Valyuta kurslari o‘zgarishining erkinlik darajasiga ko‘ra turlari
Valyuta kurslari o‘zgarishining erkinlik darajasiga ko‘ra valyuta kurslari qatiy belgilangan, chegaralangan egiluvchan, suzuvchi valyuta kurslariga bo‘linadi.
1
Qatiy belgilangan valyuta kursida milliy valyutalar o‘rtasidagi rasman o‘rnatilgan nisbataing vaqtinchalik 2,25 foizdan oshmagan miqdorda tebraniishga ruxsat beriladi.
2
Chegaralangan egiluvchan valyuta kursida milliy valyutalar o‘rtasidagi rasman o‘rnatilgan nisbataing belgilangan qoidaga muvofiq katta bo‘lmagan mikdorda tebranishiga ruxsat beriladi.
3
Suzuvchi valyuta kursi talab va taklif ta’sirida erkin o‘zgaradigan almashuv kursi bo‘lib, ma’lum sharoitlarda davlat valyuta interventsiyasi orqali unga ta’sir o‘tkazishi mumkin.
Inflatsiyani hisobga olish holatiga ko’ra Valyuta kurslari
Nominal valyuta kursi (nominal exchange rate) – bir milliy valyuta birligining xorijiy valyuta birligiga ifodalangan bozordagi bahosi, yoki ikki valyuta o‘rtasidagi joriy kursdir.
Real valyuta kursi (real exchange rate) – nominal valyuta kursi asosida ikki mamlakatdagi bir xil turdagi tovar va mahsulotlar narxlari darajasini o‘zaro nisbati orqali hisoblangan valyuta kursidir.
Real ayirboshlash kursi
Real ayirboshlash kursi xalqaro iqtisodiy nazariyada “savdo shartlari” (terms of trade)dan birini o‘zida namoyon etadi. Jahon iqtisodiyotida milliy iqtisodiyotlarni, xususan, YaIM, YaMD (Yalpi milliy daromad)ni o‘zaro solishtirish odatda, real valyuta yoki valyutalarning xarid quvvati pariteti (PPP) bo‘yicha hisoblangan kurslari orqali amalga oshiriladi.
Real ayirboshlash kursi quyidagi formula asosida hisoblanadi:
Bu erda, – nominal valyuta kursi; – milliy pul birligida ifodalangan ichki bozordagi narxlar darajasi; – chet eldagi narxlar darajasi (xorijiy valyutada hisoblangan).
Real ayirboshlash kursini hisoblash: 1-misol
Real valyuta kursining mohiyatini quyidagi misol orqali to‘liqroq tushuntishga harakat qilamiz.
Ma’lum bir turdagi mahsulot (1 kg qoramol go‘shti)ning narxi O‘zbekistonda 15 000 so‘m bo‘lsa, AQShda 30 dollar, nominal valyuta 1 USD/UZS = 2000. Mazkur holatda real valyuta kursi quyidagiga teng:
Bu AQShdagi ma’lum bir turdagi mahsulot (1kg qaramol go‘shti) narxiga O‘zbekistonda 4 birlik shu turdagi mahsulot (4 kg qaramol go‘shti)ni olish mumkinligi anglatadi.