakatimiz iqtisodiyoti globallashuv sharoitida bank-moliya tizimini isloh qilish va barqarorligini oshirish, bank tizimiga mamlakatimiz insonlarini va xorijlik hamkorlarimizni ishonchini yanada oshirish, bank mijozlariga axborotkommunikatsiya texnologiyalarini keng qo‘llagan holda, banklar tomonidan taklif etilayotgan bank xizmatlarining turini kengaytirish bugungi kunning eng muhim masalalaridan biri hisoblanadi. Mamlakatimiz Prezidentining 2018-yil 23-martda qabul qilingan “Bank xizmatlari ommabopligini oshirish bo‘yicha qo‘shimcha choratadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-3620-son qaroriga asosan “Bank xizmatlari ommabopligining oshirilishini va bank xizmatlari iste’molchilari huquqlarining himoya qilinishini ta’minlash O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining muhim va asosiy vazifalaridan biri ekanligi belgilab qo‘yildi .
Ma’lumki dunyoning ba’zi rivojlangan banklari o‘z mijozlariga to‘xtovsiz xizmat ko‘rsatishga harakat qiladilar, bunday xizmat ko‘rsatishni Germaniyaning “Doyche bank”, Gollandiyaning “ABN AMRO Bank”, Fransiyaning “Sosete Jeneral”, Amerika Qo‘shma Shtatlarining “Sitibank” banklarida ko‘rishimiz mumkin. Yuqoridagi banklarda bank xizmatlari strategiyasi asosan past tariflarda yangi mijozlar, korrespondent-banklarni o‘ziga jalb etish, zamonaviy to‘lov tizimlaridan foydalana olish imkoniyatlariga asoslanadi va mijozlarga xizmat O‘ZBEKISTONDA FANLARARO INNOVATSIYALAR VA 18-SON ILMIY TADQIQOTLAR JURNALI 20.04.2023 ko‘rsatish kechayu-kunduz ya’ni kuniga 24 soat davomida haftasiga 7 kun olib boriladi. Xizmatlar mijozlarning ko‘proq o‘z-o‘ziga xizmat ko‘rsatish tamoyiliga asoslanadi, xizmatlarning doimiy ravishda mobilligini ta’minlaydi va mijozlarni jalb etish usuli hisoblanadi.

Keling, asosiy bank texnologiyalarini (bank infokommunikatsiyalarini) ko'rib chiqaylik, ulardan foydalanmasdan zamonaviy sharoitda hech bir bank qila olmaydi, chunki u bank xizmatlari bozorida raqobatbardosh bo'lib qolishi mumkin.


“Bank texnologiyalari” atamasi bank tomonidan yaratilgan bank mahsulotini ishlab chiqarish va yetkazib berish tizimini anglatadi maqsadli auditoriya uning ehtiyojlarini qondirish uchun.
Telekommunikatsiya muhitidan foydalangan holda taqdim etilayotgan asosiy bank xizmatlariga quyidagilar kiradi:
1. Xalqaro pul o'tkazmalari tizimlari (Western Union va boshqalar) orqali pul o'tkazmalarini amalga oshirish. Pul o'tkazmalari hozirda juda dolzarb. Zamonaviy asbob-uskunalar, eng so'nggi kompyuter texnologiyalaridan foydalanish tufayli eng qisqa vaqt ichida (10-15 daqiqa) dunyoning istalgan nuqtasiga pul jo'natish mumkin;

2. Plastik kartalar yordamida naqd pulsiz hisob-kitoblar bankomatlar orqali amalga oshiriladi. Bugungi kunda bank plastik kartasi endi shunchaki to‘lov vositasi emas – u turli axborot ilovalari va turli to‘lov muhitlarini, masalan, tarmoqlarni bir-biriga bog‘lovchi vositaga aylanib bormoqda. mobil aloqa, Internet, elektron pul va boshqalar. Bank kartalari stipendiyalar, ish haqi, pensiyalar, kreditlar to'lash uchun ishlatilishi mumkin, shuningdek, chet elda to'lovlarni amalga oshirish uchun ham ishlatilishi mumkin. Shunday qilib, bank kartalaridan foydalanish nafaqat bank operatsiyalari va ularning hisobini avtomatlashtirish, balki bank hisobvaraqlariga qo'shimcha resurslarni jalb qilish, bank uchun yangi daromad olish va mijozlarni kafolatlash imkonini beradi. yuqori daraja bank kartalaridan foydalanishda xavfsizlik.


Elektron to‘lov tizimining bevosita elementi bu bankomat (ATM - avtomatlashtirilgan pul o‘tkazmasi) bo‘lib, u turli hisobvaraqlardan naqd pullarni chiqaradi, hisobvaraqlarga depozitlarni qabul qiladi, hisobvaraqdan hisob raqamiga pul o‘tkazadi va to‘lovlarni amalga oshiradi.
Bank IT ni rivojlantirishning eng istiqbolli yo'nalishi bu Internet-bankingdir.
Internet-banking - bu global Internet orqali plastik karta egalariga masofaviy xizmat ko'rsatish tizimi.
Ushbu tizim dunyoning istalgan nuqtasida 24 soat davomida karta hisobvarag'iga kirishni ta'minlaydi va ma'lumotlarni shifrlashning zamonaviy texnologiyalaridan foydalanish tufayli bank va mijoz o'rtasidagi munosabatlarning to'liq maxfiyligi ta'minlanadi.
Internet-banking yordamida quyidagi operatsiyalarni amalga oshirish mumkin
1. Karta hisobvaraqlari, depozit va joriy hisobvaraqlardagi mablag‘lar qoldig‘i haqida ma’lumot olish;
2. Kommunal to'lovlarni to'lash: ijara haqi, elektr energiyasi, suv ta'minoti, gaz ta'minoti va boshqalar
3. To'lash Uy telefoni
4. Karta hisobvarag‘idan jamg‘arma (depozit) hisobvarag‘iga pul mablag‘larini o‘tkazish;
5. Qarzni to'lash.
Masofaviy xizmat ham xizmatlar bilan ifodalanishi mumkin: SMS xizmati, mobil banking.
SMS xizmati mijozga o‘z mobil telefoniga karta hisobvarag‘idan pul mablag‘lari kirim qilingan yoki yechib olinganligi, kartadagi qoldiq haqida tezkor ma’lumotni SMS ko‘rinishida olish imkonini beradi.
Mobil banking - bu tizim bo'lib, u orqali mijoz sensorli telefondan foydalanib, karta hisobvarag'i operatsiyalari, karta holati, karta qoldig'i, shuningdek, tunu-kun ma'lumotlarga kirish imkoniyatiga ega bo'ladi. qo'shimcha xizmatlar karta tomonidan taqdim etiladi.
Yagona hisob-kitob va axborot maydoni (YAHM) banklar va xizmat ko‘rsatuvchi provayderlarning ko‘rsatilgan xizmatlar, yetkazib berilgan tovarlar uchun fuqarolardan to‘lovlarni qabul qilishni tashkil etish xarajatlarini kamaytirish, shuningdek, ushbu jarayonni avtomatlashtirish imkonini beradi.
Xizmat ko'rsatuvchi provayder o'z foydalanuvchilaridan to'lovlarni qabul qilish imkoniyatiga ega bo'lishi uchun u har bir bank, ba'zan esa filial bilan shartnoma tuzishi kerak. Ammo xizmat ko'rsatuvchi provayderlar barcha banklar bilan shartnoma tuzmaydi.
Yagona aholi punkti va axborot makonining avtomatlashtirilgan axborot tizimining yaratilgani ushbu muammolarni hal etish imkonini bermoqda. ERIP ga ulangan xizmat ko'rsatuvchi provayder ushbu tizimda ishtirok etuvchi barcha banklar bilan darhol ishlash huquqini oladi.
To'lovlarni qabul qilish qoidalarini bir marta qo'llagan xizmat ko'rsatuvchi provayder buni ERIPdagi 31 ta bank bilan amalga oshirishi shart emas va ERIP qoidalari va tartiblarini qo'llab-quvvatlagan banklar bir marta to'lov uchun mavjud bo'lgan xizmatlarning tobora kengayib borayotgan ro'yxatini oladilar. ERIP da.
Ushbu bo'limni sarhisob qiladigan bo'lsak, bank sektorining rivojlanishi bevosita foydalaniladigan AT sifatiga bog'liqligini aytishimiz mumkin. Eng yangi IT, telekommunikatsiya tizimlaridan foydalangan holda banklar nafaqat bank xizmatlari bozorini kengaytirish, balki mijozlarga xizmat ko‘rsatish sifatini oshirish, bank xizmatlari madaniyatini yuksaltirish imkoniyatiga ega bo‘ladi.
Kredit mahsulotining hayot aylanishini ko'rib chiqamiz.
Birinchi bosqich hayot sikli kredit mahsuloti mijoz banki vakilini kredit shartlari to‘g‘risida xabardor qilishdan boshlanadi, uning davomida mijoz kredit berish shartlari to‘g‘risida zarur va ishonchli ma’lumotlarni oladi, kredit olish imkoniyati va miqdori oldindan baholanadi. Kerakli maslahatni olgan mijoz kredit olish uchun ariza tuzadi, kredit olish uchun zarur hujjatlar to'plamini taqdim etadi. Ariza va hujjatlar to‘plami bankka keyingi ko‘rib chiqish uchun taqdim etiladi: ularning yetarliligi, izchilligi va ishonchliligi tekshiriladi. Ushbu tekshirish, qoida tariqasida, xavfsizlik xizmati tomonidan jinoiy va (yoki) ma'muriy javobgarlikka tortish faktlari mavjudligi, bank tizimida kreditlar bo'yicha qarzlarning mavjudligi, kredit tarixi, shuningdek qarz oluvchilar to'g'risidagi ma'lumotlarni tekshiradi. va kafillar.
2009-yil avgust oyidan boshlab banklarning tuzilgan kredit shartnomalari, kredit shartnomalari, kafolatlar, garovlar va kafolatlar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni Kredit reestriga taqdim etish bo‘yicha faoliyatini tartibga soluvchi “Kredit tarixi to‘g‘risida”gi Qonun kuchga kirdi.
Kredit tarixidan bank ham, har qanday jismoniy va yuridik shaxs ham ma'lumot olishi mumkin.
Kredit olish uchun ariza ko'rib chiqilayotganda bank kredit tarixini tekshirgan taqdirda, u mijozdan maxsus shaklda tuzilgan yozma roziligini (3 oy davomida amal qiladi) olishi kerak va shundan keyingina bank Milliy bankning Kredit reestriga so‘rov yuborishi mumkin.
Milliy bankning kredit tarixini tekshirish bo'yicha so'roviga javob olgandan so'ng, kredit shartlari aniqlanadi: qoida tariqasida, avtomatik yoki yarim avtomatik skoring protsedurasi shaklida - potentsial qarz oluvchini baholash va kredit limitini hisoblash. Bank mijozni qabul qilingan qaror haqida xabardor qiladi - agar qaror ijobiy bo'lsa, hujjatlar rasmiylashtiriladi.
Hujjatlarni rasmiylashtirishdan tashqari, kredit berish pul timsoliga ham ega, ya'ni kredit berish shakli belgilanadi: naqd pulsiz yoki naqd pulda, kredit bank plastik kartasini taqdim etish. Kredit plastik kartada berilgan taqdirda, kredit kartani shaxsiylashtirish uchun ariza yuborish kerak.
Berilgan kredit dasturiy ta'minot kompleksida buxgalteriya tizimida hisobga olinishi kerak.
Dasturiy-texnik kompleks - jismoniy shaxslarga kredit berishda operatsiyalarni avtomatlashtirish uchun foydalaniladigan, ma'lumotlar bazalarida tuzilgan shartnomalar doirasida qarz oluvchilar (shu jumladan kreditlar bo'yicha qarzlar, kreditlar bo'yicha foizlar va boshqalar) to'g'risidagi ma'lumotlar saqlanadigan maxsus dasturiy ta'minot.
Garchi bundan keyin kredit mahsulotining hayot aylanishining dastlabki bosqichi yakunlangan bo'lsa-da, oldinda hali ko'p tuzoqlar bor. Bularga kreditni qaytarish (qisman, muddatidan oldin), kechikishning yuzaga kelishi va boshqa operatsiyalar kiradi.

Kredit mahsulotining hayot aylanish bosqichlarini ko‘rib chiqib, biz bank oldida turgan vazifaga – bu bosqichlarni axborot tizimiga joriy etishga yondashdik.


Axborot tizimi - ma'lum bir shaklda taqdim etilgan ma'lumotlarni saqlash, qayta ishlash va uzatish tizimi.
Funktsiyalarning tizimlar bo'yicha taqsimlanishi, shuningdek ular o'rtasida ma'lumot almashish mexanizmi umuman chakana kreditlash axborot tizimining arxitekturasini belgilaydi.
Integratsiyalashgan axborot tizimini joriy qilmasdan va undan foydalanmasdan turib, banklar faoliyati samaradorligi va raqobatbardoshligini oshirish mumkin emas, chunki u barcha funksiyalarni – kredit mahsulotlariga arizalarni kiritishdan tortib, buxgalteriya hisobigacha bajarish imkonini beradi. Yuqorida aytib o'tilganidek, kredit berish kredit mahsulotining hayot aylanish jarayonidagi eng oddiy va tartibga solinadigan operatsiya hisoblanadi. To'lovlar, qisman to'lovlar, muddatidan oldin to'lovlar, shuningdek, qarzlar va boshqa, kamdan-kam hollarda operatsiyalarni faqat rivojlangan buxgalteriya yadrosidan foydalangan holda samarali avtomatlashtirish mumkin.
Bunday yadro kredit mahsulotining hayot aylanishining eng muhim elementi sifatida ball hisoblanadi. Unga qo'yiladigan asosiy talablar yetarli tezlik, bankda qabul qilingan usullarga rioya qilish, bank xodimlari tomonidan skoring algoritmini o'zgartirish va disk raskadrovka qilish imkoniyatidir.
Skoring tizimini joriy etish to'g'risida qaror qabul qilishda bank uning bunga qanchalik tayyorligini baholashi va birinchi navbatda quyidagi jihatlarga e'tibor berishi kerak:
bankda kredit berish bo'yicha qaror qabul qilish jarayonlari qanchalik unifikatsiyalanganligi;
elektron arizalar bazasining mavjudligi, uning to‘liqligi va to‘ldirilganligi, unda rad etilgan arizalar mavjudligi;
bankda kredit operatsiyalari bo'yicha tarixiy ma'lumotlar manbasining mavjudligi, ular asosida skoring modellarini yaratish mumkin edi;
kredit berish bo‘yicha elektron arizalarni ko‘rib chiqish jarayoni qanday avtomatlashtirilgan, kredit hujjatlari aylanishi umuman avtomatlashtirilganmi;
mijozlarning barcha operatsiyalari uchun ma'lumotlar omborining mavjudligi.

Yuqoridagilardan kelib chiqqan holda, yangi axborot texnologiyalarini hisobga olgan holda hamda bankning o‘ziga xosligi va talablariga muvofiq ishlab chiqilgan kreditlashni avtomatlashtirish tizimini joriy etish quyidagi biznes jarayonlarga sarflanadigan vaqtni qisqartiradi, degan xulosaga kelish mumkin:


kredit hujjatlarining to'liq to'plamini shakllantirish
kredit berish to'g'risida qaror qabul qilish;
bo'limlar o'rtasida hujjat aylanishi;
kredit to‘lovlarining o‘z vaqtida bajarilishini nazorat qilish va boshqalar.
Tijorat banklarining innovatsion faoliyati ma'lumotlarni qayta ishlash texnologiyasini o'zgartirishga olib keladigan printsipial jihatdan yangi xizmatlarni yaratish va joriy etishdan iborat.
Yüklə 46,1 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin