Toshkent moliya instituti soliq va sugurta fakulteti st-92 guruh talabasi mannopov pahlavonning yuridik shaxslarni soliqqa tortish fanidan tayyorlagan taqdimoti


-Soliq solishning tadbirkorlik va investitsiyalarni rag’batlantirish tamoyili



Yüklə 11,08 Kb.
səhifə3/3
tarix27.12.2023
ölçüsü11,08 Kb.
#199955
1   2   3
Yuridik shaxslar Mannopov p .

-Soliq solishning tadbirkorlik va investitsiyalarni rag’batlantirish tamoyili. Soliq tizimi xo’jalik yurituvchi sub’ektlarning ishlab chiqarishini rivojlantirish, uskunalar va zamonaviy texnologiyalar sotib olish uchun mablag’ yo’naltirish, yani kapital jamg’arish va shu yo’l bilan texnologiyalarni takomillashtirish, raqobatbardosh maxsulotlar ishlab chiqarishni rag’batlantirishi lozim. Soliq tizimi resurslarning samarali taqsimlanishiga to’sqinlik qilmasligi hamda xo’jalikni mustaqil yuritish omillarini cheklab qo’ymasligi lozim. Soliqlar miqdori haddan tashqari katta qilib belgilansa, ishlab chiqarish hajmlari kamayib ketadibu jarayon zahiralar, banklardagi pul mablag’larining barakasi uchishiga olib keladi.
Soliq solish bazasi va uning hajmlarini noto’g’ri belgilash xodimlarning malaka oshirishga, ratsionalizatorlik va ixtirochilik faoliyati bilan shug’ullanishga va boshqa sohalarga bo’lgan intilishiga salbiy ta’sir etadi. Soliq solishning iqtisodiy omillarga ta’siri ikki xil ko’rinishda bo’ladi, ya’ni qiyosiy oqibat va daromad oqibati shaklida ifodalanadi. Qiyosiy oqibat mehnat natijalari, jamg’arish, investitsiyalash, yangi g’oyalarni joriy etish va ishlab chiqarish faoliyatining boshqa xil ko’rinishlari bilan shug’ullanish uchun nisbatan kamroq darajada rag’batlantirishda namoyon bo’ladi. Ayniqsa, pro­gressiv (oshib boruvchi) soliq solishda bunday oqibatning rag’batlantirishga zid ta’siri yaqqol ifodalanadi.
Soliqlarning ta’siri investitsiyalar tarkibida ham yaqqol seziladi. Turli ko’rinishdagi aktivlar uchun joriy etilgan har xil soliq tartiblari investitsiya imkoniyatlari va sarmoyadorlarning portfeli tarkibida sezilib qoladi. Soliq tizimidagi kamchilik va nuqsonlar iqtisodiy o’sish sur’atlarining pasayib ketishiga olib kelishi mumkin, bu hol pirovard natijada davlat byudjeti daromadlarining o’zgarishiga ham ta’sir etmay qolmaydi.
Yüklə 11,08 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin