— narxi summasi
+ Majburiyatlar
bo’yicha to’lovlar
- Bir-birini qop-
laydigan to’lov-lar
summasi.
Pulning muomala va to’lov vositasi sifatida o’rtacha aylanish tezligi.
Shunday qilib, muomala uchun zarur bo’lgan pul miqdoriga ishlab chiqarish
rivoji va shart-sharoitlariga bog’liq bo’lgan turli xil omillar ta’sir ko’rsatadi.
Muomala uchun zarur bo’lgan pul miqdoriga ta’sir ko’rsatuvchi asosiy omil - bu
tovarlar va xizmatlar bahosi hisoblanadi. Pul miqdori tovarlar va xizmatlar bahosiga
to’g’ri proportsional, ya’ni tovarlar va xizmatlar bahosining oshishi muomalaga ko’p
pul chiqarishni talab qiladi. Pul miqdoriga ta’sir qiluvchi ikkinchi omil - bu pulning
aylanish tezligi hisoblanadi. Bu omil pul miqdoriga teskari ta’sir ko’rsatadi. Odatda
pul qanchalik tez aylansa, muomala uchun zarur bo’lgan pul miqdori shuncha kam
talab qilinadi va aksincha.
Muomala uchun zarur bo’lgan pul miqdorini boshqarishda shu muhim
omillarga alohida e’tibor berilishi zarur.
Muomala uchun zarur bo’lgan pul miqdorini kamaytirish uchun quyidagi
choralarni amalga oshirish muhimdir. Bular: iste’mol kreditni rivojlantirish; kreditga
qanchalik ko’p tovar sotilsa, shuncha kam miqdorda pul muomalada kerak bo’ladi;
-
naqd pulsiz hisob - kitoblarning rivojlanishi;
-
pullarning muomala tezligini oshirishga erishish va boshqalar.
Yoar bir jamiyat pul muomalasi qonuni talablarini hisobga olgan holda ish
yuritishi zarur. Chunki pul muomalasi qonunining buzilishi pul barqarorligiga putur
etkazadi. Bu holda muomalaga chiqarilgan pul miqdori muomaladagi tovarlar
bahosidan oshib ketishi, ya’ni inflyatsiya bo’lishiga, yoki pul ocharchiligiga
(etishmovchiligiga) olib kelishi mumkin.
Xulosa qilib aytganda, pul muomalasini ushlab turish shart-sharoitlari va
qonuniyatlari ikki omilning o’zaro ta’siri bilan, ya’ni: xo’jalikning pulga bo’lgan
ehtiyoji va amalda pullarning muomalaga borib tushishi bilan belgilanadi.
Amaliyotda ko’proq uchraydigan hol bu oborotda xo’jalikka kerak bo’lganidan
ko’proq pulning bo’lishidir. Bu, albatta, pulning qadrsizlanishiga - pul birligining
xarid qobiliyatining tushishiga olib keladi.
44