ko’proq e’tibor berilganini ko’rsatib o’tish mumkin. Kredit munosabat bo’lishi
uchun:
birinchidan,
kredit munosabat ishtirokchilari - qarz beruvchi va qarz oluvchi -
huquqiy jihatdan mustaqil sub’ekt bo’lishi kerak. Mustaqil sub’ekt sifatida har ikkala
tomon bir-biri bilan o’zaro aloqalardan kelib chiquvchi majburiyatlarni bajarishini
moddiy jihatdan kafolatlay olishi kerak. Majburiyatlarni
bajara olish qobiliyatini
hisobga olgan holda mustaqil huquqiy sub’ekt sifatida tomonlar itisodiy munosabatga
kirishishlari kerak.
ikkinchidan,
qarz beruvchi va qarz oluvchi manfaatlari bir-biriga mos tushgan
taqdirdagina kredit zaruriyatga aylanadi. Bu manfaatlar, avvalambor, ob’ektiv
jarayonlar, o’zaro manfaatlarni taqozo etuvchi aniq vaziyat bilan bog’liq.
Kreditor(qarz beruvchi) tomonidan pul mablag’larini qarzga berish bo’yicha,
qarz oluvchi tomonidan esa shu mablag’larni olish bo’yicha qiziqish tug’ilgan
taqdirdagina kredit munosabatlari vujudga keladi.
Kreditning vujudga kelishi kredit munosabatlari ishtirokchilari manfaatlarining
yo’nalishiga bog’liq. Tomonlar manfaatlarning mos kelishi kredit shartnomasi
tuzilishini ta’minlaydi. Lekin, kredit munosabatlari ishtirokchilari
manfaati nafaqat
vaqt va fazo jihatdan, shuningdek, sifat jihatdan ham mos tushgan taqdirdagina bu
munosabatlar reallikka aylanadi. Shu bilan birga kreditning bu muhim sifatlari kredit
munosabatlari sodir bo’lishining asosiy sababi bo’lolmaydi.
Kredit vujudga kelishi
uchun, yuqorida aytilgandek, aniq bir iqtisodiy asos -fondlarning doiraviy aylanishi
va shunga o’xshash boshqa aniq sharoitlar bo’lishi zarur. Faqatgina ana shu ta’sir
etuvchi omillar bo’lgan taqdirdagina kreditning vujudga kelishi reallikka aylanadi.
Ba’zi iqtisodiy adabiyotlarda kreditning zarurligi xususida bir necha boshqa
fikrlar ham uchraydi. Masalan, kredit korxonalar faoliyatini
nazorat qilishni amalga
oshirish uchun zarur deb ta’kidlanadi. Agar bu fikr to’g’ri deb qaraydigan bo’lsak,
kreditning zarurligi faqat kreditor uchun tushunarli bo’ladi, chunki u qarz berish
orqali qarz oluvchi faoliyatini nazorat qilish imkoniyatiga ega bo’ladi.
154
Bunday sharoitda kreditning chegarasi ishlab chiqarish fondlarining doiraviy
aylanishiga asoslangan ob’ektiv jarayonlarga emas,
balki bankning kredit
operatsiyalari orqali qarz oluvchining faoliyatini nazorat qilish istagiga bog’liq bo’lib
qoladi.
Bu mulohazalardan kelib chiqqan holda xulosa qilib aytish mumkinki
,
kreditning ob’ektiv zarurligi takror ishlab chiqarish jarayonida fondlarning doiraviy
aylanishi qonuniyatlariga asoslangandir.
Kreditga zaruriyat tug’ilganda quyidagi manbalardagi bo’sh mablag’lardan
kredit resurslar sifatida foydalanish mumkin. Bu manbalar asosan quyidagilardir:
1)
asosiy
fondlarni
tiklash,
kapital
tamirlash
uchun
ajratiladigan
amortizatsiya
sifatidagi pul mablag’lari;
2)
tovarlarni
sotish
va
yangi
moddiy
resurslarni
sotib
olish
vaqtlarining
bir-biriga mos
kelmaganligi tufayli yuzaga kelgan bo’sh pul mablag’lari;
3)
tovarlar
realizatsiyasidan
tushgan
tushum
bilan
ish
haqini
to’lash
vaqtlari
orasida
vaqtincha bo’sh turib qolgan pul mablag’lari;
4)
kengaytirilgan
takror
ishlab
chiqarish
jarayonida
yig’iladigan
va
kapitallashtirish
uchun mo’ljallangan qo’shimcha mablag’lar;
5)
shaxsiy
sektor
daromadlari,
jamg’armalari
va
boshqa
bo’sh
pul
mablag’lari.
Kreditning zarurligini ifodalovchi omillar mohiyatini ochishda, ularning har
birining ahamiyatini kredit shartnomasini tuzish darajasigacha
olib kelish xato
hisoblanadi. Alohida olingan bir omilning o’zi kredit berilishi uchun u yoki bu
darajada etarli bo’lmasligi mumkin.
Masalan, aytaylik korxonalarda ishlab chiqarish fondlarining doiraviy aylanishi
jarayonida ularda kreditga ehtiyoj tug’iladi. Shunga asosan kredit takror ishlab
chiqarish jarayonining uzluksizligini ta’minlash zarurligidan kelib chiqadi degan
shartga asoslangan holda kredit berilishi kerak. Ammo, bunda qo’shimcha resurslarga
muhtojlik o’z-o’zidan avtomatik tarzda kredit berilishi kerakligini ifodalamaydi.
Buning uchun kreditning zarurligini ifodalovchi boshqa
sharoitlar ham mavjud
bo’lishi kerak.
155
Iqtisodiyotni rivojlantirishning muhim yo’nalishlaridan biri kredit
munosabatlarini rivojlantirishda banklar kredit uchun xarakterli muhim shartlar va
qonunlarga asoslangan holda kreditlash jarayonini amalga oshirishlari zarur.
Xulosa qilib aytganda, korxonalarning xo’jalik hisobida ish yuritishida ishlab
chiqarish jarayonining uzluksizligini ta’minlash, korxonaning asosiy va aylanma
fondlarining doiraviy aylanishining to’xtab qolishiga yo’l qo’ymaslik, korxonalarning
moliyaviy resurslar bilan ta’minlanganlik darajasining
maromiyligini saqlash,
korxonalar tomonidan tovar mahsulotini sotganda sotilgan tovar uchun to’lov
summasini olish ob’ektiv va sub’ektiv sabablar tufayli kechiktirgan holda kreditning
zarurligi kelib chiqadi.
Ammo, kredit berish uning zarurligi bilangina kifoyalanib qolmasdan uning
maqsadli ishlatilishi shart-sharoitlari bilan ham belgilanadi.
Iqtisodiyotning bir tekisda rivojlanishini ijtimoiy ishlab chiqarish ta’minlaydi.
Ijtimoiy takror ishlab chiqarish jarayonini esa kredit vositasida uzluksiz davom
ettirib, moddiy ne’matlar yaratish jarayonida yuzaga kelishi mumkin bo’lgan, bir zum
bo’lsada, to’xtab qolishga yo’l qo’yilmaydi.
Demak, kredit iqtisodiyotning bir tekisda rivojlanishini ta’minlovchi
dastaglardan biri degan xulosaga kelishimiz mumkin.
156