Toshkent moliya instituti sirtqi fakultet



Yüklə 179,11 Kb.
səhifə1/9
tarix21.09.2023
ölçüsü179,11 Kb.
#146392
  1   2   3   4   5   6   7   8   9
Auditorlik nazoratini amalga oshirish mexanizmi


O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY TA’LIM, FAN VA INNOVATSIYALAR VAZIRLIGI


TOSHKENT MOLIYA INSTITUTI
SIRTQI FAKULTET
MOLIYA” KAFEDRASI

MOLIYA” FANIDAN



KURS ISHI



MAVZU: Auditorlik nazoratini amalga oshirish mexanizmi

Bajardi: ________ guruh talabaasi _________________________________
Ilmiy rahbar: _______________________



Ro‘yxatga olindi №___________
___”____________2023 y. ________
(imzo)



Bahosi: _________
Komissiya a’zolari:
___________________ _________
___________________ _________
___________________ _________




Himoyaga tavsiya etildi (etilmadi)
___” ____________ 2023 y.


Ilmiy rahbar imzosi: ____________



TOSHKENT-2023



MAVZU:AUDITORLIK NAZORATINI AMALGA OSHIRISH MEXANIZMI
REJA:
KIRISH
1. Auditorlik tekshiruvini rejalashtirishning tamoyillari va bosqichlari
2. Auditni dastlabki rejalashtirishning mazmuni va uni amalga oshirish tartibi
3. Auditning umumiy rejasini tayyorlash xususiyatlari
4 Audit dasturini tuzish va undan foydalanish tartibi
Xulosa
Foydalanilgan adabiyotlar

Kirish
Iqtisodiyotni modernizatsiyalash sharoitida har bir faoliyatni rejalashtirishdan boshlanadi. Rejaning toʻgʻri tuzilishi uni samarali tashkil etilishi bilan izohlanadi. Shu singari, auditorlik tekshiruvlarini rejalashtirish jarayoni ham “Auditni rejalashtirish” deb nomlangan 3-sonli auditorlik faoliyatining milliy standarti asosida tartibga solinadi. Soʻnggi yillarda, iqtisodiyotni modernizatsiyalash natijasida biznesni muvafaqqiyatli rivojlantirishga yordam beradigan, xoʻjalik yurituvchi subyektlar moliyaviy hisobotlarining ishonchligi toʻgʻrisida xulosa beradigan hamda hisobotni yaxshilash maqsadida ularga maslahat, yoʻl-yoʻriq va boshqa turdagi amaliy yordam koʻrsatadigan professional xizmatning yangi shakli – auditorlik faoliyatiga ehtiyoj kuchaymoqda. Chunki, bunga bir necha sabablar bor. Birinchidan, ular xoʻjalik yurituvchi subyektlar faoliyatiga xolisona baho beradi. Ikkinchidan, ular moliyaviy hisobotining shaffofligini baholaydi, yuritilgan faoliyatning amaldagi qonunchilikka muvofiqligi toʻgʻrisida xulosa beradi. Demak, yuqoridagilardan kelib chiqqan holda audit tekshiruvlari kam vaqt talab qilishi va iqtisodiy tejamkor boʻlishida rejaning optimal tuzilishi talab etiladi. Buning uchun esa, auditni rejalashtirishning maqsadi, uning bosqichlarini toʻliq oʻrganish, undagi muammolarga xolisona baho berish, ularni bartaraf etish asosida rejalashtirish jarayonini takomillashtirish zarur. Bu borada uning huquqiy zaminini mustahkamlash talab etiladi. Bu borada, iqtisodiyotning barcha soha va tizimlaridagi xoʻjalik yurituvchi subyektlar faoliyatini auditorlik tekshiruvlaridan oʻtkazuvchi auditorlik takshilotlarida iqtisodiyni modernizatsiya qilish sharoitida asosiy yoʻnalishlarini belgilash lozimligi takitlab oʻtgan. Barchamizga maʼlumki, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tomonidan Oliy Majlis Palatalariga taqdim etgan murojaatida quyidagilarni taʼkidlab oʻtdi: “… Jahon tajribasi shuni koʻrsatadiki, qaysi davlat faol investitsiya siyosatini yuritgan boʻlsa, oʻz iqtisodiyotining barqaror oʻsishiga erishgan. Shu sababli ham investitsiya – bu iqtisodiyot drayveri, oʻzbekcha aytganda, iqtisodiyotning yuragi, desak, mubolagʻa boʻlmaydi. Investitsiya bilan birga turli soha va tarmoqlarga, 1hududlarga yangi texnologiyalar, ilgʻor tajribalar, yuksak malakali mutaxassislar kirib keladi, tadbirkorlik jadal rivojlanadi.…”.
Prezidentimizning ushbu nutqlaridan tadbirkorlikni keng rivojlantirish uchun investitsiyalarni jalb etish naqadar muhimligini koʻrish mumkin. Bunday sharoitda investorning ishonchini qozonish uchun xalqaro talablarga javob beradigan auditorlik xulosasi muhim ahamiyat kasb etadi. Xoʻjalik yurituvchi subyektlar egalari, investorlar va boshqalar muhim qarorlar qabul qilishi uchun xoʻjalik subyektining moliyaviy hisobotlarini oʻrganadi. Ular mahsulot ishlab chiqarish hajmini oshirish yoki kamaytirish, asosiy vositalarni ijaraga berish yoki ijaraga olish, xodimlarni ishdan boʻshatish yoki malakali xodimlarni ishga qabul qilish, mahsulot yoki xizmatlarni narxini oshirish yoki tushirish, asosiy vositalarni taʼmirlash, xodimlarga ragʻbatlantirish belgilash va ular kompaniyaga investitsiya kiritish kerakligini aniqlash uchun hisobotlardan foydalanadilar. Shu sababdan, moliyaviy hisobotda aktivlarning, majburiyatlarning, daromadlarning va xarajatlarning aniq ifodalanganligi juda muhimdir. Xoʻjalik yurituvchi subektlarda audit oʻtkazish jarayonida moliyaviy hisobotlarni tashkil etuvchi har bir boʻlimini oʻrganib chiqish, shu jumladan, korxonalarda davr xarajatlari hisobini toʻgʻri olib borganligini va moliyaviy natijalarni shakllantirish tartibiga amal qilinishiga etibor qaratish lozim.
Yuqoridagilarni hisobga olsak, shu sohada ilmiy tadqiqotlar olib borilishi kerakligini taqozo etadi. Bu esa mavzuning hozirgi paytda naqadar dolzarbligini koʻrsatadi.Ishlab chiqarish qurilishi uchun moʻljallanayotgan jami investitsiyalarning qariyb toʻrtdan uch qismini yangi ishlab chiqarish korxonalarini barpo etish, rekonstruksiya va modernizatsiya qilish uchun yoʻnaltirishga toʻgʻri kelmoqda” . Natijada, auditorlik amaliyotini samara va sifat jihatdan yangi bosqichga koʻtarilishiga asos solindi. Biroq, shuni ham taʼkidlash joizki, auditorlik ish sifati uni toʻgʻri rejalashtirishga ham bevosita bogʻliq. Bundan tashqari, Hukumatimiz tomonidan auditorlik tashkilotlari tomonidan koʻrsatiladigan xizmatlar soni va sifatini oshirishga ham keng urgʻu berilmoqda.
Olib borilgan tadqiqotlar natijasida, barcha korxonalar faoliyatida auditni toʻgʻri rejalashtirish, bunda tekshiriladigan obyektlar boʻyicha bajariladigan amallar va qoʻyiladigan vazifalar tavsifi, isbot va dalillar toʻplash yoʻllari, muhimlilik darajasi va audit riski koʻrsatkichlarini aniqlash usullari kabi masalalarda koʻpgina muammolar mavjudligiga guvoh boʻlamiz. Shuningdek, auditni puxta va samarali rejasi va dasturini tuzishda, uni audit jarayonida qoʻllashning amaldagi tartibi hozirgi kun talabidan kelib chiqqan holda takomillashmaganligi, uni ustida mijoz korxona va auditorlik tashkilotlari doimo ishlashi zarurligini taqozo qiladi. Bundan tashqari, aksariyat auditorlik kompaniyalar amaliyotida qoʻyilgan maqsaddan kelib chiqib, tuzilgan audit rejasi va dasturiga amal qilmaslik hollari uchrab turadi. Ayrimlarida, ushbu ishchi hujjatlarning umuman mavjud emasligini kuzatish mumkin.


Yüklə 179,11 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin