Toshkent moliya instituti sh. N. Fayziev, R. D. Dusmuratov, A. A. Karimov, I. N. Kuziev, A. Z. Avlokulov


-modda. Nazorat qiluvchi yoki huquqni muhofaza qilish



Yüklə 2,15 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə134/155
tarix07.10.2023
ölçüsü2,15 Mb.
#152835
1   ...   130   131   132   133   134   135   136   137   ...   155
audit (3)

15-modda. Nazorat qiluvchi yoki huquqni muhofaza qilish 
organlarining tashabbusiga ko’ra auditorlik tekshiruvlarini o’tkazish 
Auditorlik tekshiruvi nazorat qiluvchi yoki huquqni muhofaza qilish 
organlarining tashabbusiga ko’ra auditorlik tashkiloti va ushbu organlar o’rtasida 
tuzilgan shartnoma asosida o’tkaziladi hamda unga mazkur shartnoma asosida 
haq to’lanadi.
(15 -moddaning birinchi qismi O’zbekiston Respublikasining 2007 yil 17 sentyabrdagi O’RQ-110-sonli 
Qonuni
 tahririda — O’R 
QHT, 2007 y., 37-38-son, 378-modda) 
Auditorlik tekshiruvini o’tkazish bo’yicha ishlarga haq to’lash auditorlik 
tekshiruvini belgilagan organ hisobidan amalga oshiriladi. 
Aynan bir xil asoslarga ko’ra aynan bir auditorlik tashkiloti aynan bir 
xo’jalik yurituvchi sub’ektning faoliyatini tekshirishga takror jalb etilishiga yo’l 
qo’yilmaydi. 
16-modda. Auditorlik tekshiruvi o’tkazishdagi cheklovlar 
Quyidagilarga auditorlik tekshiruvi o’tkazish taqiqlanadi: 
tekshirilayotgan xo’jalik yurituvchi sub’ektning rahbarlari va (yoki) 
boshqa mansabdor shaxslari bilan yaqin qarindosh bo’lgan shaxsga; 


404 
tekshirilayotgan xo’jalik yurituvchi sub’ektda mulkiy yoki shaxsiy 
nomulkiy manfaatlari bo’lgan shaxsga; 
davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarining, shuningdek xo’jalik 
boshqaruv organlarining mansabdor shaxslariga; 
tekshirilayotgan xo’jalik yurituvchi sub’ekt xodimiga; 
auditorlik tashkilotlariga va auditorlarga: 
a) o’zlari mulkdori, qatnashchisi, aktsiyadori, kreditori, sug’urtalovchisi 
bo’lgan xo’jalik yurituvchi sub’ektlarga nisbatan, shuningdek ushbu auditorlik 
tashkilotlari va auditorlar ularga nisbatan mulkdor, qatnashchi, aktsiyador 
hisoblanadigan xo’jalik yurituvchi sub’ektlarga nisbatan; 
b) mulkdori, qatnashchisi, aktsiyadori, shuningdek buxgalteriya hisobini 
tashkil etish va yuritish hamda moliyaviy hisobotlar tuzish uchun javobgar 
bo’ladigan shaxs ayni bir paytning o’zida ushbu auditorlik tashkilotining 
mulkdori, qatnashchisi, aktsiyadori bo’lgan xo’jalik yurituvchi sub’ektga 
nisbatan; 
(16-moddaning «b» kichik bandi O’zbekiston Respublikasining 2002 yil 13 dekabrdagi 447-II-sonli 
Qonuni
tahririda — Oliy 
Majlis Axborotnomasi, 2003 y.,1-son, 8-modda) 
v) mazkur xo’jalik yurituvchi sub’ektga auditorlik tekshiruvi qamrab 
oladigan davrda ushbu Qonun 17-moddasi birinchi qismining 
ikkinchi

uchinchi
 
va sakkizinchi xatboshilarida 
nazarda 
tutilgan 
professional xizmatlar 
ko’rsatganlar. 
(16-moddaning birinchi qismi «v» kichik bandi O’zbekiston Respublikasining 2013 yil 30 apreldagi O’RQ-352-sonli 
Qonuni 
tahririda — O’R QHT, 2013 y., 18-son, 233-modda) 
g) xodimi bir vaqtning o’zida mazkur auditorlik tashkilotining xodimi 
bo’lgan xo’jalik yurituvchi sub’ektga nisbatan. 
(16-modda O’zbekiston Respublikasining 2013 yil 30 apreldagi O’RQ-352-sonli 
Qonuniga 
asosan «g» kichik bandi bilan 
to’ldirilgan — O’R QHT, 2013 y., 18-son, 233-modda) 
Auditorlik tashkiloti aynan bir xo’jalik yurituvchi sub’ektning faoliyatini 
ketma-ket uch yildan ortiq auditorlik tekshiruvidan o’tkazishga haqli emas.
(16-modda O’zbekiston Respublikasining 2007 yil 17 sentyabrdagi O’RQ-110-sonli 
Qonuni
asosida ikkinchi qism bilan 
to’ldirilgan — O’R QHT, 2007 y., 37-38-son, 378-modda) 

Yüklə 2,15 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   130   131   132   133   134   135   136   137   ...   155




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin