AUDITORLIK XULOSASINI TUZISHDAN BOSH TORTISHI TO’G’RISIDAGI ARIZA Auditorlik tashkilot nomi: «Audit-Kafolat» MChJ
Yuridik manzili: 700068 Toshkent shahri, B.G’ulamov ko’chasi 21 uy.
Davlat ro’yxatiga olingani to’g’risidagi guvohnoma raqami: 2001 yil 29 fevral № 905.620
Auditorlik faoliyat uchun litsenziya raqami: O’z.R. Moliya vazirligi tomonidan 2009 yil 20
mayda berilgan № E 000230
Nomi:
«Avtodunyo» nomli ochiq turdagi aktsionerlik jamiyati
Yuridik manzili: 700061 Toshkent shahri, Pedagoklar ko’chasi 53 uy.
Davlat ro’yxatiga olingani to’g’risidagi guvohnoma raqami: 1999 yil 26 noyabr № 086.321
Biz «Audit-Kafolat» MChJ auditorlik tashkilotining auditorlari «Avtodunyo» nomli OAJning
2010 yil 1 yanvaridan 31 dekabriga qadar bo’lgan davr uchun moliyaviy hisobotini tekshirdik.
Xo’jalik yurituvchi sub’ekt «Avtodunyo» nomli OAJ xorijiy etkazib beruvchilar bilan hisob-
kitoblarni to’liq taqdim etmadi, bu esa boshlab yuborilgan auditorlik tekshiruvini biz auditorlik
xulosasini tayyorlash uchun zarur deb hisoblaydigan hajmda o’tkazish imkonini bermaydi.
Yuqorida bayon etilgan auditorlik tekshiruvi hajmini cheklash faktiga asosan «Audit-Kafolat»
auditorlik tashkiloti «Avtodunyo» nomli OAJning moliyaviy hisoboti to’g’risida fikr ifodalashdan
bosh tortadi.
25 aprel 2011 yil
«Audit-Kafolat» nomli auditorlik
tashkilotining direktori M.I.Tadjiev
Auditorlik gurux rahbari
(Auditor malaka sertifikati № 00453 ) R.N.Axmedova