Toshkent moliya instituti


Bank  xizmatlari  deganda



Yüklə 1,42 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə12/48
tarix02.01.2022
ölçüsü1,42 Mb.
#40403
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   48
ozbekiston respublikasi tijorat banklari zamonaviy xizmatlarini shakillantirish va rivojlantirish masalalari mavzusini oqitishda tadqiqiot metodini qollash

 

Bank  xizmatlari  deganda  tijorat  banklarining  tezkor  va  strategik  faoliyati 

hamda  samarali  boshqarish  bilan  bevosita  bog’liq  bo’lgan  harakatlar  majmuasi 

tushuniladi. 

Bankning  zamonaviy  xizmatlari  zamon  sharoitidan  kelib  chiqgan  holda 

bevosita  internet  va  mobil  aloqa  orqali  o’rnatilgan  Qonun  va  ishlab  chiqilgan 

maxsus yuriqnomalar doirasida o’z mijozlariga xizmat ko’rrsatishdir. Bunga misol 

tariqasida mamlakatimizda rivojlanayotgan “Internet-banking” va “SMS-banking” 

keltirishim mumkin.

 

     Bizga  ma’lumki,  iqtisodiyotda  hisob-kitoblar  mexanizmining  yaxshi  yo’lga 



qo’yilishi  va  uning  aniq  faoliyat  yuritishi  -  barcha  rivojlangan  davlatlar 

taraqqiyotining  asosiy  poydevori  hisoblanadi.  Har  qanday  davlatning  iqtisodiy 

qudratini  yuqori  samaraga  ega  bo’lgan  pul  tizimi  va  zamonaviy  to’lov 

mexanizmlarisiz  tasavvur  etib  bo’lmaydi.  Shu  bilan  birga,  davlat  har  qanday 

to’lovlarning  banklar  orqali  amalga  oshirilishi,  ya’ni  naqd  pulsiz  hisob-kitoblar 

tizimini  kengaytirib  borishdan  doimiy  manfaatdor  hisoblanadi.  Jumladan, 

«O’zbekiston  Respublikasi  Markaziy  banki  to’g’risida»gi  Qonuniga  muvofiq 

respublikamizda  hisob-kitoblarning  samarali  tizimini  tashkil  qilish  Markaziy 

bankning asosiy vazifalaridan biri etib belgilangan. Bu borada zamonaviy axborot -

 kommunikatsiya  texnologiyalarini  keng  ko’lamda  tadbiq  etish  muhim  ahamiyat 

kasb etadi.  

Bozor munosabatlarining sub’ektlari o’rtasida hisob-kitoblar mexanizmini 

tashkil  etish,  to’lovlar  uzluksizligi  va  bir  maromda  o’tishini  ta’minlash  bozor 

iqtisodiyoti faoliyatining muhim shartlaridan biri hisoblanadi. 

              Shu 

o’rinda  O’zbekiston  Respublikasining  “Elektron  to’lovlar 

to’g’risida”gi  Qonuni  4-moddasiga  muvofiq  hozirgi  kunda  Markaziy  bankning 

yagona  banklararo  to’lov  tizimi,  29 ta  tijorat  banklarining  ichki  to’lov  tizimlari, 

shuningdek,  bank  kartalari  bo’yicha  barcha  tijorat  banklarini  qamrab  olgan  “Uz-

Kart” banklararo chakana to’lov tizimi, aholidan uyali aloqa xizmati, kommunal va 




 

boshqa  to’lovlarni  qabul  qilish  bo’yicha  “Uz-Paynet”  to’lov  agenlik  tarmog’i 



hamda “SMS-TO’LOV” chakana to’lov tizimlari faoliyat yuritmoqda. 

             Xususan,  O’zbekiston  Respublikasi  Prezidentining  “2011-2015  yillarda 

respublika  moliya-bank  tizimini  yanada  isloh  qilish  va  barqarorligini  oshirish 

hamda  yuqori  xalqaro  reyting  ko’rsatkichlariga  erishishning  ustuvor  yo’nalishlari 

to’g’risida”  2010  yil  26  noyabrdagi  PQ-1438-sonli  Qarori  1-ilovasi  17-bandi 

ijrosini  ta’minlash  yuzasidan  2011  yildan  boshlab  barcha  tijorat  banklarida  bank 

hisobvaraqlariga  masofadan  xizmat  ko’rsatish  tizimlari,  jumladan  “Internet-

banking” xizmati joriy etildi. O’zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan 

O’zbekiston  Respublikasi  Prezidentining  2010  yil  26  noyabrdagi  “2011-2015 

yillarda  respublika  moliya-bank  tizimini  yanada  isloh  qilish  va  barqarorligini 

oshirish  hamda  yuqori  xalqaro  reyting  ko’rsatkichlariga  erishishning  ustuvor 

yo’nalishlari  to’g’risida”  PQ-1438-sonli  Qarori  bilan  tasdiqlangan  chora-tadbirlar 

majmuasining  1-ilovasi  17-bandi,  O’zbekiston  Respublikasi  Prezidentining  2012 

yil  21  martdagi  “Zamonaviy  axborot-kommunikastiya  texnologiyalarini  yanada 

joriy  etish  va  rivojlantirish  chora-tadbirlari  to’g’risida”  1730-sonli  Qarori  bilan 

tasdiqlangan 

O’zbekiston  Respublikasida  2012-2014  yillarda  axborot-

kommunikastiya  texnologiyalarini  yanada  joriy  etish  va  rivojlantirish  dasturi  1-

ilovasi  17-bandi,  shuningdek,  O’zbekiston  Respublikasi  Prezidentining  2012  yil 

18 iyuldagi  “Ishbilarmonlik  muhitini  yanada  tubdan  yaxshilash  va  tadbirkorlikka 

yanada keng erkinlik berish chora-tadbirlari to’g’risida”gi PF-4455-sonli Farmoni 

talablarining ijrosini ta’minlash yuzasidan quyidagi ishlar amalga oshirildi. 

 

kichik  biznes  sub’ektlari  –  mikrofirmalar  tomonidan  zamonaviy  va  qulay 



bank  xizmatlari,  jumladan  bank  hisobvaraqlariga  masofadan  turib  xizmat 

ko’rsatish  tizimlaridan  keng  ko’lamda  foydalanish  uchun  shart-sharoit 

yaratilib, ushbu tizimdan foydalanish doimiy ravishda kengaytirilmoqda; 

 



ular  tomonidan  respublika  va  mahalliy  byudjetga  to’lanadigan  soliqlar  va 

boshqa  majburiy  to’lovlarni  bank  hisobvaraqlariga  masofadan  turib  xizmat 

ko’rsatish tizimlari orqali to’lash imkoniyati yaratildi; 



 



 

bank  hisobvaraqlariga  masofadan  turib  xizmat  ko’rsatish  tizimlaridan 

foydalanib, 

to’lovlarni 

amalga 

oshirayotgan 

xo’jalik 

yurituvchi 

sub’ektlardan  ularning  hisobvarag’iga  xizmat  ko’rsatganlik  uchun 

undiriladigan  (ko’rsatilgan  xizmatlar  bo’yicha  abonent  va  vositachilik 

haqlari) to’lovlarni 20 foizga kamaytirilgan; 

 



xo’jalik  yurituvchi  sub’ektlar,  jumladan  kichik  biznes  sub’ektlari  uchun 

bank  hisobvaraqlariga  masofadan  turib  xizmat  ko’rsatish  tizimlaridan 

foydalanish  imkoniyatlari  to’g’risida  doimiy  targ’ibot  ishlari  olib 

borilmoqda. 

 

 


Yüklə 1,42 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   48




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin