Toshkent moliya instituti sh. Abdullaeva pul, kredit va


Jami pul massasining dinamikasi



Yüklə 1,7 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə18/100
tarix28.11.2023
ölçüsü1,7 Mb.
#167689
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   100
7-y-PUL-KREDIT-VA-BANKLAR-darslik-Sh-Abdullaeva-T-2003

Jami pul massasining dinamikasi 
(chorak davomida % usish)
300 
250 
200 
150 
100 
50 0
1
2
3
4
1993
1995
1996
Pul massasining turli xil ko’rsatkichlarini ishlatish pul muomalasi holatini 
tahlil qilishga turli tomonlardan yondashishga imkon beradi.
Mamlakat miqyosida pul massasi hajmining o’zgarishi muomaladagi pul 
massasining o’zgarishi natijasi va pulning aylanish tezlashganligi natijasi bo’lishi 
mumkin.
Pulning aylanish tezligi - pul muomala vositasi va to’lov vositasi sifatida amal 
qilgandagi uning harakat ko’rsatkichidir. Uni miqdorini hisoblash qiyin, shuning 
uchun uni hisob-kitob qilishda bilvosita ma’lumotlardan foydalaniladi.
Sanoati rivojlangan mamlakatlarda asosan pul aylanish tezligi o’sishining 
ikki ko’rsatkichi hisoblanadi:
- daromadlar aylanma oborotida pulning muomalada bo’lish tezligi 
ko’rsatkichi. Bu ko’rsatkich yalpi milliy mahsulot (yamm) yoki milliy daromadning 
pul massasiga, aniqrog’i M-1 yoki M-2 pul agregatiga nisbati bilan aniqlanadi. Bu 
ko’rsatkich pul muomalasi va iqtisodiy rivojlanish jarayoni orasidagi o’zaro 
aloqadorlikni ko’rsatadi;
47 
1994
1994


- to’lov oborotida pulning aylanuvchanlik ko’rsatkichi. Bu ko’rsatkich joriy 
bank schyotlari bo’yicha o’tkazilgan mablag’lar yig’indisining pul massasi o’rtacha 
qiymatiga nisbati sifatida aniqlanadi.
Pulning aylanish tezligining o’zgarishi umumiqtisodiy (iqtisodiyotning tsiklik 
rivojlanishi, iqtisodiy o’sish, narxlar su’ratlari), to’la monetar (to’lov oboroti tarkibi, 
kredit operatsiyalari va o’zaro hisob-kitoblarning rivojlanishi, pul bozorida foiz 
stavkalarning darajasi va h.k. lar) omillariga bog’liq.
Pul aylanishining tezlashuviga metall pullarning kredit pullar bilan 
almashtirishishi, o’zaro hisob-kitoblar tizimining rivojlanishi, banklar ishiga EYoM 
ning kiritilishi, pullik hisob-kitoblarda elektron vositalarining ishlatilishi yordam 
beradi.
Pul qadrsizlangan hollarda iste’molchilar pullarining to’lov qobiliyatini saqlab 
qolish uchun tovarlar ko’proq xarid qiladilar. Bu esa pul aylanishini tezlashtiradi. 
Boshqa ko’rsatkichlar o’zgarmas bo’lganida pul aylanishining tezlashishi pul massasi 
oshishini bildiradi.
Tayanch so’zlar
pul oboroti;
to’lov talabnomasi;
naqd pul oboroti;
to’lov topshiriqnomasi;
naqdsiz pul oboroti;
veksel;
to’lov oboroti;
chek;
tovar operatsiyalari;
pul muomalasi;
tovarsiz operatsiyalari;
pul massasi;
hisob-kitob;
pul agregatlari;
memorial order;
hujjatlar aylanishi;
inkasso topshirig’i;
plastik kartochkalar;
akkreditiv;
elektron pullar.
48 



Yüklə 1,7 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   100




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin