5-modda. Auditorlik tashkiloti
Auditorlik tashkiloti auditorlik faoliyatini amalga oshirish litsenziyasiga
ega bo’lgan yuridik shaxsdir.
Auditorlik tashkilotlari o’z faoliyatini amalga oshirishda mustaqildir.
Auditorlik tashkilotlari vazirliklar, davlat qo’mitalari, idoralari hamda
boshqa davlat va xo’jalik boshqaruv organlari tomonidan tuzilishi mumkin emas.
Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarining mansabdor shaxslari,
shuningdek qonun hujjatlariga muvofiq tadbirkorlik faoliyati bilan shug’ullanishi
taqiqlanadigan boshqa shaxslar auditorlik tashkilotlarining muassislari bo’la
olmaydilar.
Qo’shimcha ma’lumot uchun O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1992 yil 6 martdagi 103-son «Tadbirkorlik faoliyati bilan
shug’ullanishi taqiqlangan mansabdor shaxslarning ro’yxati to’g’risida»gi
qaroriga
qarang.
(5-modda O’zbekiston Respublikasining 2002 yil 13 dekabrdagi 447-II-sonli
Qonuniga
muvofiq to’rtinchi qism bilan to’ldirilgan — Oliy
Majlis Axborotnomasi, 2003 y., 1-son, 8-modda)
Auditorlik tashkilotlari ochiq turdagi aktsiyadorlik jamiyati ko’rinishidan
tashqari, qonun hujjatlarida nazarda tutilgan istalgan tashkiliy-huquqiy shaklda
tuzilishi va o’z faoliyatini quyidagi majburiy shartlarga rioya etgan holda amalga
oshirishi mumkin:
auditorlik tashkiloti ustav kapitalining kamida ellik bir foizi mazkur
auditorlik tashkilotining shtatdagi bir yoki bir necha auditoriga tegishli bo’lishi
396
kerak (auditorlik tashkiloti — chet el auditorlik tashkilotining filiali yoki sho’’ba
korxonasi tuzilgan hollar bundan mustasno). Auditor faqat o’zi ishlaydigan bitta
auditorlik tashkilotining muassisi (ishtirokchisi, aktsiyadori) bo’lishi mumkin;
(5-moddaning beshinchi qismi ikkinchi xatboshisi O’zbekiston Respublikasining 2013 yil 30 apreldagi O’RQ-352-sonli
Qonuni
tahririda — O’R QHT, 2013 y., 18-son, 233-modda)
auditorlik tashkilotining shtat birligi tegishli malakaga ega bo’lgan
shtatdagi auditorlarning eng kam soniga doir qonun hujjatlarida belgilangan
talablarga muvofiq bo’lishi kerak;
(5-modda beshinchi qismining ikkinchi va uchinchi xatboshi O’zbekiston Respublikasining 2007 yil 17 sentyabrdagi O’RQ-110-
sonli
Qonuni
tahririda — O’R QHT, 2007 y., 37-38-son, 378-modda)
auditorlik tashkilotiga faqat mazkur auditorlik tashkiloti asosiy ish joyi
bo’lgan auditor rahbar bo’lishi kerak;
(5-moddaning beshinchi qismi to’rtinchi xatboshisi O’zbekiston Respublikasining 2013 yil 30 apreldagi O’RQ-352-sonli
Qonuni
tahririda — O’R QHT, 2013 y., 18-son, 233-modda)
auditor tashkilotining qonun hujjatlarida nazarda tutilgan ustav kapitali
mavjud bo’lishi kerak.
Qarang: O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2007 yil 4 apreldagi PQ-615-sonli qarori bilan Tasdiqlangan «Auditorlik
tashkilotlari to’g’risida»gi Nizomning
12-bandi
.
Auditorlik tashkilotlari O’zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida
davlat ro’yxatidan o’tkazilishi kerak. Adliya vazirligi auditorlik tashkilotlarining
davlat reestrini yuritadi. Ayditorlik tashkilotlarini davlat ro’yxatidan o’tkazish va
auditorlik tashkilotlarining davlat reestrini yuritish tartibi qonun hujjatlari bilan
belgilanadi.
Batafsil ma’lumot uchun O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003 yil 20 avgustdagi 357-son qarori bilan
tasdiqlangan «Tadbirkorlik faoliyatini tashkil etish uchun ro’yxatdan o’tkazish tartibotlari tizimini tubdan takomillashtirish to’g’risida»gi
Nizom
, shuningdek O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2000 yil 22 sentyabrdagi 365-son qarori bilan tasdiqlangan «Auditorlik
faoliyatini amalga oshirish uchun auditorlik tashkilotlarga litsenziya berish tartibi to’g’risida»gi Nizomning IX bo’limi
(38—42-bandlari)
ga
qarang. («Auditorlik faoliyatini amalga oshirish uchun litsenziyaga ega bo’lgan auditorlik tashkilotlarining reestrini yuritish»).
Auditorlik tashkilotlari auditorlik faoliyatini auditorlik xizmatlari
ko’rsatish to’g’risida tuzilgan shartnoma asosida amalga oshiradi. Auditorlik
xizmatlari ko’rsatish to’g’risidagi shartnoma faqat auditorlik tashkiloti
javobgarligining sug’urta polisi mavjud bo’lgan taqdirda tuziladi.
(5-moddaning ettinchi qismi O’zbekiston Respublikasining 2013 yil 30 apreldagi O’RQ-352-sonli
Qonuni
tahririda — O’R QHT, 2013 y., 18-son, 233-modda)
Auditorlik
tashkiloti
boshqa
auditorlik
tashkilotining
muassisi
(ishtirokchisi, aktsiyadori) bo’lishi mumkin emas.
Auditorlik tashkilotining firma nomida «auditorlik tashkiloti» so’z
birikmasi ifodalanishi va mazkur nom boshqa auditorlik tashkilotlarining firma
nomlari bilan adashtirib yuborish darajasida bir xil yoki ularga o’xshash bo’lgan
397
belgilar bilan ko’rsatilmasligi kerak. Ushbu modda talablariga javob bermaydigan
yuridik shaxs o’z nomida «auditorlik tashkiloti» so’z birikmasidan foydalanishga
haqli emas.
(5-modda O’zbekiston Respublikasining 2013 yil 30 apreldagi O’RQ-352-sonli
Qonuniga
asosan sakkizinchi va to’qqizinchi
qismlar bilan to’ldirilgan — O’R QHT, 2013 y., 18-son, 233-modda)
Dostları ilə paylaş: |