Toshkent moliya instituti sh. N. Fayziev, R. D. Dusmuratov, A. A. Karimov, I. N. Kuziev, A. Z. Avlokulov



Yüklə 2,15 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə112/155
tarix07.10.2023
ölçüsü2,15 Mb.
#152835
1   ...   108   109   110   111   112   113   114   115   ...   155
audit (3)

2.
 
Mehnat haqi bo’yicha hisob-kitoblar auditi 

Korxonalar amaliyotida mehnatga haq to’lash bo’yicha quyidagi kamchiliklar 


ko’proq uchraydi: oylik maoshlari va stavkalar hajmining shtat jadvali va lavozim 
maoshlari sxemasida belgilanganidan oshib ketishi; ish haqiga har xil qo’shimcha 
va ustamalarning noqonuniy tayinlanishi; qo’shib yozishlar; ishbay 
rastsenkalarning oshirib ko’rsatilishi; ishchilar va muhandis—texnik xodimlar 
mehnatiga haq to’lash uchun belgilangan ish haqi fondi hisobidan kotibalar, 
shaxsiy haydovchilar va har xil boshqaruv xizmati xodimlariga haq to’lash 
kabilar.
Noqonuniy qo’shimcha haq belgilash, ayrim hollarda hisoblangan mehnat 
haqini o’zlashtirish, o’zlashtirish maqsadida material qiymatliklarni sotib olish 
yoki smetada ko’zda tutilmagan xarajatlarni yopish uchun soxta xodimlarni ishga 
qabul qilish hollari ham uchraydi. Auditor dastlabki hujjatlar va hisobotlarni 
bevosita ish joylarida puxta tahlil qilish yo’li bilan quyidagilarni aniqlaydi: ish 
haqi to’lash uchun pul olishda bankka taqdim qilinadigan malumotlar to’g’riligi 
va olingan pul mablag’lari-ning belgilangan maqsadda ishlatilishi, ish haqi 
fondidan oshiqcha haq to’lashga ruxsat berish tartibiga rioya qilinishi, ish haqi 
fondi mablag’larining oshiqcha sarflanishiga yo’l qo’yilish sabablari yani 
butunlay noto’g’ri, qalbakilashtirilgan, ko’pchilik hollarda reja topshiriqlarini 
bajarganlik va oshirib bajarganlik uchun deb noqonuniy mukofot olish maqsadida 
qilinadigan hisobot malumotlarini oshirib ko’rsatish kabilar. Qo’shib yozish 
oqibatida haqiqatda bajarilmagan ishlarga ish haqi to’lash, xom ashyo, 
materiallar, yoqilg’ilar va boshqa resurslarni hisobdan chiqarish, natijada talon-
taroj qilish hollari ko’p uchraydi.
Xodimlar soni va ularning toifalari bo’yicha ish haqi fondining hajmi 
xo’jalikning biznes-rejasida belgilanadi. Tekshiruv boshlanishidan oldin auditor 
xo’jalikda tasdiqlangan ish haqi fondining hajmini va uning biznes-rejaga to’g’ri 
kelishini aniqlashi zarur.
Ish haqi fondining haqiqiy sarfi «Xodimlarning toifalari va hisoblangan ish 


343 
haqining tarkibi bo’yicha ma’lumot» (19-shakl bo’yicha hisob-kitoblar 
bajariladigan jadval), «Xodimlar, yollangan va chetdan jalb qilingan shaxslar ish 
haqi fondini hisobga olish vedomosti» (20-shakl), hisob-kitob to’lov vedomostlari 
va ish haqi hisoblash uchun asos bo’lgan boshqa dastlabki hujjatlar 
ma’lumotlariga asosan tekshiriladi. Tekshirilayotgan davr (choraklik, yil) uchun 
belgilangan ish haqi fondini haqiqatda hisoblangan ish haqi summalari bilan 
taqqoslash zarur. Buning natijasida ish haqi fondining umumiy tejalgani yoki 
oshiqcha sarflangani aniqlanadi. Agar yil davomida ishlab chiqarish hajmining 
o’zgarganligi sababli dastlabki ish haqi fondiga o’zgartirishlar kiritilgan bo’lsa, u 
holda ular umumiy tejash yoki oshiqcha sarflashni aniqlashda inobatga olinadi.
Tekshirish jarayonida hisoblashuv-to’lov vedomostlari ma’lumotlarining har 
oyda bankka taqdim qilinadigan ma’lumotnoma ko’rsatkichlariga mos kelishi 
ham aniqlanadi. Ma’lumotnomadagi hisoblangan ish haqining umumiy summasi 
shu oydagi 21-shakl «Xodimlar bilan hisob-kitoblar bo’yicha jamlama ma’lumot» 
ning summasiga mos kelishi kerak.
Ish haqi berish uchun bankdagi 5110-«Hisob-kitob schyoti»dan olingan 
summalar, shuningdek, undan ushlanib, o’tkazilgan summalar 21-shakldagi 
hisob-kitoblar bajariladigan jadvalning tegishli ma’lumotlari bilan mos kelishi 
kerak.
Ish haqi fondining oshiqcha sarflanishi ma’muriy boshqaruv, xo’jalik va 
xizmat ko’rsatuvchi xodimlar sonining shtat jadvalidagidan oshib ketganligi; 
lavozim maoshlari, stavkalar va rastsenkalarning oshirib yuborilganligi. Auditor 
xo’jalikka chetdan ishchilarni qancha, qachon va qaysi muddatga jalb 
qilinganligi, ulardan qanday foydalanilganligi va ularga qanday tartibda mehnat 
haqi to’langanligini ham aniqlashi kerak.
Mehnatga haq to’lash masalalari etarli darajada murakkab. Unda mehnatning 
tavsifi, mehnat xarajatlarini va uning natijalarini ulchash hamda baholash, 
rastsenkalar, mukofotlar va hokazolarni belgilash bilan bog’liq ko’plab nozik va 
o’ziga xos tafsilotlari mavjud. Shuning uchun auditordan ushbu masalalar 
bo’yicha me’yoriy baza va hisob yuritishning ahvolini aniqlash, shtatlar jadvali, 


344 
korxona rahbariyatining xodimlarni oylik maosh tayinlab ishga qabul qilish 
to’g’risidagi buyruqlari (tanlab tekshiriladi), tuzilgan pudrat shartnomalari va 
mehnat bitimlari; mehnatga haq to’lash, mukofotlash va moddiy yordam berish 
to’g’risidagi nizomlarni o’rganish talab etiladi. So’ngra ish vaqtini hisobga olish 
tabellari va ishbay ishlar uchun naryadlar, hisoblashuv-to’lov va to’lov 
vedomostlari, mehnatga haq to’lash hamda uni tartibga solish bilan bog’liq 
boshqa hujjatlarning rasmiylashtirilishi tekshiriladi. Auditor ushbu masalalar 
bilan tanishib chiqib, mehnatga haq to’lash bo’yicha hisob-kitoblarning asosiy 
bloklarini sinchiklab tekshiradi. Xususan:

Yüklə 2,15 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   108   109   110   111   112   113   114   115   ...   155




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin