Takrorlash uchun savollar:
1.
Ustav kapitalini shakllantirishni tekshirish qanday amalga oshiriladi?
2.
Auditor ta’sis hujjatlari bilan tanishtirishida qanday ma’lumotlarni tekshirishi
lozim?
3.
Ustav kapitadlini audit qilishda qanday hujjatlar va buxgalteriya schetlari
tekshirishi manbalari bo’lib xizmat qiladi?
4.
Fondlar va rezervlarni audit qilishda qaysi me’yoriy hujjatlardan
foydalaniladi?
5.
Kelgusi davr xarajatlari va to’lovlari rezervini nazorat qilish qanday tashkil
etiladi?
6.
Fondlar va rezervlar muomalalarini audit qilishda qaysi hujjatlar va
buxgalteriya hisobi schetlari tekshirish manbalari bo’lib hisoblanadi?
384
2
2
1
1
-
-
B
B
O
O
B
B
.
.
MOLIYAVIY NATIJALAR AUDITI
1. Moliyaviy natijalarni tekshirishning asosiy yo’nalishlari
Qoidaga ko’ra, foyda (daromad) korxonalar tomonidan quyidagi maqsadlar
uchun ishlatiladi: foyda (daromad) solig’ini to’lash; boshqaruvning tegishli
qaroriga muvofiq ustav kapitaliga qo’shiladigan, o’tgan yilgi foyda hisobidan
ustav kapitalini ko’paytirish; dividendlar to’lash.
Qo’shma korxonalar foydasiga keladigan bo’lsak, u byudjetga to’lanadigan
summalar va zahiralar yaratish hamda ularni to’ldirishga yunaltirilgan summalar
chegirib tashlanganidan so’ng, qo’shma korxona ishtirokchilari o’rtasida,
ularning ustav kapitalidagi hissalariga mutanosib ravishda taqsimlanadi, agar
ta’sis hujjatlarida boshqacha tartib ko’zda tutil magan bo’lsa.
Qo’shma korxonaning xorijiy ishtirokchilariga korxona faoliyatidan olingan
foydani taqsimlash natijasida tegishli bo’lgan, so’m va chet el valyutalaridagi
summalarni, shuningdek, taqsimlangan erkin muomaladagi valyutada olingan
daromadning tegishli ulushini ularning mamlakatlariga o’tkazib berish
kafolatlanadi.
Auditor korxonaning foydasi (daromadi)ni va moliyaviy holatini tekshirishda
quyidagilarni puxta o’rganishi lozim: tayyor mahsulotlar, tovarlar (ishlar,
xizmatlar) realizatsiyasidan olingan foydalar yoki ko’rilgan zararlar; davr sarflari,
ularning asoslanganligi, tasdiqlangan smetaga muvofiqligi va moliyaviy natijaga
ta’siri.
Bunda, jumladan, quyidagilarni tahlil qilish zarur: asosiy vositalarning
hisobdan chiqarilishi (bino va inshootlarni buzish va bo’laklash, qo’rilmalarni
demontaj qilish va shunga o’xshashlar), asosiy vositalarni boshqa tashkilotlar va
korxonalarga sotish yoki berishda paydo bo’lgan zararlar; nomoddiy aktivlarni
boshqa korxona va tashkilotlarga sotish yoki berishda paydo bo’lgan zararlar;
aybdorlari aniqlanmagan o’g’irliklardan ko’rilgan zararlar; jarimalar, peniyalar va
neustoykalar to’lash bilan bog’liq zararlar; asosiy faoliyatdan olinadigan foyda,
385
boshqa daromadlar va boshqa tushumlar hisobidan zahira qilinib, boshqa
korxonalar va tashkilotlar (chet elliklarni ham qo’shib), shuningdek ayrim
shaxslar bilan hisob-kitoblarga doir shubhali qarzlar summalari; «Boshqa
daromadlar va tushumlar» ga quyidagilar kiradi: korxonaning asosiy fondlari va
boshqa mulklarini sotishdan olingan daromadlar; da’vo muddati o’tib ketgan,
kreditor va deponentga o’tkazilgan qarzlarni hisobdan o’chirishdan olingan
daromadlar; undirilgan jarimalar, peniyalar, neustoykalar va xo’jalik
shartnomasining boshqa shartlarini buzganligi uchun undiriladigan boshqa
turdagi sanktsiyalar; korxona ichidagi oshxonalar, yordamchi xo’jaliklar va
boshqalardan olinadigan daromadlar va tushumlar; moliyaviy faoliyatga doir
daromadlar va sarflar. Bunda moliyaviy faoliyatdan olinadigan daromadlarni
hisobga oladigan schyolar (9500) guruhi bo’yicha 9510, 9520, 9530, 9540, 9550,
9560 va 9590 schyotlar ochilib, daromadlar tegishli tarzda hisobga olib
borilganligi tekshiriladi. Moliyaviy faoliyatdan ko’rilgan zararlarni tekshirishda
auditor moliyaviy faoliyat bo’yicha xarajatlarni hisobga oladigan 9610, 9620,
9630 va 9690 schyotlarning ma’lumotlarini ham tekshiradi.
Shuningdek, favqulodda olingan foydalar va ko’rilgan zararlar ham
tekshirilishi lozim. Bunda auditor 9710«Favqulodda olingan foyda» va
9720«Favqulodda ko’rilgan zarar» schyotlarining analitik hisobi va dastlabki
hujjatlar ma’lumotlarini tekshirishi zarur. «Mahsulotlar (ishlar, xizmatlar)
tannarxiga qo’shiladigan, mahsulot ishlab chiqarish (ish bajarish, xizmat
ko’rsatish) xarajatlarining tarkibi va moliyaviy natijalarni shakllantirish tartibi
to’g’risidagi Nizom»ning sharhlarida ko’rsatilishicha, xorijiy davlatlar
amaliyotida favqulodda zararlarga quyidagilar kiradi: tabiiy ofatdan ko’rilgan
katta yo’qotishlar; urush va boshqa siyosiy notinchliklar natijasida ko’rilgan
yo’qotishlar; mamlakatda qonunchiligining o’zgarishi natijasida ko’rilgan
yo’qotishlar,
masalan,
xususiy
mulkni
davlat
mulkiga
aylantirish
(natsionalizatsiya) haqida qaror qabul qilish, ayrim faoliyat turlarini ta’qiqlash va
boshqalar. Bunda auditor quyidagilarni tekshirishi lozim: favqulodda yo’qotishlar
meteorologik, seysmik va boshqa tegishli xizmatlarning sodir bo’lgan tabiiy
386
ofatlar to’g’risidagi ma’lumotlari bilan tasdiqlanishi; korxona mulklari
favqulodda hodisalardan sug’urta qilinganligi va boshqalar.
Auditor moliyaviy natijalarni tekshirishda quyidagilarni ham aniqlashi lozim:
byudjetga soliqlarning o’z vaqtida va to’liq to’lanishi; shubhali qarzlar bo’yicha
zahiralar yaratilishining to’g’riligi; foydaning korxona ishtirokchilari o’rtasida o’z
vaqtida va to’g’ri taqsimlanishi; aktsiyadorlarga dividendlar to’lashning
to’g’riligi.
Agar hisobot yilining oxiriga kelib debitor qarzlarning inventarizatsiya
materiallarini tahlil qilish natijasida shubhali debitor qarzlar aniqlansa, unda
korxona shu miqdorda shubhali qarzlar bo’yicha zahira yaratishi mumkin. Bunda
qarzdorning moliyaviy holati, to’lov kobiliyati va qarzni to’liq yoki qisman
summada qoplay olish ehtimoliga qarab zahira hajmi har bir shubhali qarz
bo’yicha alohida aniqlanadi. Yaratilayotgan zahiralar summasi 9430«Boshqa
operatsion xarajatlar» schyoti(joriy yilning yakuniy hisob-kitobi bo’yicha) yoki
8710-«Hisobot yilining taqsimlanmagan foydasi» schyoti (oldingi yildagi foyda
hisobidan) debeti va 4910 «Shubhali qarzlar bo’yicha zahiralar» schyoti kreditida
aks ettiriladi.
Ushbu masalani ko’rib chiqishda auditor quyidagilarni tekshirishi lozim:
shubhali qarzlar bo’yicha zahira yaratish uchun zarur hujjatlarning mavjudligi
(korxona
debitor
qarzlarining
inventarizatsiya
ro’yxati,
solishtirish
dalolatnomalari, to’lovga layoqatsizlik haqida ma’lumotnoma va b); shubhali deb
tan olingan qarzlarni hisobdan o’chirishning to’g’riligi; ishlatilmagan shubhali
qarzlar bo’yicha zahira summalarining tegishli yil foydasiga qo’shilishi.
Ayrim tarmoqlarning korxonalari O’zbekiston Respublikasi Moliya Vazirligi
ruxsati bilan ta’mirlash ishlari o’tkazish uchun mablag’lar zahirasi yaratadilar.
Agar ta’mirlanadigan asosiy vositalar ishlab chiqarish uchun tayinlangan va shu
jarayonda ishlatiladigan bo’lsa, bu zahiraga qilinadigan ajratmalar mahsulot
ishlab chiqarish (ish bajarish, xizmat ko’rsatish) xarajatlari tarkibiga «boshqa
xarajatlar» elementi bo’yicha qo’shiladi. Zahira hajmi ta’mirlash ishlari uchun
kutilayotgan xarajatlar qiymatidan kelib chiqqan holda aniqlanadi.
387
Auditor ta’mirlash ishlari uchun zahiralarning to’g’ri tashkil etilishi va
ishlatilishini tekshirishi zarur. Bunda quyidagilar tekshiriladi: Zahira yaratish
uchun Moliya Vazirligining ruxsati borligi; ta’mirlash o’tkazish uchun smeta va
titul ro’yxati; zahiralardan foydalanishni hisobda aks ettirishning to’g’riligi;
to’laligi va o’z vaqtidaligi; foydalanilmagan zahira qoldig’i qolganda
«storono»qilish yo’li bilan zahiralarni yopish; debet 2010, 2310, 2510 kredit
8910«Kelgusi davr xarajatlari va to’lovlar zahirasi» («Asosiy vositlarni
ta’mirlashga doir kelgusidagi xarajatlar zahirasi» analitik schyoti).
Dostları ilə paylaş: |