Toshkent moliya instituti sh. N. Fayziev, R. D. Dusmuratov, A. A. Karimov, I. N. Kuziev, A. Z. Avlokulov


 Mol etkazib beruvchi va pudratchilar bilan hisob-kitoblar auditi



Yüklə 2,15 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə115/155
tarix07.10.2023
ölçüsü2,15 Mb.
#152835
1   ...   111   112   113   114   115   116   117   118   ...   155
audit (3)

4. Mol etkazib beruvchi va pudratchilar bilan hisob-kitoblar auditi 

Mol etkazib beruvchi va pudratchilar, xaridor va buyurtmachilar bilan hisob-


kitoblar korxonalar xo’jalik faoliyatida eng ko’p uchraydigan hisob-kitoblardir. 
Shuning uchun bunday hisob- kitoblarni tekshirish quyidagi asosiy ikki yunalish 
bo’yicha amalga oshirilishi zarur: 

olingan moddiy qiymatliklar (ish, xizmatlar) uchun to’lovlar yoki 
jo’natilgan tovarlar (bajarilgan ish va xizmatlar) uchun tushgan 
summalarning to’g’riligini aniqlash; 

moddiy qiymatliklarni kirimga olish va hisobdan chiqarishning to’liqligini 
tekshirish. 
Mol etkazib beruvchi va xaridor o’rtasidagi hisob-kitoblar qoidaga ko’ra naqd 
pulsiz amalga oshiriladi va ular ikki guruhga bo’linadi: 1) tovar muomalalar 
bo’yicha, 2) moliyaviy majburiyatlar bo’yicha. Naqd pulsiz hisob - kitoblarning 
quyidagi asosiy shakllari mavjud: to’lov topshiriqlari, to’lov talabnomalari, 
akkreditivlar, inkassa topshiriqlari, cheklar va o’zaro talablarni uzishga 
asoslangan hisob shakli.
Mol etkazib beruvchilar va pudratchilar bilan hisob-kitoblarni auditorlik 
tekshiruvidan o’tkazish ham yuqorida bayon qilingan, barcha hisob-kitob 
muomalalari uchun xos bo’lgan umumiy qoidalariga asosan o’tkaziladi.
Hisob - kitob ma’lumotlarining mosligini tekshirish balans va hisob registrlari 


360 
ma’lumotlari tengligini aniqlashdan boshlanadi.
Agar hisob-kitob ma’lumotlarini solishtirish amallarini bajarish chog’ida 
nomuvofiqliklar aniqlansa, auditor ularning katta-kichikligini va vujudga kelish 
sabablarini aniqlaydi.
Misol: 6010 «Mol etkazib beruvchilar va pudratchilarga to’lanadigan 
schyotlar» (joriy qismi) va 7010 «Mol etkazib beruvchil va pudratchilarga 
to’lanadigan schyotlar»(uzoq muddatli qismi) schyotlarining analitik hisob 
registrlaridagi qoldiqlari, ushbu schyotlar bo’yicha sintetik hisob registridagi va 
Bosh daftardagi qoldiqlariga nisbatan, balansdagi «Mol etkazib beruvchi va 
pudratchilar bilan hisob-kitoblar» moddasining 12 foiziga teng bo’lgan, n-
summaga kam bo’lsa, farq miqdori ushbu balans moddasi uchun jiddiy 
hisoblanadi. Analitik hisob registrlari (oborot vedomostlari) ma’lumotlarini tahlil 
qilishda biron-bir mol etkazib beruvchi bilan shartnoma tuzilib, lekin hisob 
registrlarida yozuv yozilmagan. Tekshiruv natijasida shu mol etkazib beruvchi 
bilan hisob-kitoblarni hisobga oladigan kartochka ochilganligi, lekin adashib u 
boshqa schyotning kartotekasiga solib qo’yilganligi sababli oborot vedomostiga 
kiritilmagan. Shunday qilib, nomuvofiqlik sababi aniqlangan va bartaraf qilingan.
Hisob va hisobot ma’lumotlarining o’zaro tengligi aniqlaganidan so’ng, 
auditor mol etkazib beruvchilar va pudratchilar bilan hisob-kitoblar qoldig’ining 
haqqoniyligini baholashi kerak. Shu maqsadda u quyidagilarni tekshiradi: 
-analitik hisob registrlarida dastlabki hujjatlar va shartnomalarning raqamlari 
hamda tuzilgan sanalari to’g’risidagi ma’lumotlar mavjudligi; 
-analitik hisob registrlarida ko’rsatilgan shartnomalar va dastlabki 
hujjatlarning haqiqatda mavjudligi (tanlab tekshiriladi); 
-dastlabki hujjatlar va hisob registrlaridagi ma’lumotlarning mosligi (tanlab 
tekshiriladi).
Majburiyat summalarining hujjat bilan tasdiqlanmaganlari shubhali 
qarzdorliklar qatoriga qo’shiladi. Bunday qarzlarning haqqoniyligi hisob-
kitoblarni inventarizatsiya qilish (solishtirish dalolatnomasi tuzish)yo’li bilan 
tasdiqlanadi.


361 
Mol etkazib beruvchilar va pudratchilar bilan hisob-kitoblarga doir 
qarzdorliklar haqqoniyligini baholashda ularning vujudga kelish muddatlari 
nazorat qilinadi: 
hisob-kitoblar bo’yicha majburiyatlar bajarilishining belgilangan chegara 
muddati o’tib ketgan, talab qilib undirib olinmagan debitor qarzlar yo’qligi.
Hisob-kitoblarni inventarizatsiya qilish materiallarini tekshirish mol etkazib 
beruvchi va pudratchilar bilan hisob-kitoblar qoldiqlarining haqqoniyligini 
baholashda muhim ahamiyatga egadir.
Mol etkazib beruvchi va pudratchilar bilan hisob-kitoblarga doir muomalalar 
quyidagi yo’nalishlar bo’yicha tekshiriladi: 
-shartnomalar mavjudligi va to’g’ri rasmiylashtirilishini tekshirish; 
-olingan moddiy qiymatlik(ish, xizmat)lar to’liqligi va to’g’ri kirim qilinishini 
tekshirish; 
-moddiy qiymatlik(ish. xizmat)lar uchun o’z vaqtida va to’liq haq 
to’lanishini tekshirish.
-auditor dastavval mahsulot etkazib berish shartnomalari va ish bajarish va 
xizmat ko’rsatish uchun boshqa xo’jalik shartnomalarining mavjudligi, 
hamda 
shartnomalarning 
to’g’ri 
rasmiylashtirilganligini 
aniqlaydi. 
Sharnomalar amaldagi qonunchilik talablariga mos kelishi lozim.
O’zbekiston Respublikasi Fuqarolik Kodeksi va shartnoma qonunchiligig
a
ataylab rioya qilinmasdan tuzilgan shartnomalar va ular asosida amalga oshirilgan 
muomalalar haqiqiy emas deb topiladi. Auditorlar tekshirilayotgan korxonada 
bunday holatlar yo’qligini aniqlashlari lozim.
Shundan so’ng olingan moddiy qiymatlik (ish, xizmat)lar uchun mol etkazib 
beruvchilar va pudratchilar bilan hisob-kitoblarning to’lig’icha to’g’ri 
baholanganligi va hisob registrlarida aks ettirilganligi to’g’risida dalillarga ega 
bo’lishi zarur.
Auditorlar dastlabki hujjatlar ma’lumotlarini shartnomalar, buyurtmalar, 
schyot-fakturalar va loyiha-smeta hujjatlarining ma’lumotlari bilan solishtirish 
natijasida olingan moddiy qiymatlik(ish, xizmat)larni kirim qilishning to’liqligi, 


362 
to’g’riligi va o’z vaqtidaligi to’g’risida dalillarga ega bo’ladi.
Dastlabki hujjatlarni tekshirishda barcha hisoblashuv-to’lov hujjatlarida QQS 
summasining alohida satr bilan ajratib ko’rsatilganligiga va QQS summasining 
hisob-kitob yo’li bilan ajratib ko’rsatilishiga yo’l qo’yilmasligiga(me’yoriy 
hujjatlarda belgilangan holatlardan tashqari) e’tibor qaratiladi. Auditor ushbu 
talablarga rioya qilinishini tekshirish natijasida olingan moddiy qiymatlik(ish, 
xizmat)lar bo’yicha QQS ni hisobga olishning asoslanganligini tasdiqlovchi 
dalilga ega bo’ladi. Uning qoplanishi to’langan, kirim qilingan va ishlab chiqarish 
maqsadlarida ishlatilgan qiymatliklar bo’yicha amalga oshiriladi.
Hisob-kitob hujjatlari hali etib kelmagan moddiy qiymatlik(ish, xizmat)larni 
tekshirishda ushbu olingan qiymatlik (ish, xizmat) larning puli to’langan, lekin 
yo’lda kelayotgan (debitor qarz) sifatida hisobda turmaganligi aniqlanadi.
Xorijdan olingan import mahsulot(ish, xizmat)lar uchun hisob-kitoblar 
bo’yicha tekshiruv o’tkazilganda, mulkchilik huquqi o’tgan paytni , moddiy 
qiymatlik (ish, xizmat)larni kirim qilish sanasiga amalda bo’lgan O’zbekiston 
Respublikasi Markaziy Bankining valyuta kursini va to’lov hujjatlarining 
to’lanishini, kurs farqlarini, qo’shilgan qiymat solig’i summasini va frankirovka 
(tovarni xaridorga etkazib berishda transport xarajatlarini qoplash va hisob-kitob 
qilish) shartlarini aniqlashning to’g’riligi tekshiriladi.
Mol etkazib beruvchilar va pudratchilar schyotlarining to’lanishini 
tekshirishda auditor quyidagilarni aniqlaydi: 
*
qarzlarni qoplash bo’yicha muomalalarning tegishli to’lov hujjatlari (bank 
ko’chirmalari va to’lov topshirig’i, o’zaro talablarni hisobga olish 
dalolatnomalari, cheklar va shunga o’xshash) bilan tasdiqlanganligi; 
*
to’lov hujjatlarining haqiqiyligi va to’g’ri rasmiylashtirilganligi (barcha 
majburiy rekvizitlarining mavjudligi, QQS summasining alohida satr bilan ajratib 
ko’rsatilganligi, bank shtampasi, chet tildagi hujjatlarning tasdiqlangan tarjimasi 
va shunga o’xshash); 
*
to’lov hujjatlari ma’lumotlarining 3110 - «Oldindan to’langan ijara haqi», 
3120-«Oldindan to’langan xizmat haqi», 3190-«Boshqa oldindan to’langan 


363 
xarajatlar», 4310-«Mol etkazib beruvchi va pudratchilarga berilgan bo’naklar», 
6010-«Mol etkazib beruvchilar va pudratchilarga to’lanadigan schyotlar» (joriy 
qismi), 7010-«Mol etkazib beruvchilar va pudratchilarga to’lanadigan schyotlar» 
(uzoq muddatli qismi) schyotlari bo’yicha hisob registrlarining ma’lumotlariga 
mosligi; ushbu schyotlar bo’yicha hisob registrlari ma’lumotlarining 5110, 5210, 
5220, 4310, 4010, 4020, 6310, 4220, 4230, 6870, 4810-4890, 6810, 6820, 6830 
va 6890 schyotlar bo’yicha hisob registrlariga mosligi.
Qarzdorliklarning o’zaro hisoblashish tartibida qoplanishini tekshirish 
natijasida, auditor o’zaro hisob-kitoblar uchun asos (shartnoma, tomonlardan 
birortasining o’zaro hisob-kitoblar tartibidagi to’lovni amalga oshirish 
to’g’risidagi iltimosnomasi) mavjudligini, qarz summasi va qoplash sanasini, 
hamda hisob registrlarida aks ettirishning to’g’riligini aniqlaydi.
O’zaro talablarni hisobga olish, hisob-kitoblarni solishtirish dalolatnomasi 
va har ikkala tomon ishtirokida tuzilgan, o’zaro talablarni hisobga olish 
to’g’risidagi tomonlardan birortasining xati (arizasi). Dalolatnomalarda majburiy 
rekvizitlardan tashqari, qarzdorlikni vujudga keltirgan shartnomalar va dastlabki 
hujjatlar ma’lumotlari, QQS summasi alohida ajratilgan holda ko’rsatilishi lozim. 
Da’vo muddati o’tib ketgan qarzdorliklar bo’yicha o’zaro talablarni hisobga 
olishga yo’l qo’yilmaydi.
Amalga oshirilgan o’zaro qarz surishishlarning qonuniyligini tekshirishda, 
qabul qilingan va puli to’langan moddiy qiymatliklar bo’yicha QQSni hisobga 
qabul qilishning asoslanganligi va sotilgan tovarlar (ish va xizmatlar) bo’yicha 
QQS hisoblanishining to’liqligini aniqlashga maxsus e’tibor qaratiladi.
Berilgan bo’naklar bo’yicha hisob-kitoblarni tekshirish 4310-«Mol etkazib 
beruvchilar va pudratchilarga berilgan bo’naklar» schyotining hisob registrlari, 
bank ko’chirmalari va shartnomalar ma’lumotlari bo’yicha amalga oshiriladi. 
Bunda mol etkazib beruvchilarga bo’naklarning o’z vaqtida va to’g’ri berilganligi 
va hamda moddiy qiymatliklar uchun hisoblashilganda ularning hisobga 
olinganligi aniqlanadi.
Auditor 3110, 3120, 3190, 4310, 6010, 7010 schyotlarning qoldiqlarini 


364 
analitik hisob registrlari bo’yicha tahlil qilish natijasida, moddiy qiymatliklar 
etkazib berilgandan (ish, xizmatlar bajarilganidan) so’ng barcha berilgan 
bo’naklar bo’yicha yakuniy hisob-kitob qilinganini aniqlaydi.
Ushbu talabga rioya qilinayotganligini nazorat qilish nafaqat debitor va 
kreditor qarzlar aks ettirilishining haqqoniyligini, balki QQSni hisob-kitob 
qilishga taqdim etishning o’z vaqtidaligi, chet el valyutasida berilgan bo’naklar 
bo’yicha kurs va summa farqlarini to’g’ri aniqlash uchun zarur.
Mol etkazib beruvchilar bilan shartli birliklardan foydalanib hisob-kitob 
qilinganida summa farqlarini aks ettirish to’g’riligi va quyidagi shartlarga rioya 
qilinishini tekshiradi: 
*
summaviy farqlar sarflarni buxgalteriya tan olish sanasiga aks ettiriladi, 
ya’ni qarzning shakllanishi va o’zgarishiga ta’sir ko’rsatadi (6010, 7010 schyotlar 
bo’yicha yozuvlar); 
*
tovar-moddiy zahiralar va asosiy vositalar haqiqiy xarajatlar summasi 
bo’yicha tan olinadi, ya’ni kirim qilingan moddiy resurslar qiymati summaviy 
farqlarga tuzatiladi; ijobiy summa farqlari kirim qilingan moddiy resurslar 
qiymatini oshiradi (Dt 0820, 0830, 0840, 0890, 1010-1090, 2910 schyotlar va Kt 
6010 yoki 7010 schyot va Dt 4410, Kt 6010 - QQS summasi); salbiy summa 
farqlari kirim qilingan moddiy resurslar qiymatini kamaytiradi. (Dt 0820, 0830, 
0840, 0890, 1010-1090, 2910 schyotlar, KT 6010 yoki 7010 schyot qizil storno 
bilan va Dt 4410, Kt 6010 yoki 7010 schyot - QQS summasiga qizil storno bilan); 
moddiy zahiralar sotilganda yoki ishlab chiqarishga berilgada (Dt 2010, Kt 6010 
(7010), Dt 4410, Kt 6010 (7010) - QQS).
Mol etkazib beruvchilar va pudratchilar bilan hisob-kitoblarni tekshirish 
yakunida, auditor aniqlangan kamchiliklar va nomuvofiqliklarni umumlashtiradi 
hamda qoldiqlar haqqoniyligining dastlabki baholanishini aniqlashtiradi.

Yüklə 2,15 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   111   112   113   114   115   116   117   118   ...   155




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin