388
etkazib berish, modellar va maketlar tayyorlash, adabiyotlar va texnik hujjatlarni
nashr qilish); mahsulotlar (ishlar, xizmatlar)ni eksport qilish bilan bog’liq sarflar;
bojxona tadbirlari uchun to’lovlar; import muomalalarini amalga oshirishda
vositachilik qiladigan tashkilotlarga to’lanadigan komission to’lovlar summalari;
bojxona to’lovlari, shuningdek, tovarlar va boshqa mulklarni import qilish bilan
bog’liq bo’lgan bojxonada amalga oshiriladigan rasmiylashtirish o’tkazish uchun
to’lovlar; material qiymatliklarni sotib olish va
tashib keltirish xarajatlari;
belgilangan me’yorlar va boshqaruv tomonidan tasdiqlangan smetalar doirasidagi
korxona faoliyati bilan bog’liq vakillik xarajatlari (shtatda turmaydigan
tarjimonlar xizmatiga haq to’lash, ishchi muzokaralar
vaqtida chet ellik
vakillarning rasmiy qabulini o’tkazishga doir xarajatlar).
Bunda qilingan xarajatlarning asoslanganligi va tasdiqlovchi hujjatlar
(schyotlar, do’konlar va restoranlarning cheklari va boshqalar)ning mavjudligiga
alohida e’tibor berish zarur.
Dostları ilə paylaş: