«ODEJDA»NOMLI OCHIQ TURDAGI AKTSIONERLIK JAMIYATINING 2010 YIL MOLIYAVIY XISOBOTIGA AUDITORLIK XULOSASI Auditorlik tashkilot nomi: «Audit-Kafolat» MChJ
Yuridik manzili: 700068 Toshkent shahri, B.G’ulamov ko’chasi 21 uy.
Davlat ro’yxatiga olingani to’g’risidagi guvohnoma raqami: 2001 yil 29 fevral № 905.620
Auditorlik faoliyat uchun litsenziya raqami: O’z.R. Moliya vazirligi tomonidan 2009 yil 20 mayda
berilgan № E 000230
Nomi:
«Odejda»nomli ochiq turdagi aktsionerlik jamiyati
Yuridik manzili: 700063 Toshkent shahri, Pedagoklar ko’chasi 12 uy.
Davlat ro’yxatiga olingani to’g’risidagi guvohnoma raqami: 1999 yil 2 noyabr № 037.650
Biz «Audit-Kafolat» MChJ auditorlik tashkilotining auditorlari «Odejda»nomli OAJning
2010 yil 1 yanvaridan 31 dekabriga qadar bo’lgan davr uchun moliyaviy hisobotini tekshirdik.
Auditorlik tekshiruvidan o’tkaziladigan moliyaviy hisobotning tayyorlanishi va haqqoniyligi
uchun «Odejda» nomli OAJning rahbariyati javobgar hisoblanadi. Auditorlik tashkiloti mazkur
moliyaviy hisobot bo’yicha o’z xulosasi uchun javob beradi.
Biz auditorlik tekshiruvini O’z.R. “Auditorlik faoliyati haqidagi” qonuni, AFMAga xamda
«Audit-Kafolat» auditorlik tashkilotining ichki auditorlik faoliyati andozalariga muvofiq
o’tkazdik. Ushbu andozalar biz foydalanuvchilarni moliyaviy hisobot jiddiy buzilishlarga ega
emasligiga etarlicha ishonch bilan ta’minlashimiz kerakligini taqozo etadi. Auditorlik
tekshiruvi haqqoniylikni va moliyaviy hisobot hamda boshqa moliyaviy axborotning qonun
hujjatlariga, shuningdek moliyaviy-xo’jalik faoliyatining haqiqiy holatiga muvofiqligini
baholashga asoslanadi. Biz tomonimizdan o’tkazilgan auditorlik tekshiruvi fikrni ifodalash
uchun etarlicha asoslar beradi deb hisoblaymiz.
Tekshirishda aniqlanishicha, xo’jalik yurituvchi sub’ekt 86,2 mln. so’mni xarajatlarga
noqonuniy ravishda kiritgan, bu esa amaldagi qonunchilikni buzish hisoblanadi va moliyaviy
hisobot ko’rsatkichlarini buzadi.
Bizning fikrimizcha, «Odejda» nomli OAJning 2010 yil moliyaviy hisoboti uning moliyaviy-
xo’jalik faoliyati natijalari to’g’risida haqqoniy axborot bermaydi.
21 aprel 2011 yil
«Audit-Kafolat» nomli auditorlik
tashkilotining direktori M.I.Tadjiev
Auditorlik gurux rahbari
(Auditor malaka sertifikati № 00183 ) R.N.Axmedova