Pulning naqd pulsiz oborotga o’tganidan naqd pullik oborotga ko’proq o’tishi
pul muomalasi uchun xatarliroq hisoblanadi. Shuning uchun ham pulning naqd pullik
oborotga o’tish jarayoni davlatning Markaziy banki tomonidan nazorat qilib borilishi
kerak.
Pul oboroti bo’limlari o’rtasida yuzaga keladigan
nomutanosiblik iqtisodiy
choralar ishlab chiqish va amalga oshirish yo’li bilan yo’qotilishi kerak.
Buning uchun muomalaga xalq ehtiyojiga uchun zarur bo’lgan tovarlarni ishlab
chiqarish va sotish, aholiga hizmat ko’rsatuvchi tashkilot va muassasalar sonini va
xizmat turlarini yaxshilash naqd pullarning naqd pulsiz oborotga o’tish jarayonini
tezlashtiradi. Bu o’z navbatida bu mablag’lar hisobidan
ishlab chiqarish jarayonini
kengaytirishga imkon beradi.
Ba’zi adabiyotlarda naqd pul oboroti va pul muomalasi tushunchalari bir xil
mohiyatga ega degan xato fikrlarni ham uchratish mumkin. Pul muomalasining
o’ziga xos xususiyati shundaki, bir pul belgisi bir necha marta to’lovlarni
amalga
oshirishda ishlatilishi mumkin. Muomalada bo’lgan naqd pul massasi ma’lum bir
davr (oy, kvartal, yil)da o’zgarmas bo’lib turgan holda, naqd pul oboroti pul
birligining aylanish tezligiga qarab muomaladagi naqd pul miqdoridan bir necha
marta ko’p bo’lishi mumkin va aksincha.
O’zbekistonda muomalaga pul Markaziy bank tomonidan chiqariladi.
Aholi
tomonidan ish haqi va boshqa to’lovlar shaklida olingan pullarning bir qismi dehqon
bozoridan tovarlar sotib olishga sarflanadi. Dehqon bu pullarga savdo tashkilotlaridan
tovarlar sotib oladi. Savdoga tushgan pullar savdo tushumi sifatida banklarga
topshiriladi. Ko’rinib turibdiki, bankdan chiqqan pullar bir necha to’lovlarga
ishlatiladi, naqd pul oborotining hajmi to’lovlarni amalga oshirishi uchun muomalaga
chiqarilgan pullar miqdoridan bir necha marta ko’pdir. Naqd pul oboroti naqd pullar
bilan amalga oshiriladigan to’lovlar yig’indisi bo’lib, u sonlarda ifodalanadi.
Pul muomalasi muomaladagi pul massasini,
bank tomonidan muomalaga
chiqarilgan pullarning bankga qaytib kelishi tezligini ifodalaydi.
42