Toshkent moliya instituti


Ekspansionistik monetar siyosat



Yüklə 96,01 Kb.
səhifə3/5
tarix16.03.2022
ölçüsü96,01 Kb.
#53840
1   2   3   4   5
monetar joriy

Ekspansionistik monetar siyosat deganda muomaladagi pul massasining multiplikativ kengayishini taʼminlash asosida to‘lovga qobil talabni rag‘batlantirishga qaratilgan monetar siyosat tushuniladi. Ekspansionistik monetar siyosatni amalga oshirishda Markaziy bank quyidagi usullardan foydalanadi:

– Markaziy bank qayta moliyalash stavkalarini pasaytiradi va tijorat banklariga beriladigan markazlashgan kreditlarning hajmini oshiradi;

– tijorat banklarining kreditlash hajmiga nisbatan Markaziy bank tomonidan belgilangan limitlar hajmi oshiriladi, yaʼni banklarga kreditlar miqdorini oshirishga imkoniyat yaratiladi;

– Markaziy bankning majburiy zaxira stavkalari pasaytiriladi;

– tijorat banklariga qimmatli qog‘ozlar Markaziy bank tomonidan qayta sotish sharti bilan sotib olinadi;

– Markaziy bank valyuta siyosati doirasida milliy valyutadagi pul mablag‘lari hajmining o‘sish surʼatlarini oshirishga qaratilgan operatsiyalarni amalga oshiradi.

Milliy valyutaning qadrsizlanishi umumiy talabning qisqarishiga olib kelgan sharoitda Markaziy bank tomonidan restriksion pul-kredit siyosatining qo‘llanilishi milliy iqtisodiyotning rivojiga salbiy taʼsir ko‘rsatadi, YAIMning o‘sish surʼati sekinlashadi.

M.Fridmenning muomaladagi pul massasini jilovlashga qaratilgan restriksion pul-kredit siyosatini amalga oshirish xususidagi taklifini O‘zbekiston Respublikasida iqtisodiyotni modernizatsiyalash sharoitida qo‘llashni maqsadga muvofiq emas. Mazkur xulosa quyidagi dalillarga tayanadi:

1. Respublikamizda monetizatsiya koeffitsiyentining amaldagi darajasini xalqaro amaliyotda qabul qilingan andozaviy darajaga (kamida 60%) nisbatan sezilarli darajada past ekanligi.

2018 yilning 1 yanvar holatiga, respublikamizda monetizatsiya koeffitsiyentining amaldagi darajasi 29,4 foizni tashkil etdi. Bu esa, nisbatan quyi ko‘rsatkich bo‘lib, mamlakatimiz iqtisodiyotining pulmablag‘lari bilan taminlanganlik darajasini past ekanligidan dalolatberadi. Bunday sharoitda M.Fridmenning restriksion pul-kredit siyosatini qo‘llash xususidagi taklifidan foydalanish monetizatsiya subyektlari koeffitsiyenti darajasining yanada pasayishiga, xo‘jalik o‘rtasidagi debitor-kreditor qarzdorlik muammosining chuqurlashishiga olib keladi.2. 2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishningbeshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasining qabul qilinishi tijorat banklari kreditlariga bo‘lgan talabning sezilarli darajada oshishiga olib keldi. Harakatlar strategiyasiga muvofiq qabul qilingan 2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning besha ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasini “Faol tadbirkorlik, innovatsion g‘oyalar va texnologiyalarni qo‘llab-quvvatlash yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturida ilg‘or g‘oya, nou-xaularni yaratish va “aqlli” texnologiyalarni ishlab chiqarishga ixtisoslashgan iqtisodiyotning yangi modeliga bosqichma-bosqich o‘tish vazifasi qo‘yilgan. Bu esa, o‘z navbatida, tijorat banklari kreditlariga bo‘lgan talabning sezilarli darajada oshishiga olib keladi. M.Fridmenning yuqorida qayd etilgan taklifining qabul qilinishi tijorat banklari kredit emissiyasi miqdori o‘sish surʼatlarining sekinlashishiga, kreditlar foiz stavkalarining oshishiga, debitor-kreditor qarzdorlik miqdorining ko‘payishiga olib keladi.

Markaziy bankning monetar siyosati tijorat banklarining kreditlash salohiyatiga ham ijobiy, ham salbiy taʼsir ko‘rsatmoqda. Shu sababli, qator xorijiy davlatlar tajribasini monetar siyosat aniq yo‘naltirilgan restriksion yoki ekspansionistik mazmunga ega bo‘lishi lozim. Xususan, AQSH FZTning tajribasi ko‘rsatdiki, iqtisodiy o‘sishni rag‘batlantirish va bank tizimining likvidligini taʼminlash maqsadida nollik hisob stavkasi qo‘llanilmoqda. Bu esa, birinchidan, tijorat banklarining likvidliligiga ijobiy taʼsir ko‘rsatadi va ularni kreditlash
imkoniyatini oshirishga xizmat qiladi; ikkinchidan, tijorat banklari kreditlarining foiz stavkalarini oshishiga va natijada xo‘jalik yurituvchi subyektlarining tijorat banklari kreditlaridan foydalanish darajasini oshirish imkonin beradi.

Ekspansionistik monetar siyosat mamlakat bank tizimining likvidliligini oshirish, ichki to‘lovga qobil talabni rag‘batlantirish va shuning asosida iqtisodiyotni turg‘unlik holatidan chiqarish imkonini beradi. Ekspansionistik pul-kredit mablag‘lari siyosatining qo‘llanilishi milliyiqtisodiyotning pul bilan taʼminlanganlik darajasini oshishiga olib keladi.






Yüklə 96,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin