Toshkent moliya instituti sh. N. Fayziev, R. D. Dusmuratov, A. A. Karimov, I. N. Kuziev, A. Z. Avlokulov



Yüklə 2,15 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə146/155
tarix07.10.2023
ölçüsü2,15 Mb.
#152835
1   ...   142   143   144   145   146   147   148   149   ...   155
audit (3)

V. AUDITORLIK TAShKILOTIGA
NISBATAN QO’YILADIGAN LITsENZIYa
TALABLARI VA ShARTLARI
21. Quyidagilar auditorlik faoliyatini amalga oshirishda litsenziya talablari va shartlari 
hisoblanadi: 
"Auditorlik faoliyati to’g’risida"gi O’zbekiston Respublikasining Qonuniga, Auditorlik 
faoliyatining milliy standartlari, shuningdek boshqa qonun hujjatlari talablariga rioya qilish; 
litsenziya olinayotganda mazkur Nizomda nazarda tutilgan miqdorlarda to’liq 
shakllantirilgan ustav kapitaliga ega bo’lish; 
faqat auditorlik faoliyatini amalga oshirish; 
fuqarolik mas’uliyatini sug’urta qilish polisiga ega bo’lish; 
auditor tomonidan auditorlik faoliyatini faqat bitta auditorlik tashkilotida amalga oshirish; 
shtatda auditorlar soni mazkur Nizomda nazarda tutilgan miqdorda bo’lishi; 
litsenziya turiga muvofiq shtatdagi auditorlarda xalqaro buxgalter sertifikatining bo’lishi; 
auditorlik tekshiruvi o’tkazish chog’ida olingan axborotning sir saqlanishini ta’minlash; 
auditorlik tekshiruvlari o’tkazish bo’yicha shartnoma majburiyatlarini o’z vaqtida va 
sifatli bajarish; 
auditorlik tashkiloti rahbari lavozimiga faqat auditorni tayinlash; 
auditorlik tashkiloti rahbarining uch yilda bir marotaba O’zbekiston Respublikasi Moliya 
vazirligida attestatsiyadan o’tishi; 
auditorlik faoliyatini amalga oshirish chog’ida mustaqillikni ta’minlash; 
ishonchli auditorlik hisoboti tuzish va auditorlik xulosasi berish; 
auditorlik tashkilotlarida auditorlar ish sifatining ichki standartlari mavjudligi
o’z pochta manzili o’zgargani to’g’risida 10 kun muddatda O’zbekiston Respublikasi 
Moliya vazirligini xabardor qilish; 
auditorlik faoliyati to’g’risidagi ma’lumotlarni yarim yilda bir marta belgilangan shaklda 
O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga taqdim etish, shuningdek auditorlik faoliyati bilan 
bog’liq boshqa axborotlarni O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi talabi bo’yicha taqdim 
etish. 


422 
22. Auditorlik tashkiloti litsenziyasining amal qilishini to’xtatish uchun asos bo’ladigan 
litsenziya talablarini bir marta qo’pol ravishda buzishga quyidagilar kiradi: 
auditorlik faoliyati bilan bog’liq bo’lmagan boshqa faoliyat turlarini amalga oshirish; 
auditorlik faoliyatini amalga oshirishda mustaqillikni ta’minlamaslik; 
ishonchsiz yoxud shak-shubhasiz yolg’on auditorlik xulosasi tuzish; 
auditorlik tekshiruvi o’tkazish chog’ida olingan mahfiy axborotni auditorlik tekshiruvi 
buyurtmachisining ruxsatisiz oshkor qilish, qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollar bundan 
mustasno; 
auditorlik tekshiruvlarini o’tkazishda qonun hujjatlarida nazarda tutilgan cheklanishlarga 
rioya qilinmaslik; 
auditorlik faoliyatini amalga oshirishda fuqarolik mas’uliyati sug’urta polisining yo’qligi; 
litsenziya talablari va shartlariga rioya etilishini O’zbekiston Respublikasi Moliya 
vazirligining tekshiruvlaridan bo’yin tovlash. 
23. Auditorning malaka sertifikati amal qilishini to’xtatish uchun asos bo’ladigan 
auditorlik faoliyatini amalga oshirishda qonun hujjatlari talablarini qo’pol ravishda bir 
marotaba buzishga quyidagilar kiradi: 
auditorlik tekshiruvini amalga oshirishda mustaqillikni ta’minlamaslik; 
ishonchsiz yoxud shak-shubhasiz yolg’on auditorlik xulosasi tuzish; 
auditorlik tekshiruvi o’tkazish chog’ida olingan mahfiy axborotni auditorlik tekshiruvi 
buyurtmachisining ruxsatisiz oshkor qilish, qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollar bundan 
mustasno; 
auditorlik tekshiruvi o’tkazishda aniqlangan xo’jalik yurituvchi sub’ektning buxgalteriya 
hisob-kitobi yuritish, moliya hisobotini tuzish bo’yicha belgilangan talablarni buzganligi 
faktlarining auditor tomonidan yashirilishi; 
auditorning malaka sertifikatini o’z nomidan auditorlik faoliyatida qatnashish uchun 
ushbu hujjatdan foydalanish maqsadida, boshqa shaxsga berilishi fakti aniqlanganda; 
auditorlik tashkilotining shtatida turgan auditorning mazkur tashkilotning tegishli ruxsati 
(buyrug’i)siz nazorat yoki huquqni muhofaza qiluvchi organlar topshirig’i bo’yicha turli 
tekshiruvlarni o’tkazish uchun mutaxassis sifatida qatnashishi. 
24. Auditorning har yilgi malaka oshirish talablarini muntazam ravishda buzishi 
auditorlik malaka sertifikatining amal qilishini to’xtatish uchun asos bo’ladi. 


423 

Yüklə 2,15 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   142   143   144   145   146   147   148   149   ...   155




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin