Toshkent moliya instituti sh. Abdullaeva pul, kredit va



Yüklə 1,7 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə66/100
tarix28.11.2023
ölçüsü1,7 Mb.
#167689
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   100
7-y-PUL-KREDIT-VA-BANKLAR-darslik-Sh-Abdullaeva-T-2003

Xalqaro kredit. 
Kredit munosabatlarining xalqaro miqyosda (davlatlar 
o’rtasida) amalga oshirilishi xalqaro kreditning yuzaga kelishiga olib keladi. Xalqaro 
kreditga xalqaro miqyosda xarakat qiluvchi kredit munosabatlari to’plami sifatida 
qarash zarur. Kreditning bu shaklining bevosita ishtirokchilari millatlararo moliya-
kredit institutlari, tegishli davlat xokimiyati, kredit tashkilotlari va alohida huquqiy 
shaxslar bo’lishi mumkin.
Xalqaro kredit bir davlat, shu davlat banki, huquqiy shaxsi tomonidan ikkinchi 
bir davlatga, uning banklariga, boshqa huquqiy shaxslariga muddatlilik va to’lovlilik 
asosida beriladigan kredit hisoblanadi.
Xalqaro kredit davlat va xalqaro institutlar ishtirok etgan munosabatlarda pul 
(valyuta) shaklida, tashqi savdo faoliyatida esa tovar shaklida bo’lishi mumkin.
Xalqaro kredit quyidagi xususiyatlari bilan xarakterlanadi:
qarz oluvchi va qarz beruvchi sifatida davlat tashkilot va muassasalari, huquqiy 
shaxslar (banklar, kompaniyalar), xalqaro valyuta kredit tashkilotlari qatnashadilar;
qarzga olingan mablag’lar qarz oluvchi mamlakat tomonidan daromad 
keltiruvchi kapital sifatida ishlatiladi;
qarz beruvchi mamlakatga to’lanadigan ssuda foizining manbasi qarz oluvchi 
mamlakat aholisi tomonidan yaratilgan milliy daromad hisoblanadi.
Xalqaro kredit mahalliy kredit bilan bir qatorda fondlar aylanishining barcha 
bosqichlarida qatnashadi.
Xalqaro 
kredit 
xalqaro 
iqtisodiy 
munosabatlar 
doirasida 
quyidagi 
funktsiyalarni bajaradi:
177


*mamlakatlar o’rtasida kapitalning qayta taqsimlanishini ta’minlaydi; *kapitalning 
kontsentratsiyalashuviga va markazlashuviga sharoit yaratadi va bu jarayonni 
tezlashtiradi;
*har xil valyutalarda xalqaro hisob-kitoblarni olib borishda muomala 
xarajatlarini qisqartiradi .
Xalqaro kreditlar: xarakteri bo’yicha - davlatlararo, xususiy, firma kreditlariga;
shakli bo’yicha - davlat, bank, tijorat;
tashqi savdo tizimida tutgan o’rni bo’yicha - eksportni kreditlash, importni 
kreditlashga;
muddati bo’yicha-qisqa muddatli-1 yilgacha, o’rta muddatli -1 yildan 5 
yilgacha, uzoq muddatli -5 yildan ortiq muddatga;
ob’ekti bo’yicha - tovar va valyuta;
ta’minlanganligi bo’yicha - tovar-moddiy boyliklar bilan yoki hujjatlar bilan 
ta’minlangan kreditlarga bo’linadi.
Tovar shaklida beriladigan xalqaro kredit yoki firma kreditlari tijorat 
kreditining xalqaro iqtisodiy munosabatlar sohasida qo’llanilishi hisoblanadi va bir 
mamlakat firmasining tovari ikkinchi mamlakat firmasiga kreditga - to’lov muddati 
kechiktirilib sotiladi. Bu jarayon odatda tratta (o’tkazma veksel) bilan 
rasmiylashtiriladi. Eksportni kreditlashda davlat tomonidan subsidiya ajratilganligi 
uchun firma kreditlari bo’yicha foiz stavkalari odatda foiz stavkalarining bozor 
bahosidan past bo’ladi.
Xalqaro bank kreditlarining bank eksport kreditlari (xorijiy importyorlarga 
xususiy tijorat banklari, maxsus tashqi savdo banklari tomonidan beriladigan kredit), 
evrokredit (yirik tijorat banklari tomonidan evrovalyuta bozori resurslari hisobidan 
evrovalyutada, 2 yildan 10 yilgacha bo’lgan muddatga, o’zgaruvchan foiz stavkada 
kreditlar berish) kabi turlari mavjud.
Xalqaro davlat krediti ikki tomonlama kelishuv asosida rivojlangan 
mamlakatlar tomonidan rivojlanayotgan mamlakatlarga tovar yoki valyuta shaklida, 
foiz to’lash yoki foiz to’lamaslik sharti bilan, uzoq yoki qisqa muddatga beriladi.
178


Xalqaro valyuta - kredit tashkilotlarining kreditlari qisqa muddatli - 1 yilgacha 
(xalqaro valyuta fondining kreditlari), o’rta muddatli - 5 yilgacha (Jahon rivojlanish 
va taraqqiyot banki) va uzoq muddatli - 20 yilgacha (Evropa rivojlanish va taraqqiyot 
banki va boshqalar) kreditlar berishi mumkin Xalqaro valyuta-kredit tashkilotlaridan 
olingan kreditlar xususiy tijorat banklaridan olingan kreditlardan (bu kreditlar 
bo’yicha o’rtacha foiz stavkasi yiliga 7-9% ni tashkil qiladi.) arzonga tushadi.

Yüklə 1,7 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   100




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin