Toshkent moliya instituti sirtqi fakulteti


Islom Karimovning O`zbеkiston Rеspublikasi birinchi Prеzidеnti etib saylanishi. Mustaqillik Dеklaratsiyasining qabul qilinishi va uning ahamiyati



Yüklə 265,17 Kb.
səhifə6/8
tarix10.09.2023
ölçüsü265,17 Kb.
#142590
1   2   3   4   5   6   7   8
TARIX 2-amaliy

Islom Karimovning O`zbеkiston Rеspublikasi birinchi Prеzidеnti etib saylanishi. Mustaqillik Dеklaratsiyasining qabul qilinishi va uning ahamiyati.
Mustaqillik Deklaratsiyasi O’zbekiston SSR Oliy Sovetining ikkinchi sessiyasi 1990-yil 20-iyun kuni «Mustaqillik Deklaratsiyasi»ni qabul qildi. Deklaratsiyada har bir millatning o’z taqdirini o’zi belgilash huquqidan kelib chiqqan holda, xalqaro huquq qoidalariga, umumbashariy qadriyatlariga va demokratiya tamoyillariga asoslanib O’zbekiston SSRning davlat suvereniteti e’lon qilindi. Mustaqillik Deklaratsiyasi 12 moddadan iborat bo’lib, quyidagilar bayon etilgan:
O’zbekiston SSR davlat suvereniteti
O’zbekiston SSR demokratik davlatining o’z hududida barcha tarkibiy qismlarda va barcha tashqi munosabatlarda tanho hokimligidir.
O’zbekiston SSR davlat hududi chegarasi daxlsiz va bu hudud xalqning muhokamasiga qo’yilmay turib o’zgartirilishi mumkin emas. SSSR Oliy Soveti qabul qiladigan qarorlar O’zbekiston SSR Konstitutsiyasiga muvofiq O’zbekiston SSR Oliy Soveti tomonidan tasdiqlangandan keyingina O’zbekiston hududida kuchga ega bo’ladi.
O’zbekiston SSR davlat hokimiyati vakolatiga O’zbekiston SSR ichki va tashqi siyosatiga tegishli barcha masalalar kiradi va hokazo.
O’zbekiston mustaqilligi to’g’risidagi Deklaratsiya muhim tarixiy hujjat bo’lib, mamlakatimizning o’z davlat mustaqilligini qo’lga kiritish yo’lida yana bir yangi qadam bo’ldi.
1991 yil avgust voqеalari, markaziy davlatchilik tangligi va SSSRning tanazzulga yuz tutishi. Sobiq SSSR ga kiruvchi respublikalar rasman teng va suveren deb yuritilsada, amalda qaram edi. Ular o’z erlari, suvlari, o’rmonlari va er osti boyliklariga, ko’pdan-ko’p korxonalariga o’zlari egalik qilolmas edilar. 80-yillarning oxirlari 90-yillarning boshlarida ko’pchilik respublikalar mavjud vaziyatni o’zgartirish talablarini ilgari sura boshladilar. O’zbekiston Respublikasining rahbari I.A.Karimov 1989-yil 20-sentyabrda Maskvada bo’lib o’tgan KPSS MQ ning Plenumida so’zlagan nutqida respublikalar bilan SSSR o’rtasidagi vakolatlarni aniq-ravshan ajratib qo’yishni ko’zda tutadigan yangi federativ shartnoma ishlab chiqish zarurligi to’g’risida o’z fikrini bildirib: «Biz Ittifoq va respublikalarning vazifalarini, burchlarini va o’zaro majburiyatlarini aniq-ravshan belgilab qo’yish, respublikalar mustaqilligini har jihatdan mustahkamlash tarafdorimiz»,- degan edi.
Biroq Markaziy hokimiyat respublikalarga erkinlik berish haqidagi talabtakliflarni e’tiborga olmadi, to’g’rirog’i ularga erkinlik berishni xohlamas edi. Markazning qaysarligi hamda respublikalar jamoatchiligining ta’siri ostida markazdan ajralish harakati kuchayib bordi. 1990-yil bahorida Boltiqbo’yidagi Latviya, Litva, Estoniya respublikalari, keyinroq Gruziya va Ozarbayjon SSSR tarkibidan chiqqanligini e’lon qildilar. Markazda va joylarda SSSR konstitutsiyasi va qonunlari ustunmi yoki respublika Konstitutsiyasi va qonunlari ustunmi, degan masalada bahs, munozaralar kuchaydi. Markazdagilar «Kuchli markaz-kuchli respublikalar» desa, joylardagilar «Kuchli respublikalar-kuchli markaz» der edilar.
Markaziy hokimiyat jamoatchilikning talabi ostida Ittifoq shartnomasini yangilash zarurligini e’tirof etishga majbur bo’ldi. SSSR Oliy Soveti mazkur masala bilan shug’ullanuvchi maxsus delegatsiya tuzdi va uning tarkibini tasdiqladi. 1990-yil iyulda Moskvada Markaz vakillari bilan respublikalar delegatsiyalari yangi shartnoma matnini tayyorlashga kirishdi. 1990-yil avgust oyida Ittifoqni yangilash dasturi ishlab chiqildi. Dasturda respublikalar o’z hududlaridagi butun milliy boyliklarga egalik qilish, foydalanish huquqiga ega ekanligi ta’kidlangan edi. Ammo shartnomaga bunday yondashuv Markazdagilarga yoqmadi. SSSR Oliy Soveti mazkur dasturni qabul qilmadi. SSSR Oliy Soveti respublikalarning istak va manfaatlarini batamom inkor etgan yangicha shartnoma loyihasini tuzib respublikalarga tarqatdi. Respublikalar, shu jumladan, O’zbekiston Markaz loyihasini qabul qilmadi. 1991-yil fevral-mart oylarida Ittifoq shartnomasi loyihasi ustida qayta ish olib borildi. Unda Boltiq bo’yi respublikalari, Gruziya, Armaniston, Moldova vakillari qatnashmadi, Ozarbayjon kuzatuvchi bo’lib qatnashdi. Ittifoq bilan respublikalar vakolatlarini farqlab qo’yishga harakat qilindi. Nihoyat, Ittifoq va respublikalar vakolatlari belgilab berilgan Ittifoq shartnomasini yangilash talabi 300 shartnoma loyihasi matbuotda e’lon qilindi. Respublikalarda mazkur loyiha muhokama qilindi. O’zbekiston rahbariyati respublikalarga to’la mustaqillik berishni ko’zlamaydigan shartnoma loyihasini rad etdi. O’zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimov O’zbekiston Kompartiyasi Markaziy Qo’mitasining 1991-yil 12-martda bo’lgan IV plenumida so’zlagan nutqida: «Ittifoq shartnomasini imzolash uchun eng qulay payt qo’ldan boy berib qo’yildi. Ikki yil muqaddam bu masalani ko’targan kishilarning ovoziga hech kim quloq solmadi. Markaz 1922-yildagi shartnomaga mahkam yopishib olib, oqilona takliflarni qabul etmadi, ishni paysalga soldi»,-degan edi. Bu fikrning to’g’riligini hayot to’la isbotladi. Butunittifoq referendumi SSSR Oliy Soveti Ittifoq shartnomasini o’zgartirish, SSSRni teng huquqli suveren respublikalar Federatsiyasi sifatida yangilash xususida xalqning fikrini bilish maqsadida 1991-yil 17-mart kuni Butunittifoq referendumini o’tkazishga qaror qildi. 1991-yil 20-fevralda O’zbekiston Oliy Kengashning Rayosati referendum o’tkazishni maqulladi va SSSR Oliy Soveti tomonidan tayyorlangan byulleten bilan birga yana bitta qo’shimcha byulletenni ovozga qo’yishga qaror qildi. Qo’shimcha byulletenga «Siz O’zbekistonning mustaqil, teng huquqli respublika sifatida yangilangan Ittifoq (Federatsiya) tarkibida qolishiga rozimisiz?» degan savol qo’yildi. Ovoz berishda qatnashgan saylovchilarning 93 foizi bu savolga «Ha» deb javob berdilar. Demak, o’zbekistonliklar o’z mamlakatini mustaqil davlat sifatida federativ ittifoqda bo’lishini, O’zbekistonning suveren respublika sifatida rivojlanishini yoqlab ovoz bergan edilar. 1991-yil aprelda Kievda Ukraina, Rossiya, Belorus, O’zbekiston, Qozog’iston respublikalari rahbarlarining uchrashuvi bo’ldi. Uchrashuvda mustaqil respublikalar manfaatlariga mos keladigan Ittifoq shartnomasini tuzishga yondashish yo’llari ishlab chiqildi va tegishli bayonot imzolandi. Bu xujjatni Qirg’iziston, Tojikiston, Turkmaniston respublikalari ham imzolashga rozilik bildirdi. Markaz yon berishga majbur bo’ldi.
1991-yil aprelda Novo-Ogoryovoda SSSR Prezidenti M.S.Gorbachyovning 9 respublika rahbarlari bilan uchrashuvi bo’ldi. Ishtirokchilar tomonidan «Mamlakatdagi vaziyatni barqarorlashtirish va tanglikni bartaraf etishga doir kechiktirib bo’lmaydigan choralar to’g’risida» qo’shma Bayonot imzolandi. Bu hujjat «9Q1» (9 respublika Q Markaz) degan nomni oldi. Uning mazmuni markazning yon berganini, Kievda bildirilgan fikr-mulohazalarga rozi bo’lganini ko’rsatadi. 1991-yil 3-iyunda Novo-Ogoryovoda SSSR Oliy Soveti vakillari bilan Respublika rahbarlari o’rtasida uchrashuv bo’ldi. Uchrashchuvda Mustaqil davlatlar ittifoqi (MDI) tuzish masalasi muhokama qilindi. Mulk, til va yangi shartnomani tasdiqlash tartibi to’g’risida keskin munozara bo’ldi. Uchrashuvda ishtirokchilarning fikr-mulohazalari asosan inobatga olingan «Mustaqil davlatlar ittifoqi to’g’risida shartnoma» loyihasi Mustaqil davlatlar ittifoqini tuzishga intilish ishlab chiqildi. Loyiha barcha Respublikalar Oliy Sovetlariga muhokama uchun jo’natildi. Mazkur shartnoma loyihasi O’zbekiston Oliy Sovetida 1991-yil 14-iyunda muhokama qilindi. Kengash Federatsiya tamoyillari asosida Mustaqil Davlatlar Ittifoqini tuzish tarafdori ekanligini bildirdi. Shu bilan birga u Respublikalar vakolatlarini yanada kengaytirishga doir takliflarni ilgari surdi. 1991-yil iyul oyining oxirlarida Novo-Ogoryovoda yangi shartnoma loyihasini uzil-kesil tayorlash uchun Markaz vakillari va Respublika rahbarlarining uchrashuvi bo’ldi. Markazni ham, Respublikalar rahbarlarini ham qanoatlantiradigan «Mustaqil Davlatlar Ittifoqi to’g’risida shartnoma» loyihasi tayyorlandi. Ammo hamma rozi bo’lgani holda «Mustaqil Davlatlar Ittifoqi to’g’risidagi shartnoma»ni imzolash 1991-yil 20-avgust kuniga qoldirildi. SSSR Prezidenti M.S.Gorbachyov Foros (Qrim)ga dam olish uchun jo’nab ketdi.

Yüklə 265,17 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin