401
Qonun hujjatlariga muvofiq o’tkaziladigan majburiy auditorlik
tekshiruvidan bosh tortish xo’jalik yurituvchi sub’ektning mansabdor shaxsiga
nisbatan ma’muriy jazo qo’llanilishiga sabab bo’ladi. Xo’jalik yurituvchi
sub’ektning mansabdor shaxsiga nisbatan ma’muriy jazo qo’llanilganidan keyin
kalendar yil tugaguniga qadar majburiy auditorlik tekshiruvini o’tkazishdan bosh
tortish xo’jalik yurituvchi sub’ektdan eng kam oylik ish haqining ellik
baravaridan yuz baravarigacha miqdorda jarima undirishga sabab bo’ladi.
Xo’jalik yurituvchi sub’ektning oxirgi hisobot sanasidagi joriy aktivlari
summasining jami yigirma foizidan ortiq miqdorda jarima undirish unga
undiriladigan summani undirish to’g’risida qaror qabul qilingan kundan e’tiboran
olti oy mobaynida oyma-oy bo’lib to’lash imkoni berilgan holda amalga
oshiriladi. Jarimaning to’lanishi xo’jalik yurituvchi sub’ektni majburiy auditorlik
tekshiruvidan o’tishdan ozod qilmaydi
Qarang: O’zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to’g’risidagi kodeksining
179
1
moddasi
. Shuningdek, qarang:
O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2000 yil 22 sentyabrdagi 365-son qarori bilan tasdiqlangan «Majburiy auditorlik tekshiruvi
o’tkazilishidan bo’yin tovlaganligi uchun xo’jalik yurituvchi sub’ektlardan jarima undirish tartibi to’g’risida»gi
Nizomi
(10-moddaning uchinchi qismi O’zbekiston Respublikasining 2006 yil 10 oktyabrdagi O’RQ-59-sonli
Qonuni
tahririda —
O’zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to’plami, 2006 y., 41-son, 405-modda)
Dostları ilə paylaş: