Tovar defitsiti, inflyatsiya sur’atlarining oshib ketishi, mamlakatda siyosiy va
iqtisodiy barqarorlikning yo’qligi sharoitida barter bo’yicha tovarlar harakatini
amalga oshirish tomonlar uchun qulay hisoblanadi.
Pulning muomala vositasi funktsiyasida tovar qo’ldan qo’lga o’tadi va
muomaladan chetlashadi, ya’ni iste’molchi egaligiga o’tadi. Pul va tovarning harakati
(T-P-T) qisqa vaqt ichida tugallanadi.
Qiymatning doimo bir shakldan ikkinchi shaklga (tovar-pul va pul-tovar) o’tib
turishi pulning muomala vositasi funktsiyasining asosini tashkil qiladi.
Shuning uchun ham bu funktsiyani bajarishda naqd pul bo’lishi,
u barqaror,
sifati yuqori bo’lishi kerak.
O’zbekistonda muomala vositasi funktsiyasini Markaziy bank tomonidan
chiqarilgan qog’oz pullar va metall tangalar bajaradi. Muomalaga chiqariladigan
naqd pullar
miqdori savdo-sotiq hajmiga, ish haqi to’lashning vaqtiga, aholining
bankdan qarzga mablag’lar olish imkoniyatiga va boshqalar omillarga bog’liq.
Savdo-sotiq hajmining ko’pligi va ish haqining tez-tez to’lab turilishi muomalaga
ko’p pul chiqarish zarurligidan, aholining bankdan ko’proq kredit olish imkoniyatiga
ega ekanligi kamroq muomala vositasi kerak ekanligidan dalolat beradi. Shuni aytish
kerakki, ishlab
chiqarishni ixtisoslashtirish, natural xo’jalik, kichik korxona, fermer
xo’jaliklarining ko’payishi muomala vositasiga bo’lgan talabni kamaytiradi.
Pulning muomala vositasi sifatida ishlatilishi muomala
xarajatlarining barter
xarajatlariga nisbatan ancha past bo’lishini ta’minlaydi. Pulning muomala vositasi
funktsiyasi uning boshqa funktsiyalaridan o’zining ma’lum xususiyatlari bilan ajralib
turadi. Muomala vositasi funktsiyasining xususiyatlari sifatida qo’yidagilarni keltirish
mumkin:
-
bu funktsiyani real, naqd pullar bajaradi;
-
tovar va pul bir-biriga qarma qarshi, bir traektoriyaga
harakat qiladi;
-
tovar va pul xarakati bir vaqtda yuzaga keladi;
-
tovar sotuvchi va tovar sotib oluvchi o’rtasidagi munosabat tugallanadi va
tomonlar tovarga yoki pulga ega bo’ladilar;
19
- pul muomala vositasi bo’lishi uchun avvalom bor qiymat o’lchovi bo’lishi
kerak.
Dostları ilə paylaş: