bo’ldi. Pulning funktsiyalari oltindan ajraldi, o’zgaruvchan valyuta kurslari joriy
qilindi.
Yoozirgi vaqtda baholar masshtabi talab va taklif ta’sirida tashkil topadi va
baho orqali tovarlar qiymatini o’lchashga xizmat qiladi. Shuni ta’kidlash kerakki, pul
yordamida tovarlar tenglashtiriladi. Ikkala tomon uchun ham tenglashtirishning asosi
bo’lib abstrakt mehnat hisoblanadi.
Tovar qiymatining pulda ifodalanishi baho deyiladi. Baho - bu ideal shaklda
ongimizdagi qiymat o’lchovi. Qiymat o’lchovi vazifasini fikran ifoda qiladigan
pulimiz bajaradi, baho esa to’la-to’kis real moddiy boyliklarning qiymatini ifoda
qiladi.
Qiymat shakliga ega bo’lgan tovar, bahoga ham ega bo’ladi. Pul o’zi o’z
bahosiga ega emas, uning qiymati o’zi bilan aniqlanishi mumkin emas. Baho o’rniga
pul, sotib olish qobiliyatiga ega. Pulning sotib olish qobiliyati deganda pul birligiga
to’g’ri keluvchi tovarlar va xizmatlar miqdori tushuniladi. Agar pul birligiga to’g’ri
keluvchi tovarlar miqdori (soni) qancha ko’p bo’lsa, pulning sotib olish qobiliyati
ham shuncha yuqori bo’ladi va aksincha.
Dostları ilə paylaş: