inflyatsiyaga moyilligini ko’rsatadi. Qog’oz pullarni muomalaga chiqarishda pul
muomalasi qonuni talablarini e’tiborga olish kerak. Lekin, amaliyotda har doim ham
shu talablar e’tiborga olinavermaydi. Pul muomalaga tovar aylanishi ehtiyojini
qoplash uchungina chiqarilishi kerak. Yoaqiqatda pul yuqoridagidan tashqari byudjet
taqchilligini, davlatning boshqa xarajatlarini qoplash uchun ham chiqariladi, ya’ni
emissiya miqdori tovarooborot bilan cheklanmasdan davlatning moliyaviy resurslarga
bo’lgan talablariga bog’liq bo’ladi. Bu albatta, muomaladagi pul massasining
o’zgarib turishiga, aksariyat hollarda uning muomalaga keragidan ortiqcha chiqib
ketishiga olib keladi. Natijada pulning barqaror-ligiga putur etadi, uning qadri
tushadi, xalqning davlatga bo’lgan ishonchi pasayadi, to’lov balansining barqarorligi
yo’qoladi, (passiv qoldiq hajmi ortadi) milliy valyutaning kursi tushadi va h. q.
Dostları ilə paylaş: