Toshkent moliya instituti sh. N. Fayziev, R. D. Dusmuratov, A. A. Karimov, I. N. Kuziev, A. Z. Avlokulov


-modda. Auditor malaka sertifikatini bekor qilish



Yüklə 2,15 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə142/155
tarix07.10.2023
ölçüsü2,15 Mb.
#152835
1   ...   138   139   140   141   142   143   144   145   ...   155
audit (3)

26-modda. Auditor malaka sertifikatini bekor qilish 
Auditor malaka sertifikati quyidagi hollarda bekor qilinadi: 
maxsus vakolatli davlat organining auditorga malaka sertifikatini berish 
to’g’risidagi qarori noqonuniy ekanligi aniqlanganida; 
sertifikat soxta hujjatlardan foydalangan holda olinganligi fakti 
aniqlanganida. 
Malaka sertifikatini bekor qilish to’g’risidagi qaror auditor malaka 
ceptifikati berilgan sanadan e’tiboran amal qiladi. 
Maxsus vakolatli davlat organining auditor malaka sertifikatini bekor 
qilish to’g’risidagi qarori ustidan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda sudga 
shikoyat qilinishi mumkin. 


414 
Ushbu modda birinchi qismining uchinchi xatboshisida nazarda tutilgan 
asoslarga ko’ra malaka sertifikati bekor qilingan shaxs auditor malaka sertifikatini 
bekor qilish to’g’risida qaror qabul qilingan kundan e’tiboran uch yil mobaynida 
malaka sertifikati olish to’g’risidagi ariza bilan takroran murojaat qilishga haqli 
emas.
(26-modda O’zbekiston Respublikasining 2007 yil 17 sentyabrdagi O’RQ-110-sonli 
Qonuni
 asosida to’rtinchi qism bilan to’ldirilgan — O’R QHT, 2007 y., 37-38-son, 378-
modda) 
27-modda. Auditorlarning respublika jamoat birlashmasi 
Auditorlarning respublika jamoat birlashmasi auditorlarning ixtiyoriy 
asoslarda birlashtiradigan nodavlat notijorat tashkilotidir. 
Auditorlarning respublika jamoat birlashmasi auditorlarning malaka 
darajasini rivojlantirishga va saqlab turishga, ularning kasbiy manfaatlari 
himoyalanishiga ko’maklashishga da’vat etilgandir. 
Auditorlarning respublika jamoat birlashmasi: 
auditorlarning ta’lim dasturlarini va auditorlik malaka sertifikatini olish 
huquqiga doir malaka imtihonlarini topshirish tartibini ishlab chiqishda; 
(27-modda uchinchi qismining ikkinchi xatboshisi O’zbekiston Respublikasining 2002 yil 13 dekabrdagi 447-II-sonli 
Qonuni
 tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2003 
y., 1-son, 8-modda) 
auditorlar malaka sertifikatini olish huquqiga doir malaka imtihonlarini 
o’tkazishda; 
auditorlik faoliyati to’g’risidagi qonun hujjatlarini takomillashtirish 
yuzasidan takliflar tayyorlashda. 
(27-moddaning uchinchi qismi to’rtinchi xatboshisi O’zbekiston Respublikasining 2013 yil 30 apreldagi O’RQ-352-sonli 
Qonuni 
tahririda — O’R QHT, 2013 y., 18-son, 
233-modda) 
auditorlik tashkilotlari faoliyatini majburiy reyting baholashni tashkil 
qilishda ishtirok etadi. 
(27-moddaning uchinchi qismi O’zbekiston Respublikasining 2013 yil 30 apreldagi O’RQ-352-sonli 
Qonuniga 
asosan beshinchi xatboshi bilan to’ldirilgan — O’R QHT, 
2013 y., 18-son, 233-modda) 

Yüklə 2,15 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   138   139   140   141   142   143   144   145   ...   155




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin