Bank krediti. Iqtisodiyotda keng tarqalgan kredit munosabatlarining
shakllaridan biridir. Uning ob’ekti pul mablag’larini bevosita ssudaga berish jarayoni
hisoblanadi. Bank kreditini beruvchi kredit muassasalari kreditlash jarayonini amalga
oshirish uchun Markaziy bankdan maxsus litsenziya (ruxsatnoma) olgan bo’lishlari
zarur. Qarz oluvchi sifatida huquqiy shaxslar, aholi, davlat, xorijiy davlat mijozlari
ishtirok qilishlari mumkin. Kredit munosabatlarining vositasi bo’lib, kredit shartnoma
yoki kredit kelishuvi hisoblanadi. Bu kredit turi bo’yicha olinadigan daromad yoki
stavka tomonlar bilan kelishiladi va bank foizi yoki ssuda foizi ko’rinishida bo’ladi.
Jahon amaliyotida bank kreditidan foydalanishda uning turli xil xususiyatlari
hisobga olinadi.
Qisqa muddatli bank kreditlari qarz oluvchi korxonaning xo’jalik faoliyatida
aylanma mablag’lar etishmovchiligini to’ldirish uchun qo’llaniladi. Bozor
iqtisodiyoti tamoyillariga mos keluvchi bunday jarayonning bo’lishi ssuda kapitali
bozorida mustaqil segment pul bozorining yuzaga kelishiga olib keladi. Qisqa
muddatli kreditlar fond bozorida, savdo va xizmatlar ko’rsatishda, banklararo
kreditlash rejimida ko’proq qo’llaniladi.
Yoozirgi sharoitda qisqa muddatli kreditlar quyidagi ko’rsatkichlar bilan
xarakterlanadi:
•
kreditlarning
juda
qisqa
muddatlarga
(ba’zida
bir
oygacha
muddatga)
berilishi;
•
kreditning
muddati
va
foiz
stavkasining
bir-biriga
teskari
proportsional
(kreditning muddati juda qisqa bo’lsada, foiz stavkasi juda yuqori) bo’lishi;
•
ishlab
chiqarish
sohasidan
ko’proq
muomala
sohasiga
xizmat
ko’rsatish;
Hozirgi vaqtda bir yil muddatga beriladigan kreditlardan tijorat xarakteridagi
faoliyatini amalga oshirish, agrar sektorda va investitsiyalarni talab qiluvchi
innovatsion jarayonlarni kreditlashda keng foydalanilmoqda.
Uzoq muddatli kreditlar o’rta muddatli kreditlar kabi asosiy fondlar harakatini
ta’minlaydi va ular kredit resurslarning katta hajmi bilan ajralib turadi. Uzoq
muddatli kreditlar 3 yil-dan 5 yil muddatgacha, davlat tomonidan tegishli moliyaviy
169
kafolatlarni olgan holda, kreditning muddati 10 yil va undan ortiq muddatga
uzaytirilishi mumkin.