Toshkent moliya instituti sh. N. Fayziev, R. D. Dusmuratov, A. A. Karimov, I. N. Kuziev, A. Z. Avlokulov


 Dastlabki hujjatlarni tekshirish



Yüklə 2,15 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə119/155
tarix07.10.2023
ölçüsü2,15 Mb.
#152835
1   ...   115   116   117   118   119   120   121   122   ...   155
audit (3)

3. Dastlabki hujjatlarni tekshirish
Ta’sischilar ulushlarining ustav kapitaliga qo’shilganligini tasdiqlovchi 
hujjatlarga dalolatnomalar, nakladnoylar, bank ko’chirmalari, to’lov-
topshiriqnomalari nusxalari, kassa kirim orderlarining kvitantsiyalari va boshqa 
dastlabki hujjatlar misol bo’la oladi. Ustav kapitaliga ulush sifatida qo’shiladigan 
mulklarga egalik qilish huquqini tasdiqlovchi hujjatlarga ko’chmas mulk, er 
uchastkalari, transport vositalari, intellektual mulk va shunga o’xshashlarga 
egalik qilish huquqini tasdiqlovchi guvohnomalar kiradi.
Tashkiliy hujjatlar: 
-
davlat ro’yxatiga olinganligi to’g’risida guvohnoma; 


375 
-
buyruqlar va farmoyishlar; 
-
aktsiyadorlar va ta’sischilar bilan yozishmalar; 
-
aktsiyalarga obuna bo’lish natijalari to’g’risidagi, savdo natijalari 
to’g’risidagi, ta’sischilar yoki aktsiyadorlar majlisining bayonnomalari; 
-
soliq inspektsiyada hisobga olinganligi to’g’risida ma’lumotnoma, davlat 
statistika organlari, tegishli sug’urta tashkilotlari va boshqa byudjetdan 
tashqari tashkilotlarda ro’yxatga olinganligi to’g’risida guvohnoma; 
-
amaldagi qonunchilikka muvofiq litsenziyalanishi lozim bo’lgan faoliyat 
turlari uchun berilgan litsenziyalar; 
-
yuritilayotgan hisob shaklidan qat’iy nazar ochiq turdagi aktsiyadorlik 
jamiyatlari aktsiyadorlar reestrini ham tekshiruvga taqdim qiladi.
Ustav kapitaliga ta’sischilar tomonidan ulushlarni qo’shish muddatlariga 
rioya qilinishini va to’liqligini tekshirishda quyidagilarga e’tibor berilishi lozim: 
-
ustav kapitalining to’liq shakllanganligi; 
-
ta’sischilar haqiqatda qo’shgan ulushlarining ta’sis hujjatlarida belgilangan 
shartlarga mosligi; 
-
ta’sischilar tomonidan ustav kapitaliga ulushlarni qo’shishda qonunchilik va 
ta’sis hujjatlarida belgilangan muddatlarga rioya qilinishi.
Ustav kapitalining shakllanishini tekshirish chog’ida tekshirilayotgan 
korxonaning tashkiliy-huquqiy shaklini ham e’tiborga olish zarur. Chunonchi, 
aktsiyadorlik jamiyatlarida ustav kapitali aktsiyadorlar tomonidan sotib 
olinadigan, jamiyat aktsiyalarining nominal qiymatidan, ma’suliyati cheklangan 
jamiyatlarda esa uning ishtirokchilari tomonidan qo’shiladigan ulushlar 
qiymatidan tashkil topadi. Davlat korxonalarida esa davlat mulki hisoblangan 
ustav fondi shakllantiriladi.
Auditor tekshiruv chog’ida barcha ta’sischilar qonunchilikka muvofiq o’z 
ulushlarini ustav kapitaliga o’z vaqtida va to’g’ri hamda to’liq qo’shganliklarini 
aniqlashi kerak.


376 
Masalan, mas’uliyati cheklangan jamiyat (MChJ) ustav kapitaliga jamiyatni 
ro’yxatga olish paytida har bir ishtirokchi kamida 30 % ulushini qo’shgan bo’lishi 
kerak.
Korxona ustav kapitaliga ta’sischilar tomonidan ulushlar qo’shilmagan yoki 
to’liq qo’shilmagan holatlarning aniqlanishi, tegishli boshqaruv organlari uchun 
korxona ta’sis etilmagan va tugatilishi kerak deb topilishiga asos bo’ladi.
Ta’kidlash joizki, ta’sischilar tomonidan ustav kapitaliga ulush sifatida 
qo’shiladigan mablag’lar O’zbekiston Respublikasida amaldagi qonunchilikka 
muvofiq QQS ga tortilmaydi. Shuningdek, korxonalarni tugatish yoki qayta 
tashkil etish chog’ida pay (ulush) ko’rinishida natura yoki pul shaklida olingan 
mablag’lar ham, ularning ustav fondidan hamda yuridik shaxslar pay (ulushi)dan 
oshib ketmagan miqdorda, QQS ga tortilmaydi.
Ustav kapitaliga ulushlar pul, qimmatli qog’ozlar, boshqa buyumlar yoki 
mulkiy huquqlar hamda pulda baholanadigan boshqa huquqlar shaklida 
qo’shilishi mumkin. Shu boisdan auditor ta’sischilar ulushlarini pulda 
baholashning to’g’riligini tekshirishi muhimdir. Xo’jalik jamiyati ta’sischisining 
ulushini pulda baholash jamiyat ta’sischilar o’rtasidagi kelishuvga muvofiq 
amalga oshiriladi. Qonunda ko’zda tutilgan ayrim hollarda esa mustaqil ekspert 
tomonidan baholanishi kerak.

Yüklə 2,15 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   115   116   117   118   119   120   121   122   ...   155




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin