Toshkent moliya instituti sh. Abdullaeva pul, kredit va


-§. Pulning mohiyati va uning xususiyatlari



Yüklə 1,7 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/100
tarix28.11.2023
ölçüsü1,7 Mb.
#167689
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   100
7-y-PUL-KREDIT-VA-BANKLAR-darslik-Sh-Abdullaeva-T-2003

2-§. Pulning mohiyati va uning xususiyatlari
K. Marks pulni pul - bu tovarlarning tovari deb ifodalangan va uning quyidagi 
xususiyatlarini izohlab bergan. Birinchidan, pulning iste’mol qiymatida boshqa 
tovarlarning qiymati o’z ifodasini topadi. Ikkinchidan, pulda ifodalanadigan aniq 
mehnatning asosini abstrakt mehnat tashkil qiladi. Uchinchidan, pulda ifodalanuvchi 
xususiy mehnat ijtimoiy mehnat sifatida namoyon bo’ladi.
Shunga asoslangan holda pul ham tovar, lekin boshqa tovarlardan farq qiluvchi 
xususiyatlarga ega bo’lgan, maxsus tovardir degan xulosaga kelish mumkin. Uning 
maxsus tovar sifatida xususiyati shundaki, u barcha tovarlarning qiymatini o’ziga 
ifoda qiluvchi, umumiy ekvivalent hisoblanadi.
Umumiy ekvivalent rolini uzoq yillar davomida oltin bajarib kelgan bo’lsa-da, 
tovar xo’jaligining va pul muomalasining rivojlanishi kog’oz pullar, boshqa kredit 
vositalari, yuzaga kelishiga, kredit va pul mablag’larining bankda bir schyotdan 
ikkinchi schyotga o’tkazilishi kabi jarayonlar bo’lishiga olib kelgan.
Pul qanday shaklda bo’lishidan qat’iy nazar - u pul bo’lib qoladi. Yuqoridalarga 
asoslangan holda pulning mohiyatini qo’yidagicha ta’riflashimiz mumkin. Pul - bu 
maxsus tovar, umumiy ekvivalent bo’lib, abstrakt mehnat xarajatlarini o’zida aks 
ettiradi va tovar xo’jaligidagi ijtimoiy ishlab chiqarish munosabatlarini ifodalaydi.
Bu ta’rif pulning barcha xususiyatlarini o’zida to’liq ifodalaydi deb aytishimiz 
mumkin. Bular, birinchidan; pulning boshqa tovarlardan ajralib turuvchi maxsus 
tovarligi; ikkinchidan - pul bu umumiy ekvivalent - yagona tovar bo’lib, qolgan 
tovarlarning qiymatini o’zida ifoda qilishi, (boshqa xohlagan bir tovar bu xususiyatga 
ega bo’la olmaydi); uchinchidan, pulning ekvivalent sifatida tovarni yaratishga 
ketgan mehnat va boshqa xarajatlarini o’zida ifoda qilishi; to’rtinchidan, pulning har 
bir iqtisodiy tizimda, tovar ishlab chiqarishda kishilar o’rtasida yuzaga keladigan 
iqtisodiy munosabatlarini ifoda qilishi va boshqalardir.
Pul to’g’risidagi evolyutsion nazariya uning o’lchov birligi va muomala 
vositasi ekanligini ochib beradi.



Chet el iqtisodchilari pulning iqtisodiy kategoriya sifatida mohiyati va 
zarurligiga kam e’tibor berishgan. 1857 yillarda taniqli ingliz iqtisodchi U. Djevons 
Iqtisodiy fanlar uchun pul masalasi - bu geometriyadagi aylana kvadraturasiga teng 
demakdir degan ekan. Shuning uchun chet el iqtisodchilari bu bobni chetlab 
o’tishgan. 50 - yillardagi darsliklarning avtorlari pulning mohiyatidan ko’ra uning 
iqtisodga, ishlab chiqarish va bandlik, moddiy resurslar va ulardan foydalanishga 
ta’sirini o’rganish muhimroqdir deb ta’kidlashgan va ko’p chet el olimlari shu 
yo’nalishda ish olib borishgan. Yoozirgi vaqtda pul to’g’risida bizda mavjud chet el 
adabiyotlarida ko’rilgan masalalar bu fikrimizning isboti bo’lishi mumkin. 
Yoaqiqatda ham bozor iqtisodiga o’tish sharoitida pulning zarurligi, mohiyatini 
tadqiqot qilishdan ko’ra, pulning iqtisodga, ishlab chiqarishga, bandlikka ta’sirini 
tadqiqot qilish jamiyatimiz uchun ahamiyatliroq deb o’ylaymiz.
Pulning turlari.
Pul o’zining evolyutsiyasi jarayonida metall (oltin, kumush, mis), qog’oz, 
kredit pullar shaklida ishlatilib kelgan. Qiymatni o’zida ifodalashiga qarab pullar ikki 
turga bo’linadi: -haqiqiy pullar:, -haqiqiy pul izdoshlari - qiymat belgilari

Yüklə 1,7 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   100




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin