Agar tovar uchun to’lov oldindan (avans) amalga oshiriladigan bo’lsa,
tovar
ma’lum vaqtdan keyin iste’molchi ixtiyoriga tushishi mumkin. Demak, ikkala holda
ham tovar va pul harakati bir vaqtning o’zida amalga oshmaydi. Chunki, tovar
aylanishi (T-P-T) uziladi va pul harakati tovar harakatiga nisbiy ravishda mustaqil
bo’ladi. Pulning bu harakati to’lov deb aytiladi va bu erda pul to’lov vositasi sifatida
ishtirok qiladi. Pulning to’lov vositasi funktsiyasi tovar ishlab chiqarish va muomala
rivojlanishining yuqori bosqichlari ma’suli bo’lib, u pulning qiymat o’lchovi va
muomala vositasi funktsiyalaridan keyinroq yuzaga kelgan deb xulosa qilish
mumkin.
To’lov vositasi funktsiyasining yana bir xususiyati shundaki, sotuvchi bilan
ist’emolchi o’rtasidagi munosabat muomala vositasidagiga o’xshab
qisqa muddatli
bo’lib, tezda tugallanmaydi. To’lov vositasi funktsiyasida iste’molchi tovarga ega
bo’lganidan keyin ham u bilan mol sotuvchi o’rtasidagi munosabat uzoq vaqt davom
qiladi. Bu munosabat - kredit munosabati hisoblanadi va iste’molchi - qarzdor,
sotuvchi - kreditor sifatida ishtirok qiladi.
Ba’zi iqtisodchilarimiz veksel asosida o’tkaziladigan jarayonlarini ham
muomala vositasi funktsiyasiga kiritishadi. Bu bizning fikrimizcha to’g’ri emas.
Chunki veksel - ma’lum mablag’ni to’lash to’g’risidagi kredit majburiyat, u qiymatga
ega emas, demak ayirboshlashning ekvivalenti sifatida ishtirok qila olmaydi. A
sotuvchi bir million so’mlik tovarni B iste’molchining vekseliga almashtirdi deylik. B
bir mln. so’mlik tovarga ega bo’ldi. A bo’lsa o’z qiymatiga ega bo’lmagan, sotib
olish qobiliyati emitent tomonidan belgilanadigan vekselga ega bo’ladi. Sotuvchi A
qachonki bir mln. so’mlik vekselni sotsagina pul mablag’iga ega bo’lishi mumkin.
Shunga asosan biz veksel jarayonlarini muomala vositasiga kiradi deb to’liq ishonch
bilan uqtira olmaymiz. Bu jarayonlar ko’proq to’lov
vositasi funktsiyasiga
taalluqlidir. Pulning to’lov vositasi funktsiyasi yana turli qarz va majburiyatlarni
to’laganda:
-
korxona, tashkilotlar o’rtasida tovar va xizmatlar uchun to’laganda;
-
davlat byudjetiga va kredit tizimiga to’lovlarni amalga oshirganda (foydadan
to’lanadigan to’lovlar, kredit bo’yicha qarz va foizlarni to’lash va boshqalar);
21
-
ishchi xizmatchilariga ish xaqi to’lash va aholiga boshqa to’lovlarni to’lash
(nafaqa, stipendiya va boshqalar)da;
-
boshqa har xil qarz va majburiyatlarni to’lash (masalan, kreditga olingan
uchun to’lov, uy-joy, elektroenergiya va boshqa xizmatlar uchun to’lovlar) da amalga
oshiriladi.
Pulning to’lov vositasi funktsiyasining yana bir xususiyati shundaki, bu
funktsiyada to’lovlar naqd pullik yoki naqd pulsiz shaklda amalga oshirilishi
mumkin. Bu xususiyati bilan ham pulning to’lov vositasi funktsiyasi muomala
vositasi funktsiyasidan farq qiladi.
Pulning bu funktsiyasi yordamida amalga oshiriladigan naqd - pullik va na
naqd pulsiz to’lovlar birgalikda to’lov oborotining vujudga keltiradi.
Pulning to’lov vositasi funktsiyasini biz ikkinchi darajali deb qarashimiz
mumkin emas, chunki bu funktsiyaning bajarilmasligi to’lovlarning o’z vaqtida
amalga oshmasligiga, bu esa hozirgi kunda mavjud
muammolar debitor-kreditor
qarzlarning ko’payishiga, kredit bo’yicha va boshqa moliyaviy majburiyatlarning
bajarilmasligiga, xo’jalik jarayonlarining normal borishiga katta ta’sir ko’rsatishi
mumkin.
Dostları ilə paylaş: