Toshkent moliya instituti sirtqi fakultet


Auditni dastlabki rejalashtirishning mazmuni va uni amalga oshirish tartibi



Yüklə 179,11 Kb.
səhifə5/9
tarix21.09.2023
ölçüsü179,11 Kb.
#146392
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Auditorlik nazoratini amalga oshirish mexanizmi

2. Auditni dastlabki rejalashtirishning mazmuni va uni amalga oshirish tartibi

Auditni samarali rejalashtirish uchun auditorlik tashkiloti xoʻjalik yurituvchi subyekt rahbariyati bilan auditni oʻtkazish bilan bogʻliq asosiy tashkiliy masalalarni kelishib olishi kerak.


Dastlabki rejalashtirish bosqichida auditor xoʻjalik yurituvchi subyektning moliya-xoʻjalik faoliyati bilan tanishishi va quyidagilar toʻgʻrisida axborotga ega boʻlishi shart:
- xoʻjalik yurituvchi subyektning xoʻjalik faoliyatiga taʼsir koʻrsatadigan, umuman, mamlakat yoki mintaqadagi iqtisodiy vaziyatni va uning tarmoq xususiyatlarini aks ettiradigan tashqi omillar haqidagi;
- xoʻjalik yurituvchi subyektning xoʻjalik faoliyatiga taʼsir koʻrsatadigan, uning individual xususiyatlari bilan bogʻlangan ichki omillar haqidagi;
Bundan tashqari, auditor tekshiruvni dastlabki rejalashtirishda quyidagilar bilan ham tanishib chiqishi zarur.
Auditorlik rejalashtirishning asosiy jihatlariga quyidagilar kiradi:
- xoʻjalik yurituvchi subyektning tashkiliy-boshqaruv tuzilishi;
- ishlab chiqarish faoliyati turlari va ishlab chiqarilayotgan mahsulot nomenklaturasi;
- kapital tarkibi va aksiyalar kursi (xoʻjalik yurituvchi subyekt aksiyalari kotirovkalanishi kerak boʻlgan holda);
- mahsulot ishlab chiqarishning cheklanishi xususiyatlari;
- rentabellik darajasi;
- xoʻjalik yurituvchi subyektning asosiy xaridorlari va taʼminotchilari;
- tashkilot tasarrufida qoladigan foydani taqsimlash tartibi;
- shuʼba va tobe tashkilotlar mavjudligi;
- xoʻjalik yurituvchi subyekt tomonidan tashkil etilgan ichki nazorat tizimi;
- xodimlar mehnatiga haq toʻlashni shakllantirish qoidalari.




5-rasm. Auditorlik rejalashtirishning asosiy jihatlari7
Auditor uchun quyidagilar xoʻjalik yurituvchi subyekt toʻgʻrisida axborot olish uchun manba hisoblanadi:
- xoʻjalik yurituvchi subyekt ustavi;
- xoʻjalik yurituvchi subyektni roʻyxatga olish toʻgʻrisidagi hujjatlar;
- kuzatuv va (yoki) ijroiya organlari aksiyadorlar yigʻilishlarining yoxud xoʻjalik yurituvchi subyektning boshqa shu singari boshqaruv organlari majlislari bayonnomalari.
- xoʻjalik yurituvchi subyektning hisob siyosatini va unga oʻzgartirishlar kiritishni tartibga soluvchi hujjatlar;
- buxgalteriya hisobotlari;
- statistika hisobotlari;
- xoʻjalik yurituvchi subyekt faoliyatini rejalashtirish hujjatlari (rejalar, smetalar, loyihalar);
- xoʻjalik yurituvchi subyektning kontraktlari, shartnomalari, bitimlari;
- auditor maslahatchilarining ichki hisobotlari;
- ichki firma yoʻriqnomalari;
- soliq tekshiruvlari materiallari;
- sud daʼvolari materiallari;
- xoʻjalik yurituvchi subyektning ishlab chiqarish va tashkiliy tuzilishlarini tartibga soladigan hujjatlar, uning filiallari va shuʼba jamiyatlari roʻyxati;
- xoʻjalik yurituvchi subyekt rahbariyati va ijrochi xodimlari bilan suhbatlardan olingan maʼlumotlar;
- xoʻjalik yurituvchi subyektni, uning asosiy uchastkalari, omborlarini koʻzdan kechirishda olingan axborot.
Dastlabki rejalashtirish bosqichida auditorlik tashkiloti auditni oʻtkazish imkoniyatini baholaydi. Agar auditorlik tashkiloti auditni
oʻtkazishni mumkin deb hisoblasa, u auditni oʻtkazish uchun shtatni shakllantirishga oʻtadi.
Audit umumiy rejasini tayyorlash paytida auditorlik tashkiloti moliyaviy hisobotni ishonchli deb hisoblash imkonini beradigan muhimlik va auditorlik xatarining uning uchun maqbul darajasini belgilashi kerak
Auditning umumiy rejasini tuzarkan, auditorlik tashkiloti hisob axborotiga ishlov berish darajasini inobatga olishi kerak, bu ham auditorlik tashkilotiga auditorlik rusum-qoidalarining hajmi va tusini aniqroq belgilash imkonini beradi.



Yüklə 179,11 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin