V. Zaxarov, O. Lavrushin, M. Pessel, I. Levchuk, V. Ribin, A. Qodirov, T.
Qoraliev kabi olimlar esa kreditni moliya bilan parallel ravishda faoliyat ko’rsatuvchi
alohida mustaqil iqtisodiy kategoriya deb hisoblaydilar.
Kreditni mustaqil kategoriya sifatida mohiyatini aniqlash murakkab
savollardan biridir.
Kreditga qarzga beriladigan qiymatning harakati sifatida qarash mumkin.
Zaxarov V. «Kredit vaqtinchalik foydalanishga beriladigan qiymat bo’yicha
bo’ladigan ijtimoiy munosabatdir» deb xulosa qilgan bo’lsa,
Qodirov A., Pessel M. Kredit iqtisodiy kategoriya bo’lib, unda ishlab chiqarish
munosabatlari o’z aksini topadi va davlat, xo’jalik tashkilotlari, korxonalar,
muassasalar bir-biriga qiymatni ma’lum vaqtga, qaytarib berishlik va to’lovlilik sharti
bilan beradilar deb uqtiradilar.
Yuqoridagi fikrlarga asoslangan holda kreditning ba’zi muhim tomonlari
aniqlanadi:
Dostları ilə paylaş: