Toshkent moliya instituti sh. N. Fayziev, R. D. Dusmuratov, A. A. Karimov, I. N. Kuziev, A. Z. Avlokulov


-modda. Auditor malaka sertifikatining amal qilishini tugatish



Yüklə 2,15 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə141/155
tarix07.10.2023
ölçüsü2,15 Mb.
#152835
1   ...   137   138   139   140   141   142   143   144   ...   155
audit (3)

25-modda. Auditor malaka sertifikatining amal qilishini tugatish 
Auditor malaka sertifikatining amal qilishini tugatish uchun quyidagilar 
asos hisoblanadi: 
auditorning arizasi; 
auditorlik tekshiruvi davomida auditor olingan ma’lumotlarni auditorlik 
tekshiruvi buyurtmachisining ruxsatisiz uchinchi shaxslarga berishi, qonun 
hujjatlarida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno; 
auditorlik faoliyatini amalga oshirayotganda qonun hujjatlari talablarini 
muntazam yoki bir marta qo’pol ravishda buzganlik; 
(25-moddaning birinchi qismi O’zbekiston Respublikasining 2002 yil 13 dekabrdagi 447-II-son 
Qonuniga
muvofiq to’rtinchi 
xatboshi bilan to’ldirilgan — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2003 y., 1-son, 8-modda) 
auditorlik tekshiruvi o’tkazishda aniqlangan, xo’jalik yurituvchi 
sub’ektning buxgalteriya hisobi yuritish, shuningdek moliyaviy hisobotni tuzish 
bo’yicha belgilab qo’yilgan talablarni buzish faktlarining auditor tomonidan 
yashirganlik; 
 Auditorning surishtiruvchi, tergovchi, prokuror yoki sudning topshirig’iga binoan auditorlik tekshiruvini o’tkazish chog’ida 
aniqlangan qonun hujjatlari hamda buxgalteriya hisob-kitobi yuritishga, shuningdek moliyaviy hisobot hujjatlarini tayyorlashga doir talablar 
buzilganligi hollarini yashirishi O’zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to’g’risidagi kodeksining 
179-moddasi 
bo’yicha javobgarlikka 
tortish uchun ham asos bo’ladi. 
auditorlik faoliyatida uch yil davomida ishtirok etmaslik
auditorning malaka sertifikati boshqa shaxsga topshirilgan bo’lib, mazkur 
shaxs ushbu hujjatni auditorlik faoliyatida ishtirok etish uchun o’z nomidan 
foydalanish maqsadida ishlatganlik faktining aniqlanganligi; 
sudning 
muayyan 
lavozimlarni 
egallash 
yoki 
moliya-xo’jalik 
munosabatlari sohasida muayyan faoliyat bilan shug’ullanish huquqidan mahrum 
qilish tariqasidagi jazoni nazarda tutuvchi hukmining qonuniy kuchga kirganligi; 
fuqaroni belgilangan tartibda muomalaga layoqatsiz yoki muomala 
layoqati cheklangan deb topish to’g’risidagi sud qarori. 


413 
Auditor malaka sertifikatining amal qilishi uni tugatish to’g’risida qaror 
qabul qilingan sanadan e’tiboran tugatiladi, ushbu moddaning uchinchi qismida 
nazarda tutilgan hol bundan mustasno. 
(25-moddaning ikkinchi qismi O’zbekiston Respublikasining 2007 yil 17 sentyabrdagi O’RQ-110-sonli 
Qonuni
 tahririda — O’R 
QHT, 2007 y., 37-38-son, 378-modda) 
Auditorlik tashkiloti litsenziyasining amal qilishini tugatishga sabab 
bo’lgan qoidabuzarliklarga yo’l qo’ygan auditorlik tashkiloti rahbarining, 
shuningdek auditorning malaka sertifikati amal qilishi litsenziyaning amal 
qilishini tugatish to’g’risida qaror qabul qilingan sanadan e’tiboran tugatiladi.
(25-modda O’zbekiston Respublikasining 2007 yil 17 sentyabrdagi O’RQ-110-sonli 
Qonuni 
asosida uchinchi qism bilan 
to’ldirilgan — O’R QHT, 2007 y., 37-38-son, 378-modda) 
Maxsus vakolatli davlat organining auditor malaka sertifikatining amal 
qilishini tugatish to’g’risidagi qarori ustidan qonun hujjatlarida belgilangan 
tartibda sudga shikoyat qilinishi mumkin. 
Ushbu modda birinchi qismining uchinchi — beshinchi va ettinchi 
xatboshilarida nazarda tutilgan asoslarga ko’ra malaka sertifikatining amal qilishi 
tugatilgan shaxs auditor malaka sertifikati amal qilishini tugatish to’g’risida qaror 
qabul qilingan kundan e’tiboran uch yil mobaynida malaka sertifikati olish 
to’g’risidagi ariza bilan takroran murojaat qilishga haqli emas.
(25-modda O’zbekiston Respublikasining 2007 yil 17 sentyabrdagi O’RQ-110-sonli 
Qonuni 
asosida beshinchi qism bilan to’ldirilgan — O’R QHT, 2007 y., 37-38-son, 378-
modda) 

Yüklə 2,15 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   137   138   139   140   141   142   143   144   ...   155




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin