9-rasm. 2010-2011 yillar davomida O'zbekistn Respublikasida plastik kartochkalar orqali
amalga oshirilgan to’lovlar hajmi
16
16
Ma’lumot
www.cbu.uz
saytidan olingan
0
2
4
6
8
10
2010 yil
2011 yil
5,75
9,2
2010-2011 yillar davomida O'zbekistn Respublikasida
plastik kartochkalar orqali amalga oshirilgan to’lovlar
hajmi
27
Bank plastik kartochkalarini muomalaga chiqarish hajmlarini oshirish va
ulardan samarali foydalangan holda naqd pulsiz hisob-kitoblar tizimi yanada
kengaytiriladi.Tijorat banklarining investistion faolligi va ular tomonidan ishlab
chiqarishni texnik va texnologik qayta jihozlash, modernizastiyalash bo’yicha
loyihalarni kreditlash hajmlari oshiriladi. Riteyl xizmatlar orkali axolini kreditlash
yunalishi bank uchun yangi faoliyat turidir. Kup banklarda riteyl rivojlanishining
kadamlaridan biri sifatida muddatli depozitlarni garovga kuyib kredit olish
xizmatini kursatish mumkin.
Ommaviy kredit maxsulotini yaratish maksadida banklar maxsus karzdorga
karatilgan kreditlar berishni boshladilar. Bu eng avvalo, uz avtomobiliga ega
bulmokchi bulganlarni kreditlashdan boshlandi. Keyinchalik bu yunalish – mebel,
xujadik texnikalari yoki chetga turistik yullanma kabilar xisobidan yanada kegaydi.
Va nixoyat, sunggi paytlarda mijozdan xaridning anik maksadini suramasdan
beriladigan kreditlar paydo buldi. Birok xozirda - bu kreditlar unchalik katta
bulmagan xajmlarda - karz oluvchining 3-6 oylik maoshiga teng mikdorda
berilmokda birok garovni rasmiylashtirishga xojat yuk. Bu riteyl kreditlashning
xakikiy mevasidir.
Hozirgi paytda O’zbekiston banklari bank xizmatining yangi turini, ya’ni
elektron texnikasidan foydalanishi asoslangan bank operastiyalarini mijoz uyida
ko’rsatishni joriy etmoqda. Elektron bank xizmatlari tizimidan o’z o’ylarida
foydalanuvchi mijozlar zarur uskunalarni oladilar, bank esa mijozlarni uy
terminallari uskunalari va zarur dasturiy ta’minotlarni olish bo’yicha maslahatlar
beradi. Bunday tizimlar bank mijoziga shaxsiy kompyuterlar, monitor ekranlari
yordamida bank kompyuterining telekommunikastion aloqa kanaliga bog’laydi.
Har bir operastiyaning boshlanashidan oldin hisob egasi tizimga noqonuniy kirib
qolishlarga qarshi himoya kodining «kaliti»dan foydalanishadi. Bu tizimdan
foydalanish joriy hisob raqamlarini, omonatlarni mijozning byudjet bilan o’zaro
hisob- kitoblarini, to’lov va jamg’arma hisoblarini boshqarish imkoniyatini
yaratadi.
28
Shaxsiy kompyuterni bank kompyuter tizimiga bog’lash qo’yidagi
operastiyalarni bajarish uchun imkoniyat yaratadi: joriy kun hisobi bo’yicha
balansni olish, qoida va yo’riqnomalarning detallari bilan tanishish; tegishli davr
mobaynida hisobdagi pul mablag’larining harakati to’g’risida hisobot olish; tovar
va xizmatlar uchun hisob-kitoblarni amalga oshirish; qimmatli qog’ozlar bilan
bog’liq va boshqa operastiyalarni amalga oshirish.
Yuqorida qayd etganimizdek, hozirgi paytda respublikamiz tijorat banklari
«Bank - mijoz» tizimi bo’yicha o’z mijozlariga uylariga va ishxonalariga bank
xizmatlarini ko’rsatishni taklif qilmoqda.
Mijozlar
-
tizimdan
foydalanuvchilar
bankdan
disket
va
parolni
oladilar
hamda
shundan
so’ng
to’lov
topshiriqnomasini
to’ldirishlari va elektron imzo chyokilgandan so’ng modem bo’yicha
bankka
yuborishlari
mumkin.
Bankda
hujjatlar
qabul
qilinadi, tekshiriladi va kamchiliklar topilmasa, mijozning hisobidan pul
mablag’lari avtomatik ravishda ko’chiriladi.
«Bank - mijoz» tizimi: to’lov hujjatlarini bankka o’zatish; mijozning
hisobidan ko’chirmalar olish; mijozlarning hisobiga pul mablag’larini kelib
tushishi bo’yicha to’lov hujjatlarini nusxasini olish; bank bilan elektron matnli
xabarlar orqali axborot almashinish; axborot tariqasidagi ma’lumotlarni olish.
"Bank
-
mijoz"
tizimi
ko’p
darajli
himoya
vositasiga
ega
va o’zatilayotgan ma’lumotlarni maxfiyligi va saqlanishini, xaqqoniyligini
ta’minlaydi.
Yuridik yoki jismoniy shaxs bo’lgan bank mijozi uchun bunday tizimdan
foydalanuvchilar
qatoriga
kirishdan
asosiy
moment
tizim
xizmatidan
foydalanganlik uchun xaq to’lashdir.
Elektron bank xizmatlarining bu turini asosiy ustun tomoni har qanday
ma’lumotli sutkaning har qanday vaqtida boshqa imkoniyatlardan foydalangan
holda olishdir.
Banklar uchun bu tizimning qanday samara keltirishini baholash juda qiyin:
bir tomondan, bu bino, inshootlarni, shtatlarni, qog’ozli hujjat oborotini va
29
boshqalarni qisqartirish, ikkinchi tomondan, mijozlarning foizlar keltirmaydigan
schyotiga tegishli pul mablag’larini daromad keltiradigan schyotlarga tez
ko’chirish natijasida turli yo’qotishlarni oldini olishdir. Bunday xizmatlarni
ko’rsatayotgan chet el banklari va boshqa moliya - kredit institutlari tomonidan
bo’layotgan raqobat ham jiddiy tahmini talab etadi.
Mijozlarning uylariga ko’rsatiladigan bank operastiyalarini takomillashtirish
va yanada rivojlantirish kommunikastiya tizimini modernizastiya qismini talab
etadi. Kelgusida mijozlarga o’z uylarida bank
xizmatlarini ko’rsatish-aholiga
ko’rsatiladgan xizmatlar shubhasiz, chakana bank xizmatlarining asosiy shakliga
aylanadi. Bu bank bo’limlari tomonidan ko’rsatilayotgan xizmatlar, kredit va
to’lov kartochkalari, bankomatlardan foydalanishga asoslangan xizmatlarni uyga
ko’rsatiladigan bank xizmatlari yagona tizimiga birlashtiradi. Hisob - kitoblarni
«bank mijoz» dasturiy majmuasi orqali amalga oshirish.
O’zbekiston Respublikasi Adliya Vazirligi tomonidan 1998 yil №497 raqam
bilan ro’yxatga olingan hamda O’zbekiston Respublikasi Markaziy banki
Boshqaruvi tomonidan 1998 yil 27 iyun №402 tasdiqlangan (bayonnoma №11/10)
«hisob-kitoblarni «Bank mijoz» dasturiy majmuasi orqli amalga oshirish
to’g’risida»gi nizom O’zbekiston respublikasining Fuqarolik kodeksi, «Bank va
banklar faoliyati to’g’risida»gi Qonun, «O’zbekiston Respublikasida naqd pulsiz
hisob-kitoblarni amalga oshirish to’g’risida»gi Nizom va O’zbekiston Respublikasi
banklari o’rtasida elektron to’lovlar tizimi bo’yicha hisob-kitoblar yuritish
to’g’risidagi nizom va Markaziy bankning boshqa me’yoriy hujjatlari asosida
ishlab chiqilgan «Bank mijoz» dasturiy majmuasi (dastur) bank va mijozning
avtomatlashtirilgan o’zaro aloqasi uchun belgilagan bo’lib, pul mablag’larining
operativ boshqarishning o’sishiga va quyidagilarga imkoniyatlar yaratadi:
Mijozning har kuni bankka qatnamasligi hisobiga o’z vaqtini va mablag’ini
tejashga;
Manzilning o’zoq yaqinligiga qaramasdan mijozning bankni o’zi ixtiyoriy
ravishda tanlashiga;
Bank mijozlari bo’lgan fuqarolarga ularning uyida, yuridik tashkilotlarga esa
30
ularning idoralarida avtomatlashtirilgan ish joyini tashkil qilgan holda bank
xizmatini ko’rsatishga;
Operastion va axborotlar sohasida mijozga ko’rsatiladigan xizmat doirasini
kengaytirishga;
Bank buxgalterlarining mehnat unumdorligini oshirishga;
Amallar (operastiyalar)ning yuqori tezlikda va sifatli ro’yxat qilinishini
ta’minlashga.
Bank mijoz dasturiy majmuasining ishlashi bank bilan mijoz o’rtasida
kommunikastion aloqa tarmog’i orqali faylda ma’lumotlar almashinuviga
asoslangan.
Mijozlar bilan ma’lumotlarni almashish uchun bankda mijozlar uchun
pochta qutisi tashkil qilinadi, unga parol va identifikator orqali kiriladi.
Mijozlarning so’rovlarini qayta ishlash, ma’lumotlarni qabul qilish o’zatish
avtomatlashgan holda amalga oshiriladi.
Bank mijoz dasturining asosiy vazifalari quyidagilar hisoblanadi:
Elektron pul hisob-kitob ho’jjatlarini tayyorlash;
So’rovnomalar va xabarnomalarni shakllantirish;
Elektron imzo va ma’lumotlarni raqamlash;
Bank bilan modem aloqasi;
Ma’lumotlarni qabul qilish va o’zatish;
Qabul qilingan ma’lumotlarni qayta ishlash;
Kerakli ma’lumot va hisobot shakllarini bosmadan chiqarish;
Ma’lumotlarni arxivlash.
Mijozlarning elektron pul hisob-kitob hujjatlarni bankning ma’lumotlar
bazasiga kiritish qo’yidagi sxema bo’yicha amalga oshiriladi:
Bank mijoz dasturi bankning shaxsiy mulki hisoblanadi. Bank mijozlari ushbu
dasturning asosiy foydalanuvchilari hisoblanib, ular munosabatlari tartibga
solinishi uchun shartnoma to’ziladi. Dasturiy majmuaga ulanishlari uchun
mijozlarda qo’yidagilar bo’lishi talab etiladi:
31
Shaxsiy kompyuter;
Modem;
Printer;
Mos dasturiy ta’minot (Windows 2000; Win NT4, NT Server, Windows,
XR, Millennium va hokazolardan biri).
Elektron pul hisob hujjatlarining to’g’ri shakllantirilishi, shifrlanishi va ularning
aloqa kanallari orqali bankka o’zatilishi bo’yicha javobgarlik mijoz zimmasiga
yuklatiladi. Bank mijozning hisobvarag’idan mablag’larni to’g’ri hisobdan
chiqarilganligi va o’tkazilganligi, hamda elektron to’lovlar tizimi bo’yicha
axborotni o’z vaqtida o’zatish uchun javobgardir.
«Bank mijoz» dasturiy majmuasining ish tartibiga tuxalib o’tsam. Aloqa
kanallari orqali mijoz bilan bank o’rtasidagi axborot almashinuvi shartnomada
kelishilgan vaqtda amalga oshiriladi. Yangi amaliyot kuni boshlanishdan oldin
mijoz o’tgan kun bo’yicha o’z depozit hisobvarag’idagi harakatlar (oborotlar) va
qoldiqlarni bank bilan taqqoslab (tekshirib) olishi shart. Agar harakatlar va
qoldiqlar mos kelsa, mijozga yangi amaliyot kunini boshlash va hujjatlarni kiritish
uchun ruxsat beriladi. Aks holda ular o’rtasidagi farq sabablari aniqlanadi va mijoz
axboroti bank axboroti bilan muvofiqlashtiriladi. Shaxsiy hisobvaraqlardagi
harakatlar va qoldiqlarning taqqoslash natijalaridan qat’iy nazar bank bilan mijoz
o’rtasidagi axborot surovnomalari va xabarlar almashinishi amalaga oshiriladi. Bu
tizim orqali hisob-kitob qilishda mijoz o’z hisobvarag’idan mablag’larni faqat
to’lov topshiriqnomasi shaklida amalga oshiradi. Bankda mijozlardan aloqa
kanalari orqali olingan elektron pul hisob - kitob hujjatlari, to’lovlar amalga
oshirilgandan keyin ikki nusxada bosmaga chiqariladi:
bir nusxasi umumiy tartibda bankning kunlik hujjatlar yig’masiga tikiladi;
boshqa nusxasi esa taqqoslash uchun pul hisob-kitob hujjatlarining asl
nusxalarini olguncha bankda qoldiriladi.
Mijoz aloqa kanallari orqali jo’natilgan pul hisob hujjatlarining asl
nusxalarini bankka shartnomada ko’rsatilgan muddatlarda etkazishi lozim, bunda
elektron hujjatlar asl nusxa bilan solishtirilib, buxgalter imzosi va unga
32
biriktirilgan bank shtampi bilan tasdiqlanadi va elektron hujjatlarning nusxalari
bilan birgalikda bankning kunlik hujjatlariga tikib qo’yiladi. Dasturdan
foydalanuvchi mijozlarning pul hujjatlarining asl nusxalarini yuritish uchun
bankda alohida hujjat aylanmalari (dokument oborot) yuritiladi. Mijozning ish
tartibi.Mijoz pul hujjatlarini 60– yo’riqnomaga asosan rasmiylashtiradi. Mijoz
ma’lumotlarini hisob-kitob hujjatining asl nusxasiga asoslangan holda amalga
oshiradi.
Kompyuterga kiritilgan hujjatlarning ro’yxati bosmadan chiqarilishi zarur.
Javobgar xodim (bosh buxgalter yoki ushbu majburiyat yuklangan boshka bir
shaxs) ushbu ro’yxatlarni pul hujjatlarining asl nusxalari bilan taqqoslashi,
ularning mosligini tasdiqlashi va bankka jo’natish uchun ruxsat berishi lozim.
Axborotlar elektron imzo bilan tasdiqlangandan keyin u kriptografik himoyaga
o’tadi va aloqa kanali orkali xizmat ko’rsatuvchi tijorat bankiga o’zatiladigan
elektron fayl shakllantiriladi. Kriptografik himoyadan o’tgan fayl, mijozni uni daxl
qilish imkoniyatidan mahrum qiladi.Tijorat bankida qabul qilingan axborotlar
dasturiy ravishda qayta ishlanadi. Va kelib tushgan hujjatlar, elektron pul hisob-
kitob hujjatlari, shaxsiy hisobvaraqlar ro’yxati shakllanadi.Mijoz qabul qilingan
ma’lumotni kompyuter ekranida ko’rishi va uni bosmaga chiqarishi mumkin.
Mijoz uni o’chirish yoki o’zgartirish imkoniga ega emas. Pul hisob-kitob hujjatlari
bo’yicha bankdan jo’natilgan va qabul kilingan barcha axborotlar axborotlar
dasturiy ravishda arxivlanadi hamda o’rnatilgan tartibda saqlanadi. Axborotlarni
saqlash muddati tugashi bilan dasturiy ravishda arxivdan o’chiriladi. Arxivga faqat
korxonaning javobgar yoki ruxsat berilgan xodimgina kirish mumkin.
Mijozlar bilan axborotlar almashinish uchun bankda har bitta mijozga
alohida pochta qutisi tashkil etiladi. Mijozlardan kelib tushgan barcha axborotlar
dasturiy ravishda deshifrastiya qilinib, rekvizitli nazoratdan o’tadi va bankning
ma’lumotlar bazasiga «Kiritilgan» maqomi ostida tushiriladi. Zarur hollarda
bankning javobgar xodimi o’z ish joyida qo’shimcha tekshirilishi lozim bo’lgan
elektron hujjatlarni bosmadan chiqaradi va bankning tegishli bo’limlari bilan
kelishadi. Pul hujjatlari o’rnatilgan tartibda tekshirilgach ular tasdiqlanadi va
33
bankning amaliyot kuniga qayta ishlash uchun yuboriladi, keyin esa elektron
to’lovlar tizimi bo’yicha oluvchiga jo’natiladi. Mijozning hisobvarag’ida
mablag’lar yo’q bo’lgan hollarda, pul ho’jjatlari bilan butun fayl qayta ishlashdan
chiqarib tashlanadi va mijozning pochta qutisiga qaytariladi. Agar shartnomada
yoki boshqa me’yoriy hujjatlarda boshqasi nazarda tutilmagan bo’lsa.
Elektron to’lovlar tizimi orqali kelib tushgan pul hujjatlari ijro etilgandan
so’ng mijozning pochta qutisiga joylashtiriladi. Kun davomida mijozlardan olingan
barcha ma’lumotlar arxivlanadi va o’rnatilgan tartibda saqlanadi. Bozor
iqtisodiyoti sharoitida tijorat banklarining mahsulot va xizmatlariga talab mavjud
ekan, ular ham faoliyat ko’rsatadi. Tijorat banklari rivojlanish strategiyasida asosiy
yo’nalish sifatida yangi bank mahsulotlari va xizmatlarini ishlab chiqish yoki
ularni
modernizastiya
qilishga
e’tiborlarini
qaratadilar..
Iqtisodiyotni
modernizastiyalash sharoitida moliya-bank tizimini isloh qilishni yanada
chuqurlashtirish va barqarorligini oshirish hamda bank tizimiga aholi va
korxonalarning
ishonchini
yanada
mustahkamlash
maqsadida
axborot-
kommunikastiya texnologiyalarini keng qo’llagan holda ko’rsatilayotgan bank
xizmatlarining turi va ko’lamini kengaytirish bo’yicha tizimli chora-tadbirlarni
amalga oshirish zarur. Binobarin, tijorat banklari yangi bank mahsulotlari va
xizmatlarini o’zlarining iqtisodiy o’sishini va raqobatbardoshligini, barqarorligini
ta’minlashda muhim vosita sifatida baholaydilar. Chunki banklar bozorda yangi
mahsulotlarni joriy etish va sifatini yaxshilamasdan samarali faoliyat ko’rsata
olmaydilar.
Hozirgi vaqtda jahonda tezkorlik bilan rivojlanib kelayotgan, muammoli va
istiqbolli yangi bank xizmati – internet-banking hisoblanadi. Internet-bankingning
rivojlanishi hozir etarli darajada istiqbollidir. Aksariyat ilg’or tijorat banklari,
xususan, Ipak yo’li bank (Ipak yo’li-Online), Samarqand bank (Samarqand-
Online), TIF Milliy bank (R-bank), Turon bank, O’zsanoatqurilishbank,
Hamkorbank, Asia Alliance bank, Hi-Tech bank (i-bank), Invest Finance bank va
boshqalar internet orqali mijozlar bilan hamkorlik qilmoqdalar. Mutaxassislarning
fikricha, kelajakda bank mijozlarining qariyb yarmi internetning global jahon
34
tarmog’idan banklar bilan hamkorlik qilish uchun foydalanadilar. Ta’kidlash
lozimki, mijozning talabi bo’yicha uning bank mutaxassisi bilan bevosita
muloqotisiz bank mahsulotlari va xizmatlarini berishni ham masofadan bank
xizmati ko’rsatish deb atash mumkin. Masofadan bank xizmati ko’rsatishni
ta’riflash uchun bir qator asosiy omillarni ajratib ko’rsatish mumkin, lekin, bizning
nazarimizda bankning mijoz talablariga darhol munosabat bildirishi eng muhim
omildir. Ushbu omil asosida xizmatlarni darajalab, banklar masofadan bank
xizmati ko’rsatish doirasida amalga oshiradigan hamma operastiyalarni ikkita
asosiy toifaga: oflayn (off-line) rejimida va onlayn (on-line) rejimida o’tadigan
operastiyalarga ajratish mumkin
Dostları ilə paylaş: |