Chet el iqtisodchilari pulning iqtisodiy kategoriya
sifatida mohiyati va
zarurligiga kam e’tibor berishgan. 1857 yillarda taniqli ingliz iqtisodchi U. Djevons
Iqtisodiy fanlar uchun pul masalasi - bu geometriyadagi aylana kvadraturasiga teng
demakdir degan ekan. Shuning uchun chet el iqtisodchilari bu bobni chetlab
o’tishgan. 50 - yillardagi darsliklarning avtorlari pulning mohiyatidan ko’ra
uning
iqtisodga, ishlab chiqarish va bandlik, moddiy resurslar va ulardan foydalanishga
ta’sirini o’rganish muhimroqdir deb ta’kidlashgan va ko’p
chet el olimlari shu
yo’nalishda ish olib borishgan. Yoozirgi vaqtda pul to’g’risida bizda mavjud chet el
adabiyotlarida ko’rilgan masalalar bu fikrimizning isboti bo’lishi mumkin.
Yoaqiqatda ham bozor iqtisodiga o’tish sharoitida pulning zarurligi, mohiyatini
tadqiqot qilishdan ko’ra,
pulning iqtisodga, ishlab chiqarishga, bandlikka ta’sirini
tadqiqot qilish jamiyatimiz uchun ahamiyatliroq deb o’ylaymiz.
Pulning turlari.
Pul o’zining evolyutsiyasi jarayonida metall (oltin, kumush, mis), qog’oz,
kredit pullar shaklida ishlatilib kelgan. Qiymatni o’zida ifodalashiga qarab pullar ikki
turga bo’linadi: -haqiqiy pullar:, -haqiqiy pul izdoshlari - qiymat belgilari
Dostları ilə paylaş: