Toshkent moliya instituti sh. Abdullaeva pul, kredit va


o’lov balansini tuzish uslubi



Yüklə 1,7 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə51/100
tarix28.11.2023
ölçüsü1,7 Mb.
#167689
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   100
7-y-PUL-KREDIT-VA-BANKLAR-darslik-Sh-Abdullaeva-T-2003

o’lov balansini tuzish uslubi.
Xalqaro iqtisodiy aloqalar natijasini baholash va ko’lamini hisoblashga 
o’rinishlar XIV asr oxirlariga to’g’ri keladi.
XX asr boshlarida AQSh va Angliyada to’lov balansini tuzish usullari keng 
rivoj topdi. 1923 yilda AQShda 1922 yilgi ko’rsatkichlar natijalari bo’yicha to’lov
144


balansini tuzish va uni e’lon qilishga urinish bo’lgan. 1943 yili amerika iqtisodchisi 
X.Leri AQShning 1919-1939 yilgi to’lov balansini tuzdi. Uning asosida ikkinchi 
jahon urushidan keyin to’lov balansi tuzildi. 1946 yildan boshlab chorak va yillik 
to’lov balanslari hisobotlari AQSh savdo Vazirligi jurnali «Servey of karrent 
biznes»da chop etila boshladi.
1947 yili BMT hujjati sifatida to’lov balansi sxemasi yaratildi. U XVFning 
to’lov balansini tuzish shakllari va tamoyillarini ishlab chiqishiga asos bo’ldi. XVF 
«to’lov balansi bo’yicha qo’llanma» chiqarib rivojlantirishni davom ettirdi. Ular o’z 
sxemalarini universallashtirishga harakat qilishadi, chunki bu rivojlangan va 
rivojlanayotgan 
davlatlar 
balanslarini 
solishtirish 
imkonini 
beradi. 
Joriy 
ma’lumotlarni qayta ishlab XVF ekspertlari aniqliklar kiritadi, norasmiy 
ma’lumotlardan foydalanishadi, to’lov balanslari moddalarini qayta guruhlashadi va 
boshqa ishlarni bajarishadi. Bu tekshirilaetgan jarayonni kulami to’g’risida fikr 
yuritish imkonini beradi.
XVF qo’llanmasiga binoan to’lov balansi moddalari klassifikatsiyasi.
A. Joriy operatsiyalar *
Tovarlar 
Xizmatlar
Investitsiyalardan daromadlar Boshqa xizmatlar va 
daromadlar Xususiy bir tomonlama o’tkazmalar Rasmiy 
bir tomonlama o’tkazmalar Jami A: joriy operatsiyalar 
balansi. 
V. To’g’ri investitsiyalar va uzoq muddatli kapital 
Tugri investitsiyalar Portfel investitsiyalar Boshqa uzoq 
muddatli kapital Jami: A+V (AQShning bazis balansi 
konseptsiyasiga muvofiq)* *
145


S. Boshqa uzoq muddatli kapital.
D. Xato va hisobga olmaydigan qismlar
Jami; A+V+S+D (AQSh likvidlik kontseptsiyasiga 
muvofiq)*
E. Balanslovchi moddalar.
Oltin -valyuta rezervlarining qayta baholanishi, 
SDRning taqsimlanishi va ishlatilishi.. Oltin -
valyuta rezervi harakati .
F. 
Caldoni
 
qoplashning
 
favquloddagi
 
manbalari
G. 
Xorijiy
 
rasmiy
 
qo’mitalarning
 
valyuta
 
rezervlarini
 
tashkil
 
etuvchi
 
majburiyatlar. 
Jami: A+V+S+D+E+F+G (AQShning bazis balansi
kontseptsiyasiga muvofiq)*
N. Rezervlarning yakuniy o’zgarishlari.
Oltin
SDR XVF ning 
rezerv holati Xorijiy 
valyuta Boshqa talablar 
XVF kreditlari
__________________________ 
Milliy va xalqaro darajada to’lov balansini boshqarish.
To’lov balansi davlat boshqaruvi talab qilinadigan ob’ektlardandir. to’lov 
balanslari o’z tabiatiga ko’ra doimiy aktiv va passiv bo’la olmasa ham, ularning 
o’zgarishi valyuta kursi va kapital oqimi, ayniqsa, «issiq pullar» oqimini 
beqarorligini kuchaytiradi. Bu o’z navbatida pul muomalasiga, oxir oqibatda esa 
iqtisodiyotga salbiy ta’sir etadi. Bunda to’lov balansini narx boshqaruvi avtomatik 
jarayoni orqali stixiyali tenglashtirish mexanizmi juda kuchsiz ta’sir etadi. Shuning 
uchun xalqaro hisob-kitoblarni muvozanatini tiklash maqsadli davlat tashkiliy 
ishlarini talab qiladi.
146


Xalqaro hisob-kitoblarni muvozanatlashtirish masalasi davlatning asosiy 
iqtisodiy maqsadlari qatoriga kiradi (iqtisodiy o’sishni ta’minlash, inflyatsiya va 
ishsizlikka karshi ko’rash bilan birgalikda). To’lov balansini davlat tomonidan 
boshqarish - to’lov balansining asosiy moddalarini shakllantirishga qaratilgan 
iqtisodiy, shu jumladan, valyuta, moliya, pul-kredit chora-tadbirlari yig’indisidir. 
to’lov balansini boshqarishning ko’plab usullari bor: bular xalqaro hisob-kitoblarning 
valyuta-iqtisodiy axvoliga muvofiq tashqi iqtisodiy operatsiyalarni rag’batlantiruvchi 
yoki chegaralovchi usullardir. To’lov balansi defitsit davlatlar eksportni 
rag’batlantirish, importni cheklash, chet el kapitalini jalb etish, kapitalning chiqib 
ketishini cheklash uchun quyidagilardan foydalanadi:
Defilyatsion siyosat, devalvatsiya, valyuta cheklashlari, moliya va pul-kredit 
siyosati, to’lov balansiga ta’sir etishning maxsus usullari(uning asosiy moddalarini 
tashkil etish chogida).
Aktiv saldoni to’lov balansida boshqarish bu ortikcha aktiv saldoni yo’qotishga 
qaratilgan. Bunda moliyaviy, kredit, valyuta usullari va revalvatsiya importni 
kengaytirish, eksportni cheklash, kapital eksportini oshirish va importini 
kamaytirishda qo’llaniladi. Aktiv saldo tashqi qarzni to’lash, xorijiy davlatlarga 
kredit berish, oltin-valyuta zahiralarini oshirishda foydalaniladi.
To’lov balanslarini xalqaro usullarda boshqarishga:
-
eksport kreditlari shartlarini kelishish; 
-
ikki tomonlama davlat kreditlari, svop kelishuviga muvofiq Markaziy 
banklarning milliy valyutadagi qisqa muddatli kreditlari; 
-
Xalqaro valyuta-kredit va moliya tashkilotlarining (avvalom bor XVFi) 
kreditlari va boshqalar kiradi. 
147 


savdo balansi; 
to’lov balansi; 
hisob-kitob balansi; 
aktiv balansi; 
passiv balans; 
defitsit;

Yüklə 1,7 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   100




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin