I BOB. PULNING ZARURLIGI VA MOYOYATI
1-§. Tovar ishlab chiqarish va pulning zarurligi
Yoar bir iqtisodiy kategoriya amal qiluvchi mamlakat rivojlanishining asosiy
dastaglaridan biri pul bo’lib, bozor iqtisodiga o’tish va unda ish yuritishda uning roli
va ahamiyati yana oshib boradi. Darhaqiqat, pul - «bozor tili» deb bekorga
aytishmagan. Yoar bir iqtisodiy axborot, tovarlar va xizmatlar bahosi, to’lovlar,
daromadlar va xarajatlar, moliyaviy talablar va majburiyatlar, iqtisodiy aloqalar
makro va mikro darajalarda faqat pulda ifoda qilinadi.
Bozor iqtisodiga o’tish sharoitida pulni ahamiyatining oshishi shundaki,
jamiyatimizda mavjud huquqiy va jismoniy shaxslar faoliyati va ularning natijasi -
daromadi pul bilan bog’liq. Shuning uchun ham pul barcha iqtisodiy rivojlanish
pog’onalarida odamlarni o’ziga jalb qilib kelgan.
Avstraliyalik iqtisodchi olim K. Mengerning fikricha Aristotel va Platondan
boshlab XX asrning boshigacha pul to’g’risida jahonda besh-olti mingdan ortiq
maxsus ishlar chop qilingan. Agar biz hozirgi kunda pul to’g’risida yozilgan va chop
qilingan adabiyotlar soni bir necha marta oshib ketgan desak mubolag’a bo’lmasa
kerak. Tadqiqotlar shunchalik ko’p bo’lishiga qaramasdan pul va uning xususiyatlari,
har bir tizimda ishlatilishi, roli, iqtisodga ta’siri, nega alohida olingan individumlar
qo’lida pulning ko’payishi ularning boyligining ko’payishiga olib keladi-yu, jamiyat
miqyosida muomaladagi pul massasining ko’payishi jamiyat boyligi ortib borishiga
salbiy ta’sir ko’rsatadi degan savollarga hali to’liq javob berilgan emas.
Pul va uning vazifalari to’g’risida mavjud xorijiy mamlakatlar
iqtisodchilarning qo’llanmalarini olib qaraydigan bo’lsak, pulning kelib chiqishi
to’g’risida ikki xil g’oya mavjudligini ko’rishimiz mumkin. Bular ratsionalistik va
evolyutsion g’oyalardir.
Ratsionalistik qarashning asoschilaridan biri Aristotel bo’lib, u pul kelib
chiqishining asosini o’zaro bir-biriga teng qiymatni harakatga keltiruvchi biror bir
maxsus «qurol», kishilar orasida o’zaro kelishuv natijasida qabul qilingan shartli
6
birlikning topilishi ayirboshlash jarayonining bo’lishiga olib kelgan deydi. O’zaro
tovarlarni almashtirishga pul qatnashmaganda tovarni sotish jarayoni tovarni sotib
olish jarayoni sifatida yuzaga kelgan. Tovarlar o’rtasidagi proportsiya tasodifan,
masalan, sotilishi kerak bo’lgan mahsulotga talab qay darajada va uning miqdorining
kam ko’pligiga bog’liq holda o’rnatilgan. Keyinchalik shu tovarlar ichidan umumiy
ekvivalent rolini o’ynovchi ba’zi tovarlar ajralib chiqdi. Jamiyatning rivojlanishi
muomalaga metallarning kirib kelishiga olib keladi.
Rivojlanishning birinchi bosqichlarda bular mis, bronza, temir bo’lib
almashinuv T-P-T shaklida olib borilgan. XVIII asrlarning oxirigacha pul tomonlar
o’rtasidagi shartnoma vositasi deb qarab kelingan. Yoozirgi vaqtda ham ba’zi chet el
olimlari, masalan, Pol Samuelson pulni sun’iy sotsial shartlashish belgisi
1
deb
izohlangan. Boshqa amerikalik olim Jon Gelbreit qimmatbaho metallarning pul
vazifasini bajarishi bu kishilar o’rtasidagi kelishuvning mahsulidir deb uqtirmoqda.
Uzoq yillar davomida sobiq SSSRda pul va pul
muomalasi sohasidagi
tadqiqotlar K.Marksning ta’limoti asosida olib borilgan. Pulning kelib chiqishini
tadqiqot qilishda, u A. Smit, D. Rikardolarning tadqiqotlariga asoslangan holda
pulning mohiyatini ochib berishga harakat qilgan. Pulning o’zi ham tovar ekanligini,
pulning kelib chiqishi bosqich
1
Samuelson P. Ekonomika , M.:1964, - 64 b.
7
larini izohlab bera oldi. U oltin va kumush qazib olish va ishlatish uchun ma’lum
mehnat sarflanadi, shu mehnat oltin va kumushda gavdalangan holda, boshqa
tovarlarning qiymatini o’lchashning asosi bo’lib xizmat qiladi deb ko’rsatgan.
Yoozirgi vaqtda yuqoridagiga o’xshagan real pullar o’rniga o’z qiymatiga ega
bo’lmagan qog’oz va kredit pullar muomalada ishlatilmoqda. Shuning uchun, qog’oz
va kredit pullar, pul kelib chiqishi to’g’risidagi ratsionalistik kontseptsiyaning
to’g’ridan-to’g’ri isboti bo’la olmaydi. Qog’oz pullar yuzaga kelguncha jamiyat bir
necha rivojlanish bosqichlarini bosib o’tgan.
Pulning kelib chiqish tarixi pulning evolyutsion nazariyasi bilan ko’proq
bog’liq. Tovar muomalasining evolyutsion rivojlanish jarayonida umumiy ekvivalent
shaklini har xil tovarlar o’ynagan. Yoar bir jamoa o’z tovarini ekvivalent sifatida
o’rtaga qo’ygan. Lekin jamiyat tarraqiyoti shu tovarlar ichidan ikki guruh
tovarlarning ajralib chiqishiga olib keldi. Bular: birinchi ehtiyoj uchun zarur bo’lgan
tovarlar va zebu-ziynat tovarlaridir.
Ishlab chiqarishning rivojlanishi natijasida dehqonchilik va chorvachilikdagi
mehnat taqsimoti, tovar turlarining ko’payishi almashinuv jarayoninig yana
rivojlanishini taqozo qildi. Almashuv jarayonida tovar egalari o’zaro muloqotda
bo’lib, tovarning egasi o’z mahsulotini (mulkini) baholagan. Shu baholash jarayoni
biror o’lchov birligi bo’lishini taqozo qilgan.
8
|