Toshkent moliya instituti sh. Abdullaeva pul, kredit va



Yüklə 1,7 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/100
tarix28.11.2023
ölçüsü1,7 Mb.
#167689
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   100
7-y-PUL-KREDIT-VA-BANKLAR-darslik-Sh-Abdullaeva-T-2003

Yoaqiqiy pullar 
nominal qiymatini o’zida ifodalovchi, real qiymatga ega 
bo’lgan metall pullar bo’lib, ular har xil shakllarda chiqarilgan va keyinchalik 
amaliyotda qulay bo’lgan aylana (shu shaklda metall emirilishi kam bo’ladi) shaklda 
chiqarilgan. Tarixiy ma’lumotlarga ko’ra, birinchi tangalar bundan 26 asr oldin 
Lidiya va Xitoyda, VII asrlarda hozirgi Markaziy Osiyo davlatlarida, IX-X asrlarda 
Kiev rusida zarb qilingan. XVIII asrning oxiri va XIX asrning boshlarida tangalar 
asosan oltindan zarb qilingan, keyinchalik oltin va boshqa qimmatbaho metallarni 
qazib chiqarish qiyinlashuvi, ishlab chiqarishning rivojlanishi va to’lov , muomala 
vositasiga bo’lgan ehtiyojning oshishi natijasida muomalaga qiymat belgilarini 
kiritish zarur bo’lib qoldi. Oltin va kumush muomaladan yo’qola bordi.
Qog’oz pullar. 
Pulning bu turi haqiqiy pullarning vakili bo’lib, pulning 
muomala funktsiyasi rivojlanishi natijasida yuzaga kelgan.
10 


Qog’oz pullar yuzaga kelishining quyidagi bosqichlarini keltirish mumkin.
1
bosqich - tangalarning uzoq vaqt muomalada bo’lishi, qo’ldan-qo’lga o’tish 
natijasida emirilishi; 
2
bosqich - tanganing metall tarkibining buzilishi. Davlat tomonida ongli 
ravishda davlat xazinasiga tushumni oshirish maqsadida tangalarning metall (oltin, 
kumush) miqdorining kamaytirilishi; 
Bu bosqichda tanga tarkibining buzilishiga oltin, kumush va boshqa 
qimmatbaho metallarni qazib chiqarishining qiyinligi, ularning zaxiralarining kamligi 
ham sabab bo’lgan.
3 bosqich - davlat tomonidan emission daromad olish maqsadida xazina 
biletlarining chiqarilishi.
Birinchi qog’oz pullar XII asrda Xitoyda chiqarilgan deb ko’rsatiladi 
adabiyotlarda. Lekin, tarixiy ma’lumotlarga asosan 700 yillarda kumush tangalar 
chiqarilgunga qadar, Buxoro davlatida qog’oz materiallardan pul sifatida 
foydalanilgan ekan.
Qog’oz pullar Amerika va Evropada XVII- XVIII asrlarda , Rossiyada 1769 
yilda chiqarilgan.
Qog’oz pullar deb huqumat tomonidan byudjet taxchiligini qoplash uchun 
chiqarilgan, metall pullar almashtirilmaydigan, lekin davlat tomonidan ma’lum kursi 
o’rnatilgan pul belgilariga aytiladi.
To’la oltin va kumushdan bo’lmagan tangalar muomalada pul sifatida 
ishlatilsada, ularning nominal miqdori real miqdoridan farq qilgan. Shunday bo’lsa 
ham bu tangalar ma’lum miqdordagi metallni ifodalagan. Qog’oz pullar bo’lsa, 
muomalaga chiqarilgan vaqtda va keyin ham uzoq yillar davomida ma’lum bir 
miqdordagi oltinni o’zida ifoda qilgan. Ammo biz bilamizki, biror davlatning pulida 
metallning zardasi ham bo’lmagan, ya’ni ular qiymatni belgilab bergan xolos.
Qog’oz pullarning emitenti bo’lib, yoki davlat xazinasi yoki emission bank 
hisoblanadi.
O’zbekiston Respublikasida muomalaga pul belgilarini O’zbekiston 
Respublikasi Markaziy banki chiqaradi. Qog’oz pullar-ning tabiati, ularning
11 


inflyatsiyaga moyilligini ko’rsatadi. Qog’oz pullarni muomalaga chiqarishda pul 
muomalasi qonuni talablarini e’tiborga olish kerak. Lekin, amaliyotda har doim ham 
shu talablar e’tiborga olinavermaydi. Pul muomalaga tovar aylanishi ehtiyojini 
qoplash uchungina chiqarilishi kerak. Yoaqiqatda pul yuqoridagidan tashqari byudjet 
taqchilligini, davlatning boshqa xarajatlarini qoplash uchun ham chiqariladi, ya’ni 
emissiya miqdori tovarooborot bilan cheklanmasdan davlatning moliyaviy resurslarga 
bo’lgan talablariga bog’liq bo’ladi. Bu albatta, muomaladagi pul massasining 
o’zgarib turishiga, aksariyat hollarda uning muomalaga keragidan ortiqcha chiqib 
ketishiga olib keladi. Natijada pulning barqaror-ligiga putur etadi, uning qadri 
tushadi, xalqning davlatga bo’lgan ishonchi pasayadi, to’lov balansining barqarorligi 
yo’qoladi, (passiv qoldiq hajmi ortadi) milliy valyutaning kursi tushadi va h. q.

Yüklə 1,7 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   100




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin