Toshkent moliya instituti sh. N. Fayziev, R. D. Dusmuratov, A. A. Karimov, I. N. Kuziev, A. Z. Avlokulov


 Xususiy kapitalni auditorlik tekshiruvidagi audit amallari



Yüklə 2,15 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə120/155
tarix07.10.2023
ölçüsü2,15 Mb.
#152835
1   ...   116   117   118   119   120   121   122   123   ...   155
audit (3)

4.
 Xususiy kapitalni auditorlik tekshiruvidagi audit amallari

Buxgalteriya hisobining jurnal-order shakli qo’llaniladigan korxonalarda 


amaldagi qoidalarga muvofiq 8310-8330 schyotlar bo’yicha №13- jurnal-order va 
analitik 
hisob 
vedomostlari 
qo’llaniladi. 
Buxgalteriya 
hisobi 
kompyuterlashtirilgan korxonalarda 8300-ustav kapitalini hisobga oladigan 
schyotlar (8310-8330), 4610-»Ustav kapitaliga ulushlar bo’yicha ta’sislarning 
qarzlari» va 6620- Chiqib ketayotgan ta’sislarning ulushlari bo’yicha qarzlar» 
schyotlari bo’yicha sintetik va analitik hisob yuritiladigan kompyuter dasturlari 
qo’llaniladi.
Shuningdek, Bosh daftar yoki oborot-saldo vedomostlari ham tekshiriladi. 
 


377 
Qoidaga ko’ra, ta’sischilar tomonidan ustav kapitaliga qo’shiladigan hissalar 
hisobda va balansda ularning haqiqatda kirim qilinish me’yoriga qarab aks 
ettiriladi: asosiy vositalar, nomoddiy aktivlar, tovar-moddiy qiymatliklar uchun 
qabul qilish-topshirish dalolatnomasining tuzilgan sanasi, pul mablag’lari uchun 
mablag’larining korxona schyotiga kelib tushgani (bank ko’chirmasi va unga 
ilova qilingan tegishli hujjat). Bunda ushbu hissalarning analitik hisobi har bir 
ishtirokchi bo’yicha yuritiladi.
Hissalarning belgilangan miqdori kirim qilinganidan so’ng ustav kapitalining 
tashkil etilishi hisobda aks ettiriladi.
Ustav kapitalining miqdori ta’sis hujjatlarida belgilanganidan oshib 
ketmasligini ta’kidlab o’tish zarur.
Korxona ta’sischilari ulushlarining yig’indisi (ulushlar, aktsiyalar, pay 
badallari) ta’sis hujjatlarida qayd qilingan ustav kapitalining miqdori va 
summalari tegishli dastlabki hujjatlarga (dalolatnomalar, bank ko’chirmalari, 
bank kassasiga naqd pul topshirilganligi to’g’risida kvitantsiya va h. k) asosan 
schyotlar aloqasi tuzilib, dastlabki buxgalteriya balansida aks ettiriladi.
Ustav kapitali summasi ta’sis hujjatlari, hisob registrlari va hisobotdagi 
ma’lumotlarga teng bo’lishi lozim.
№21 –BHMS ga muvofiq ustav kapitalini hisobga oladigan schyotlar (8310-
«Oddiy aktsiyalar», 8320-«Imtiyozli aktsiyalar», 8330-«Pay va ulushlar») krediti 
va 4610 –«Ustav kapitaliga ulushlar bo’yicha ta’sischilarning qarzlari» 
schyotining debeti bo’yicha yozuvlar korxona davlat ro’yxatidan o’tganidan 
so’ng amalga oshiriladi.
Ustav kapitali to’liq va to’g’ri shakllanishi 4610–«Ustav kapitaliga ulushlar 
bo’yicha ta’sischilarning qarzlari» schyoti ma’lumotlari bilan 8310–«Oddiy 
aktsiyalar», 8320–«Imtiyozli aktsiyalar» schetlari yoki 8330–«Paylar va ulushlar» 
schyoti (xo’jalik yurituvchi sub’ekt tashkiliy-huquqiy shakliga qarab tegishli 
schyot) ma’lumotlarini solishtirish asosida tekshiriladi.
Har bir ta’sischi tomonidan ustav kapitaliga ulushlarning haqiqatan 
qo’shilganligi tasdiqlovchi buxgalteriya hujjatlarining mavjudligi va to’g’ri 


378 
rasmiylashtirilganligini tekshirish orqali aniqlanadi. Natura shaklidagi ulushlar 
(asosiy vositalar, materiallar va h. k) tegishli shakldagi dalolatnomalar, pul 
mablag’lari esa kassa va bank hujjatlari bilan tasdiqlanadi. Tasdiqlovchi 
hujjatlarda tegishli mablag’larning aynan ustav kapitaliga ulush sifatida ta’sis 
hujjatlariga muvofiq topshirilganligi haqida ma’lumotlar bo’lishi lozim. Bu 
nafaqat ustav kapitaliga qo’shiladigan ulushlarni buxgalteriya hisobida to’g’ri 
rasmiylashtirish uchun, balki soliqqa tortish masalalari uchun ham zarurdir.
Shuningdek, tekshiruv chog’ida ushbu hujjatlar shakl va mazmunlarining 
O’zbekiston Respublikasi «Buxgalteriya hisobi to’g’risida»ga qonun 9-moddasi 
talablariga muvofiqligi ham aniqlanadi.
Ustav kapitaliga chet el valyutasida qo’shiladigan ulushlarning to’g’ri aks 
ettirilganligini aniqlash «Chet el valyutasida amalga oshiriladigan muomalalarni 
buxgalteriya hisobi, statistik va boshqa hisobotlarda aks ettirish TARTIBI» 
(O’zbekiston. Respublikasi. Adliya Vazirligida 3 iyun 2000 yilda 931-tartib 
raqami bilan ro’yxatga olingan) talablariga muvofiq amalga oshiriladi. Chet el 
valyutasidagi ustav kapitali va ta’sischilarning ustav kapitaliga ulushlar bo’yicha 
qarzlarini shakllantirish ta’sis hujjatlari imzolangan sanada amalda bo’lgan 
O’zbekiston. Respublikasi. MB kursi bo’yicha so’mga hisoblab o’tkazish yo’li 
bilan amalga oshiriladi. Bunda auditor chet el valyutasi kursi va so’mga hisoblab 
o’tkazishning to’g’riligini hamda schyotlarda aks ettirilishini tekshirishi zarur.
Ustav 
kapitaliga 
ulushlarning 
ta’sischilar 
tomonidan 
haqiqatda 
qo’shilganligi tegishli dastlabki hujjatlar va 4610-«Ustav kapitaliga ulushlar 
bo’yicha ta’sischilarning qarzlari», 6620-«Chiqib ketayotgan ta’sischilarga 
ularning ulushlari bo’yicha to’lanadigan qarzlar» schyotlari bo’yicha hisob 
registrlaridagi yozuvlar asosida tekshiriladi. 4610-schyotning debet qoldig’i 
ta’sischilarning ustav kapitaliga qo’shadigan ulushlari bo’yicha qarzlarini, 6620- 
schyotning kredit qoldig’i korxonaning chiqib ketayotgan ta’sischilardan ustav 
kapitalidagi ulushlari bo’yicha qarzlarni bildiradi. Auditor ustav kapitaliga 
ulushlar bo’yicha qarzlarning o’z vaqtida to’lanishi va 4610 va 6620 schyotlar 
bo’yicha qoldiqlarning haqqoniyligini aniqlashi lozim.


379 
Aktsiyadorlik jamiyatlarida ustav kapitalining to’g’ri shakllantirilishini 
tekshirishda quyidagi talablarga rioya qilinganligi tekshiriladi: 
-
ustav kapitali aktsiyadorlar tomonidan sotib olingan aktsiyadorlik jamiyati 
aktsiyalarining nominal qiymatidan tashkil topganligi; 
-
barcha aktsiyalar egasi yozilgan aktsiya ekanligi va ta’sis etishda ta’sischilar 
o’rtasida joylashtirilgan bo’lishi lozim; 
-
joylashtirilgan imtiyozli aktsiyalarning nominal qiymati aktsiyadorlik jamiyati 
ustav kapitalining 10% dan oshmasligi lozim; 
-
aktsiyadorlik jamiyati aktsiyalari uni ta’sis etish chog’ida ustavda ko’rsatilgan 
muddat davomida to’liq to’lanishi lozim. Ammo ustav kapitalining kamida 
50% bir oy ichida, qolgan qismi esa jamiyat ro’yxatdan o’tgan paytdan 
boshlab bir yil ichida tulanishi lozim; 
-
to’lov shakllari (pul mablag’lari, qimmatli qog’ozlar, pulda baholangan 
boshqa buyumlar yoki mulkiy huquqlar) aktsiyadorlik jamiyatining ustavi va 
ta’sis shartnomasiga mos kelishi lozim; 
-
ochiq va yopiq turdagi aktsiyadorlik jamiyatlarining chiqarilgan aktsiyalari 
reestrda ro’yxatga olingan bo’lishi shart; 
-
aktsiyalarning analitik hisobi ta’sischilar, ustav kapitalining shakllanish 
bosqichlari va aktsiyalarning turlari bo’yicha batafsil ma’lumot olishni 
ta’minlashi lozim.
Auditor tekshiruv jarayonida oddiy aktsiyalaardan iborat aktsiyadorlik 
kapitali (8310-schyot), imtiyozli aktsiyalar ko’rinishidagi aktsiyadorlik kapitali 
(8320-schyot), qaytarib sotib olingan oddiy xususiy aktsiyalar(8610-schyot) va 
qaytarib sotib olingan imtiyozli xususiy aktsiyalar(8620-schyot)ni alohida 
tekshiradi.
№21 BHMS ga muvofiq aktsiyadorlik jamiyati davlat ro’yxatidan o’tgan 
paytdan boshlab oddiy va imtiyozli aktsiyalarning obuna summasi mos ravishda 
8310 va 8320-schyotlar kreditida aks ettirilishi lozim (Dt 4610-schyot, Kt 8310, 
8320-schyotlar). Obuna bo’lingan aktsiyalar qiymati ta’sischilar tomonidapn pul, 


380 
qimmatli qog’ozlar, pulda baholangan boshqa buyumlar yoki mulkiy huquqlar 
bilan to’lanishi mumkin.
Ustav kapitalining shakllanishini tekshirishda aktsiyalar qiymatini to’lash 
uchun topshirilgan mulklarning to’g’ri baholanganligini aniqlash zarur. Bu 
mulklarni baholash ta’sischilarning kelishuviga muvofiq amalga oshirilishi, 
qonunda ko’zda tutilgan hollarda esa mustaqil ekspert baholashi lozim.
Ustav kapitaliga ulushlarning haqqoniy qo’shilganligini auditor ta’sischilar 
bilan hisob-kitoblarni tasdiqlovchi hujjatlarning mavjudligi va to’g’ri 
rasmiylashtirilganligini tekshirish orqali aniqlaydi. Tasdiqlovchi hujjatlarda ustav 
kapitalini shakllantirish to’g’risida ko’rsatilgan bo’lishi lozim. Bu nafaqat 
muomalani buxgalteriya hisobi schyotlarida to’g’ri aks ettirish uchun, balki 
soliqlar bo’yicha imtiyozlarni qo’llashning to’g’riligini asoslash uchun ham 
muhimdir.
Dastlabki hujjatlar (asosiy vositalarni, nomoddiy aktivlarni qabul qilish-
topshirish dalolatnomalari, yuk xatlari, schyotlar, kassa hisobotlari, bank 
ko’chirmalari, to’lov topshiriqnomalari va b. ) bo’yicha ustav kapitaliga 
qo’shilgan ulushlarning tegishli schyotlarda to’g’ri aks ettirilganligi tekshiriladi.
Ustav kapitaliga qo’shilgan ulushlarni tekshirishda auditor ishtirokida 
inventarizatsiya o’tkazish maqsadga muvofiq. Bunda ustav kapitaliga ulush 
sifatida ishlashga yaroqsiz asosiy vositalar, amaliy qiymatini yo’qotgan 
nomoddiy aktivlar qo’shilgan holatlar aniqlanishi mumkin.
Ustav kapitali o’zgarishining asosliligini tekshirish 8310-«Ustav kapitalini 
hisobga olinadigan schyotlar»(8310, 8320, 8330-schetlar) bo’yicha hisob 
registrlarining yozuvlarini tekshirish yo’li bilan amalga oshiriladi. Bunday 
yozuvlar ustav kapitali beligilangan tartibda ko’paytirilgan yoki kamaytirilgan 
holatdagina, faqat aktsiyadorlik jamiyatining ta’sis hujjatlariga tegishli tarzda 
o’zgartirishlar kiritilganidan so’ng amalga oshiriladi.
«Aktsiyadorlik jamiyatlari va aktsiyadorlarning huquqlarini himoya qilish 
to’g’risida»gi O’zbekiston Respublikasi Qonunining 21-moddasiga muvofiq 


381 
«jamiyatning ustav fondi aktsiyalar nominal qiymatini oshirish yoki qo’shimcha 
aktsiyalarni joylashtirish yo’li bilan ko’paytirilishi mumkin»
Tekshiruv chog’ida ustav kapitalini ko’paytirish manbalari aniqlanadi. Ular 
asosan quyidagilar hisobiga bo’lishi mumkin: 
-
emitent-aktsiyadorlik jamiyatining o’z aktsiyalarini ularning nominal 
qiymatidan yuqori bahoda sotishdan olingan mablag’lar ya’ni emission daromad 
(Kt 8320-schyot); 
-
jamg’arma, iste’mol va boshqa fondlar hamda ishlatilmagan zahiralar 
mablag’lari; 
-
oldingi yil yakuni bo’yicha taqsimlanmagan foyda; 
-
grantlar, subsidiyalar va qaytarib berilmaydigan yordamlar hisobiga (Kt 8810, 
8820, 8890-schyotlar); 
-
aktivlarni qayta baholashdan hosil bo’lgan manba hisobiga (Kt 8510-schyot); 
-
dividendlar hisobiga.
Auditor ustav kapitali kamaytirilishining asosliligini ham tekshiradi.
Yuqorida nomi qayd qilingan qonunning 22-moddasiga muvofiq 
«Jamiyatning ustav fondi aktsiyalarning nominal qiymatini yoki ularning umumiy 
sonini qisqartirish yo’li bilan, shu jumladan aktsiyalarning bir qismini 
jamiyatning o’zi keyinchalik muomaladan chiqarish sharti bilan sotib olishi yo’li 

ꬸlan kamaytirilishi mumkin»
Auditor ustav kapitalining korxona xususiy manbalarini kapitallashtirish 
hisobiga ko’paytirilishi, yoki yuqoridagi holatda kamaytirilishi to’g’risida 
aktsiyadorlar majlisining qarori mavjudligini ham aniqlaydi. Ustav kapitali 
ko’paytirilganda qo’shimcha aktsiyalar qiymatini to’lash shakli ularni 
joylashtirish to’g’risidagi qaror bilan belgilanadi.
Keyinchalik auditor asosiy va qo’shimcha chiqarilgan aktsiyalar qiymatining 
to’lanishini tekshiradi. «Aktsiyadorlik jamiyatlari va aktsiyadorlarning 
huquqlarini himoya qilish to’g’risida»gi qonunning 37-moddasiga muvofiq 
«Jamiyat aktsiyalariga haq to’lash bozor qiymatida amalga oshiriladi» 


382 
Faqat quyidagi hollardagina aktsiyalar ularning bozor qiymatidan arzonroq 
narxda joylashtirilishi mumkin: 
-
jamiyatning qo’shimcha oddiy aktsiyalari oddiy aktsiyalar egalari bo’lgan 
aktsiyadorlarga joylashtirilib, ular oddiy aktsiyalarni bozor qiymatining 
to’qson foizidan past bo’lmagan narxda sotib olishdan iborat o’z imtiyozli 
huquqlarini ro’yobga chiqargan hollarda; 
-
qo’shimcha aktsiyalar vositachi ishtirokida joylashtirilib, ularning bahosi 
bozor bahosidan ko’pi bilan bunday aktsiyalarni joylashtirish bahosiga 
nisbatan foizlarda belgilangan vositachilik haqi miqdorida arzon bo’lganida.
Ustav kapitalini auditorlik tekshiruvidan o’tkazishning yakunlovchi 
bosqichida uning eng kam miqdori to’g’risidagi qonunchilik talablariga rioya 
qilinishi ham aniqlanadi.
Ustav kapitalining sintetik va analitik hisobini yuritishning to’g’riligi 
mazkur korxonada qo’llanilayotgan hisob shaklining registrlari (memorial-
orderlar, daftarlar, jurnal-orderlar, mashinagrammalar va h. k) ma’lumotlarini 
tekshirish bilan aniqlanadi.
Ustav kapitalining analitik hisobini tekshirishda nafaqat uning sintetik hisob 
ma’lumotlariga tengligi, balki aktsiyalarning turlari, ularning egalari, aktsiyalar 
uchun hisob-kitoblarning ahvoli va boshqalar bo’yicha axborot olish 
imkoniyatlari ham aniqlanadi.
Shuningdek, auditor «Aktsiyadorlik jamiyatlari va aktsiyalarning 
huquqlarini himoya qilish to’g’risida»gi qonunning 47-50 moddalariga muvofiq 
aktsiyadorlar reestrini yuritish qoidalariga rioya qilinishini ham tekshiradi.
Barcha bajarilgan tekshiruv amallari va aniqlangan nomuvofiqliklar 
auditorning ishchi hujjatlarida aks ettiriladi.
Tekshiruv yakunida auditor ustav kapitalini hisobga olish va hisobotda aks 
ettirish bo’yicha aniqlangan tafovutlarning qanchalik jiddiyligi(katta-kichikligi)ni 
me’yoriy hujjatlar talablariga nisbatan aniqlaydi. Agar auditor aniqlangan tafovut 
ustav kapitaliga doir hisobot ko’rsatkichlariga unchalik ta’sir qilmaydi deb 
hisoblasa, u ushbu ko’rsatkichlarning ishonchliligi to’g’risida ijobiy auditorlik 


383 
hulosasi tuzishi mumkin. Agar ahvol bunga teskari bo’lsa, ya’ni aniqlangan 
tafovutlar ustav kapitaliga doir hisobot ko’rsatkichlarini sezilarli darajada buzib 
ko’rsatilganligi aniqlansa, u holda auditor ushbu kamchiliklarni aks ettirib salbiy 
auditorlik hulosasi tuzadi.

Yüklə 2,15 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   116   117   118   119   120   121   122   123   ...   155




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin