Toshkent moliya instituti



Yüklə 0,91 Mb.
səhifə1/2
tarix02.01.2022
ölçüsü0,91 Mb.
#35299
  1   2
esse








TOSHKENT MOLIYA INSTITUTI

2-ORALIQ NAZORAT TOPSHIRIG’I MUQOVASI

Talabalar, ushbu shaklning HAR BIR bo’limida sizlardan so’ralgan BARCHA ma’lumotlarni to’ldirishingiz talab etiladi. Iltimos muqovani to’ldirishda KATTA HARFLARDAN foydalaning.



Fakultet: IQTISODIYOT

O’quv yili: ____2020-2021_____________

Semester: ____3_____________

Familiya, ism, sharif:

BOYJIGITOV BOBURJON KOMILJON O’G’LI

Yo’nalish (misol uchun, MOLIYA):

MENEJMENT

Mavzu nomi: ESSE

Ma’ruzachi ism-familiyasi:

BOYJIGITOV BOBURJON

Talaba imzosi:


Men ushbu topshiriqni bajarishda barcha baholash qoidalarini o'qiganimni, tushunganimni va ularga rioya qilganimni tasdiqlayman.

Siz barcha yuborilgan topshiriq nusxalarini saqlashingiz shart!

Topshiriq berilgan sana:

16.11.2020

Topshiriq bajarilgan sana:

07.12.2020

Topshiriq qabul qilingan sana:



Topshiriqning bajarilishiga BAHOLOVCHI tommonidan berilgan FIKR-MULOHAZA:

Topshiriqni bajarilishiga qo’yilgan BAHO:



Tekshiruvchi IMZOSI va F.I.SH.:

Kafolat” sug’urta kompaniyasi

Asosiy qismga o’tishdan oldin moliyaviy muassasalar nima ekanligiga nazar solsak maqsadga muvofiq bo’lar edi. Demak, moliyaviy muassasalar -  bir mamlakat pul tizimining yoki xalqaro moliya bozorida faol ishtirokchilaridir. Boshqacha qilib aytadigan bo’lsak, moliyaviy muassasa - iqtisodiy agent (ko'pincha yuridik shaxs), litsenziya ostida moliya bozoridagi faoliyat va qimmatli qog'ozlar va shakllanishi bilan bog'liq boshqa bitimlar sotish, kredit berish xizmatlarini amalga oshiruvchi tashkilotdir. Moliyaviy muassasalarga banklar, kredit berish tashkilotlari, sug’urta kompaniyalari kiradi. Bu esseda sug’urta kompaniyasi haqida to’xtalib o’tmoqchiman. Aniqroq aytadigan bo’lsam “Kafolat” sug’urta kompaniyasi haqida.



Sug’urta kompaniyasi aslida o’zi nima? Sug’urta kompaniyalari - asosiy vazifasi yuridik va jimoniy shaxslarga alohida turdagi shartnomalarni sotib olish orqali risk darajasini kamaytirish imkoniyatini taqdim etuvchi moliyaviy vositachilar yoki muassasalardir. Bizning mamlakatimizda ham bir qator sug’urta kompaniyalari mavjud. Masalan, Gross Insurance, UzAgrosug’urta, O’zbekinvest kabilar bunga misol bo’la oladi.

“Kafolat” sug’urta kompaniyasi tarixi. «KAFOLAT sug'urta kompaniyasi» akцiyadorlik jamiyati 1997 yil 14 martda tashkil topgan bo'lib, o'z faoliyatini O'zbyekiston Ryespublikasi Pryezidyentining 2017 yil 9 oktyabrdagi «Kafolat sug'urta kompaniyasi» akцiyadorlik jamiyati faoliyatini takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida»gi PQ-3317-sonli qaroriga muvofiq amalga oshiradi. Kompaniyaning yirik akцiyadorlariga quyidagilar kiradi: O'zbyekiston Ryespublikasi Moliya vazirligi, Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki, Navoiy kon-myetallurgiya kombinati, Olmaliq kon-myetallurgiya kombinati, «O'zagrosug'urta» AJ, «Asaka» banki, «O'zbyekinvyest» eksport-import milliy sug'urta kompaniyasi, "Ishonch" MSK MChJ.



Kompaniya oʼz faoliyatini Oʼzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan berilgan litsenziyaga muvofiq amalga oshiradi hamda ushbu litsenziya orqali umumiy sugʼurta sohasida majburiy va ixtiyoriy shakllarda sugʼurtalashning 100 dan ortiq turlarini birlashtiruvchi barcha 17 ta klasslar boʼyicha sugʼurta xizmatlarini taqdim etadi.

Mamlakatda bozor iqtisodiyotining shakllanishi doirasida transformatsiya jarayonlariga muvofiq «KАFOLАT sugʼurta kompaniyasi» АJ tizimini isloh etishni taʼminlash maqsadida Kompaniya rivojlanishning asosiy yoʼnalishlarini ishlab chiqib, ushbu yoʼnalishlar anderrayting va investitsiya siyosatini belgilab berdi. Ushbu siyosatda aholi oʼrtasida sugʼurta faoliyatini rivojlantirishga alohida oʼrin ajratilgan.

2019 yilning 1 iyul holatiga kompaniyaning hududiy tarmogʼiga 220 boʼlinma kirib, u 15 ta filiallar, 60 ta boʼlimlar va 145 sugʼurta markazlarini oʼz ichiga oladi. Kompaniyaning 570 doimiy xodimlar, 2861 sugʼurta agentlari o’z faoliyatini respublikani barcha mintaqalarida amalga oshiradi.

Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 29 apreldagi PQ-4300-sonli «Respublika iqtisodiyotiga toʼgʼridan-toʼgʼri xorijiy investitsiyalarni jalb qilish mexanizmlarini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʼgʼrisida»gi Qaroriga asosan investorlarga, shu jumladan xorijiy investorlarga ustav kapitallaridagi davlat aktsiyalar (ulushlar) paketini sotishi belgilangan tashkilotlar roʼyxatida – «Kafolat sugʼurta kompaniyasi» АJ ham koʼrsatib oʼtilgan (25,0 foiz davlat ulushini sotish).

Kompaniya mijozlari haqida. «KAFOLAT sug`urta kompaniyasi» AJ oʼzaro manfaatli shartlar asosida bir qator vazirlik, idoralar hamda respublikamizning yirik korxona va tashkilotlar bilan chambarchas hamkorlik qilib kelmoqda.

Vazirlik va idoralar :

Xorijiy qoʼshma korxonalar

•«UZBАT А.O» АJ QK

•UCELL -«COSCOM»

•«Osborn Textile» MChJ QK

•«INDORAMA KOKAND TEXTILE» MChJ QK

•«Binket Group» MChJ QK va boshqalar.

Bundan tashqari, bir qator jismoniy shaxslar bilan ham shartnoma imzolangan.



Xususiy mijozlar uchun interaktiv xizmatlar:

1. Baxtsiz xodisalardan sugʼurtalash

2. Baxtsiz xodisalardan oilaviy sugʼurtalash

3. Farzandlarni baxtsiz xodisalardan sugʼurtalash

4. Yer usti transport vositalarini sugʼurtalash

5. +Mol-mulkni yongʼin va tabiiy ofatlardan sugʼurtalash

6. Mol-mulkni zarardan sugʼurtalash

7. Transport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligini sugʼurtalash

8. Kreditlarni sugʼurtalash

9. Sportchilarni baxtsiz hodisalardan sugʼurtalash

10. Sport va madaniy-koʼrgazma komplekslariga tashrif buyuruvchilarni baxtsiz hodisalardan sugʼurtalash

11. Mexmonxonada yashovchi shaxslarni baxtsiz hodisalardan va ularning mol-mulkini yongʼindan, tabiiy ofatlardan va zarardan sugʼurtalash.

Korporativ mijozlar uchun interaktiv xizmatlar

1. Oilaviy baxtsiz hodisalardan sugʼurtalash

2. Kasallikdan sugʼurtalash

3. Yer usti transport vositalarini sugʼurtalash

4. Yoʼldagi mulkni sugʼurtalash

5. Mol-mulkni yongʼin va tabiiy ofatlardan sugʼurtalash

6. Ishlab chiqarishda baxtsiz hodisalardan kollektiv sugʼurta qilish

7. Lizingga olingan mulkni sugʼurtalash

8. Lizingga olingan transportni sugʼurtalash.
Endi so’nggi uch yilda (2017-2019) kompaniyaning statistikasida qanchalar o’zgarish borligini analiz qilib ko’ramiz va keyingi 3 yilda (2020-2022) qanchalik o’sishi yoki kamayishini prognoz qilib ko’ramiz.




Yüklə 0,91 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin