Toshkent moliya instituti sh. Abdullaeva pul, kredit va


-§. Qimmatli qog’ozlar va ularning tasnifi



Yüklə 1,7 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə94/100
tarix28.11.2023
ölçüsü1,7 Mb.
#167689
1   ...   90   91   92   93   94   95   96   97   ...   100
7-y-PUL-KREDIT-VA-BANKLAR-darslik-Sh-Abdullaeva-T-2003

2-§. Qimmatli qog’ozlar va ularning tasnifi
Qimmatli qog’oz – o’zi bilan bog’liq mulkiy huquqlarni aks ettiradigan 
hujjatdir, u daromad manbai bo’lib xizmat qiladi, bozorda muomalada yuritilishi va 
oldi-sotdi vositasi bo’lishi mumkin. Jahon amaliyotida qimmatli qog’ozlarning har xil 
turlari ishlatilmoqda.
Qimmatli qog’ozlar bozori kredit munosabatlari bilan birgalikda, o’z qiymatiga 
ega bo’lgan, sotish, sotib olish va to’lovini amalga oshirish mumkin bo’lgan maxsus 
hujjatlar (qimmatli qog’ozlar)ga egalik qilish bilan ham bevosita bog’liq. qimmatli 
qog’ozlar o’zida mulkchilik huquqini mujassamlashtirgan bozorda erkin aylanadigan, 
sotib olish-sotish va boshqa bitimlarning ob’ekti bo’ladigan, doimiy va bir martalik 
daromad olish manbai bo’lib xizmat qiladigan, pul kapitalining bir ko’rinishidagi 
hujjatdir. qimmatli qog’ozlar turli sub’ektlar tomonidan chiqarilishi mumkin. 
Umumiy holda bu emitentlar 3 guruhga bo’linadi:
1) 
davlat;
2) 
xususiy
sektor;
3) 
chet
el
sub’ektlari.
Yoamma qimmatli qog’ozlarni davlat, xususiy yoki xalqaro qimmatli 
qog’ozlarga ajratish mumkin. Xususiy sektor tomonidan chiqarilayotgan qimmatli 
qog’ozlar tarkibiga turli ishlab chiqarish korxonalari, tijorat banklari, investitsion 
banklar, investitsion fondlar va boshqalarning qimmatli qog’ozlari alohida o’rin 
tutadi. Xalqaro qimmatli qog’ozlar ularning hisoblanadigan valyuta va emitentlari 
bo’yicha bo’linadi. Qimmatli qog’ozlar muomalada bo’lish xududiga ko’ra regional 
(mahalliy), milliy va xalqaro qimmatli qog’ozlarga bo’linadi.
O’zbekiston Respublikasi mustaqillikka erishgandan so’ng 1993 yil 2 
sentyabrida Oliy Kengash tomonidan «Qimmatli qog’ozlar va fond birjasi 
to’g’risida»gi qonun qabul qilindi. Ushbu qonun qimmatli qog’ozlar bozorini tashkil 
qilish bo’yicha birinchi va asosiy hujjat bo’ldi. Keyinchallik bu qonunga 5 marotaba 
qo’shimcha va o’zgartirishlar kiritildi (1994 yil 23 sentyabrida, 1995 yil 22 
dekabrida, 1999 yil 26 aprelida, 30 avgustida, 27 dekabrida).
260


Bu qonunga asosan, O’zbekiston Respublikasi hududida quyidagi turdagi 
qimmatli qog’ozlar chiqarilishi va muomalada bo’lishi mumkin:
1.
Aktsiyalar; 
2.
Obligatsiyalar; 
3.
Xazina majburiyatlari
4.
Depozit sertifikatlari; 
5.
Veksellar; 
6.
qimmatli qog’ozlar hosilalari, ya’ni optsion va fyucherslar kiradi. 
Qimmatli qog’ozlarning bu turlariga qisqacha ta’rif beramiz: 
AKTsIYa – bu qimmatli qog’oz bo’lib: 
-
harakat muddati cheklanmagan; 
-
huquqiy yoki jismoniy shaxs tomonidan Aktsionerlik jamiyatiga muayyan hissa 
qo’shgan ulushini va mazkur jamiyat mulkidagi ishtirokini guvohlovchi; 
-
aktsiya bo’yicha dividend ko’rinishida foyda olish huquqini beruvchi 
aktsiyadorning shu jamiyat boshqarish ishiga qatnasha olishini tasdiqlovchi 
yuridik hujjatdir. 
OBLIGATsIYa. «Obligo» – lotin tilida «qarz olish» mazmunini bildiradi. 
Emitentga obligatsiya egasi tomonidan ma’lum bir pul mablag’ini kiritganligi va 
unda ko’rsatilgan muddatda nominal qiymatini hamda qo’shimcha foiz to’lab berish 
majburiyatini guvohlovchi qimmatli qog’ozdir. Obligatsiya uning egasiga 
emitentning ishini boshqarishda qatnashish huquqini bermaydi.
XAZINA MAJBURIYaTLARI – uning egasi tomonidan ma’lum bir pul 
mablag’ini byudjetga kiritganligi va uning butun aylanish davrida aniq chegaralangan 
foizni to’lab berish majburitini guvohlovchi qimmatli qog’ozdir.
DEPOZIT SERTIFIKATLARI jamg’armachining bankka qo’ygan pul 
mablag’ini ifodalovchi va muomala muddati to’gaganidan keyin qo’ygan pul 
mablag’ini hamda foyda sifatida ustama foizini huquq va imkoniyatini beruvchi 
qimmatli qog’ozdir. Depozit sertifikati bank tomonidan beriladi.
261 


VEKSEL - qarz majburiyati bo’lib, veksel beruvchining ushbu vekselni 
ko’rsatilgan muddatda taqdim etganda, veksel ushlovchiga uning nominal qiymatini 
to’lab berish guvohini beruvchi qimmatli qog’oz va to’lov vositasidir.
QIMMATLI QOG’OZLAR YoOSILALARI – bular shunday qimmatli 
qog’ozlarki, ularning foydasi yoki zarari bir nechta bozor ko’rsatkichlari bilan, ya’ni 
bozor indekslari bilan bog’liqdir. qimmatli qog’ozlar hosilalari – «optsion» yoki 
«fyucherslar» ko’rinishida bo’ladi.
262 



Yüklə 1,7 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   90   91   92   93   94   95   96   97   ...   100




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin