Toshkent Moliya inustituti talabasi Mamatov Azizbekning tayyorlagan mustaqil ishi



Yüklə 52,12 Kb.
səhifə1/4
tarix07.01.2024
ölçüsü52,12 Kb.
#202641
  1   2   3   4
Toshkent Moliya inustituti talabasi Mamatov Azizbekning tayyorla-fayllar.org


Toshkent Moliya inustituti talabasi Mamatov Azizbekning tayyorlagan mustaqil ishi. Toshkent 2022




Toshkent Moliya inustituti talabasi Mamatov 
Azizbekning tayyorlagan mustaqil ishi. 

TOSHKENT 2022 



Reja:
1.Komil inson tarbiyasida dunyoqarashning o’rni.


2.Daosizm va uning falsafiy ta’limoti.
3.2017-2021 yillardagi O’zbekistonni yanada rivojlantirish bo’yicha harakatlar
strategiyasida global muammolarning tavsifi.





1.Komil inson tarbiyasida dunyoqarashning o’rni. 
Komil insonni tushuntirishda dunyoviy fikrning asosida nima yotadi?
Prezidentimiz uqtirganidek, odam tabiiy omillarga ko‘ra, o‘zi mansub bo‘ladigan
irq va elatni tanlay olmaydi. Lekin dunyoqarashini, axloqiy madaniyatini hech
kimning tazyiqisiz va, ayniqsa, zo‘ravonligisiz o‘zi tanlab olishi mumkin va
lozim. Modomiki, shunday ekan, mamlakatimizda huquqiy demokratik
tamoyillarga asoslangan davlat, fuqarolik jamiyati qurish sari borayotgan
ekanmiz,
qanday
dunyoqarashga
asoslanishimiz
kerak?
Hozirgi zamon odamlari yashayotgan ijtimoiy muhitda asosan ikki yo‘nalishdagi
– ilmiy – falsafiy va diniy – mistik dunyoqarash mavjudligi o‘z - o‘zidan ayon.
Ularni bir biriga qarama – qarshi qo‘ymagan holda – shuni ta’kidlash kerakki,
O‘zbekistonning asosiy qomusi – Konstitutsiyasida dunyoviy davlat qurish
nazarda tutilganligi bois bog‘cha, maktab, oliy o‘quv yurtlari va boshqa
muassasalardagi ta’lim - tarbiya tizimi jarayonida ilmiy - falsafiy dunyoqarash
shakllantiriladi.
Komil inson to‘g‘risidagi nazariya va uslubiyat metodologik jihatdan
O‘zbekiston Prezidenti asarlarida, O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida,
“Talim to‘g‘risida”gi Qonunda, Kadrlar tayyorlash milliy dasturida va boshqa
hujjatlarda
har
tomonlama
ishlab
chiqilgan.
Komillikning bosh mezoni insoniylik hisoblanadi. Insonning eng noyob
fazilatlaridan biri uning komillikka intilishidir. Mehnat, aql, idrok, odob – axloq,
odamlarga
yaxshilik
qilish

insonning
oddiy
fazilati.
Har bir xalqning o‘zi yetuk allomalari, komil inson unvoniga musharraf
bo‘lgan ajdodlari bor. Ularning mehnati, merosi avlodlar ko‘ksini g‘urur bilan
to‘ldiradi. Xorazmiy, Farobiy, Farg‘oniy, Ibn Sino, Ismoil Buxoriy, Margiloniy,
Beruniy, Ulug‘bek, Navoiy, Muqumiy va boshqalar inson qadr qiymatini hamma
narsadan
ustun
qo‘yishga
harakat
qilganlar.



Farobiy insonnig yaratuvchanlik qobiliyatiga yuksak baho beradi. U inson


biologik mavjudot emas, balki aql zakovat sohibi ekanligini, o‘z mehnati bilan
ijtimoiy mohiyat kasb etishini uqtiradi. Yusuf Xos Hojib ham insonga aql berib
qo‘yilgan, shuning uchun ham yer yuzida har qanday mushkullikni oson yenga
oladi, degan fikrni bildiradi. Navoiy dunyoda insonga qaraganda ulug‘roq
kamolot yo‘q, deydi: “Menga ne yoru, ne oshiq havasdir. Agar men odam o‘lsam
ushbu basdir.”
Oila tarbiyasida doimiy ta’sirchan kuch oiladagi munosabat, oila muhiti, oila
a’zolarining o‘zaro aloqasi, ota-ona, aka-uka va boshqalarning xulq-atvori,
madaniy va siyosiy saviyasi, muomala madaniyati, oilaning daromadi, yashash
sharoiti va boshqa holatlar bola kamolotiga ta’sir qiladigan asosiy omillardir. Oila
qanchalik tartibli, yaxshi xulq-atvorli, uning a’zolarining o‘zaro munosabatlari
samimiy bo‘lsa, oila tarbiyasi ham shunchalik samarali bo‘ladi.
Tarbiyaning an’anaviy va zamonaviy turlari va usullari ko‘p, shulardan biri
shajaraviy tarbiyadir. Bu tarbiya usuli ma’lum bir avloddan kelib chiqqan
avlodlarning qarindoshlik darajasini izchillik bilan sanab ko‘rsatuvchi hujjatlarga
asoslangan bo‘lib, bunda bolalarga ajdodlarining kimligi shajaranomalar orqali
eslatib
boriladi.
Islomda har bir musulmon o‘zining yetti pushtini bilishi kerakligi
ta’kidlanadi. Shajara tuzish ishini qayta davom ettirayotgan allomalardan biri
faylasuf olim Omonulla Fayzullayev deyish mumkin. Tarixiy hujjatlarga
asoslanib u kishi Shayx Zayniddin bobo Toshkandiy Ibn Shayx Shaxobiddin Abu
Umar Suhravardiy shajarasini tuzdi.Omonulla Fayzullayev Shayx Zayniddin
boboning
45-avlodi
ekanligi
ma’lum
bo‘ldi.
Demak, Prezidentimizning so‘zlari bilan aytganda “Komil inson deganda
biz,avvalo,ongi yuksak, mustaqil fikrlay oladigan,xulq-atvori bilan o‘zgalarga
ibrat
bo‘ladigan
bilimli,
ma’rifatli
kishilarni
tushunamiz”.
Hozirgi davr mustaqil davlatlar jahon hamjamiyatining vujudga kelishi va



rivojlanishi moddiy omillar bilan birga ma’naviy omillarning roli ortib


borayotganligi, ilmiy-texnikaviy taraqqiyotning tezlashuvi bilan xarakterlanadi.
Vatanparvarlik fuqarolarning Vatan oldidagi burchlarini anglashning tabiiy
holati. Millatchilik–voqelikning me’yor doirasiga to‘g‘ri kelmaydigan, alohida
g‘ayritabiiy holati, o‘z millatiga oid qadriyatlarga notanqidiy, nomunosib
munosabatdir,
boshqa
millat
qadiryatlarini
inkor
etishdir.
Shunday qilib, xalqimizning tub manfaatlariga, milliy g‘oyaning hayotiy
kuchga aylanishi uchun kurash ayni vatanparvarlik namunasidir, chunki
vatanning ravnaqiga xizmat qilmaydigan hech qachon milliy g‘oya bo‘la
olmaydi, u Vatan ravnaqini belgilab beradigan tamoyillarni o‘zida aks ettirsagina
kuch-qudrat
manbayiga
aylanadi.
Insonparvarlikni odatda, insoniylik bilan tenglashtiradilar. Bu yetarli emas.
Insonparvarlik fuqarolarning tub manfaatlari bilan bo‘g‘liq. U insonning qadr-
qimmati, odobi, axloqi, bilimi, kasbi-kori, jamiyatdagi o‘rni demakdir. Insoniylik
va
vatanparvarlik
tushunchalari
bir-birini
to‘ldiradi.
Shunday qilib,kishilar ma’naviyati takomilida vatanparvarlik va
insonparvarlik tuyg‘ularining rivojlanishi mustaqil O‘zbekiston kelajagining
muhim kafolati bo‘lib qolishi muqarrar.Komil inson tarbiyasi hamma davrlarda
muhim ijtimoiy vazifa hisoblanib, yaxshi tarbiya koʻrgan insonga jamiyat boyligi
deb qaralgan. Inson ziynati u egallagan bilimlari bilan oʻlchangan. Islom dini
taʼlimotida bilimli insonlar yetuk deb sanalsa, mutafakkirlarimiz qarashlarida
komil inson boʻlish uchun koʻpgina xususiyatlarni egallash lozimligi oʻz aksini
topganini
koʻrishimiz
mumkin.
Komil inson fazilatlarini oʻzida ifoda etgan asarlar sirasiga quyidagilarni
kiritishimiz mumkin: Kaykovusning “Qobusnoma”, Sa’diyning “Guliston”,
“Boʻston”, Amir Temurning “Temur tuzuklari”, Abdurahmon Jomiyning
“Bahoriston”, Alisher Navoiyning “Mahbub ul-qulub”, Husayn Voiz
Koshifiyning “Axloqi muxsiniy” va boshqalar. Bu asarlarning koʻpchiligida odil



shoh va adolat, halollik va soflik, poklik, toʻgʻrilik, insonparvarlik, ma’rifatli


boʻlish
kabi
insonning
sharqona
fazilatlari
berilgan.
Alisher Navoiyning “Nasoyim-ul muhabbat” asarida komil insonga xos
xususiyatlar, uning sharqona fazilatlari sanab oʻtilgan. Bular qatoriga ulugʻ
mutafakkir quyidagilarni kiritadi: tavba, halol luqma bilan qanoatlanish, oʻz
kasbidan topib kun oʻtkazish, shariatga rioya etish, barchadan oʻzini kam deb
bilish, hatto farzandlari, xizmatkorlariga qoʻpollik qilmaslik, chuchuk tilli boʻlish
– yaxshi, muloyim tilli boʻlish, rahmdil, sahiy, mard, halim, xushhulq, sabrli,
sadoqatli, vafoli boʻlish, rozi-rizolik bilan kun oʻtkazish, riyozat chekishdan
qoʻrqmaslik
va
boshqalar.
Shu tariqa oʻtmishda komil insonning oʻziga xos axloq kodeksi ishlab
chiqilgan boʻlib, bu sifatlarga ega boʻlish har bir odamning orzu-armoni deb
qaralgan. Komil inson haqidagi gʻoyalar katta ijtimoiy-axloqiy, ma’naviy
ahamiyatga
ega.
Komil inson iymon va e’tiqodlilik, halollik va poklikning oliy timsoli. Biz
hammamiz shunga intilib yashamogʻimiz lozim. Mustaqil Oʻzbekistonning bozor
munosabatlariga oʻtish sharoitida iymonli boʻlish, halollik va poklik, vijdonli va
diyonatli boʻlish nechogʻlik zarur ekanligi hammamizga ayon. Quyidagi ta’rifda
komil insonning asosiy xususiyatlari har taraflama chuqur va teranlik bilan bayon
qilingan: “Komil inson deganda, biz avvalo, ongi yuksak, mustaqil fikrlay
oladigan, xulq-atvori bilan oʻzgalarga ibrat boʻladigan bilimli, ma’rifatli
kishilarni
tushunamiz”.
Muxtasar qilib aytganda, sharq ma’naviy merosida ma’naviyat va
ma’naviy barkamollik masalalariga katta e’tibor berilganligining asosiy
sabablaridan biri inson va uning hayoti eng oliy qadriyat ekanligidadir. Sharq
ma’naviyatida dunyodagi barcha ne’matlar insonning faqatgina yaxshi yashashi
uchungina xizmat qilmogʻi shart ekanligi e’tirof etiladi. Chunki, bu ne’matlarning
barchasi insonning moddiy ehtiyojlarini qondirishi mumkin, halos. Shuning
uchun bu birlamchi masala emas. Masalaning avvali, insonning ulugʻligi hamda



yuksak kamolatga yetishish orqali Komil inson martabasiga erishish yoʻlidir.


Moddiy va ma’naviy hayot uygʻunligi eng toʻgʻri yoʻl ekanligi va bu bilan avlod
tarbiyasiga ijobiy ta’sir koʻrsatadigan ma’naviy merosning ahamiyati juda katta
ekanligi asoslangan. Holbuki, oʻsib kelayotgan avlod, komil inson boʻlish,
halollik, toʻgʻrilik, poklik va adolat bilan kun kechirish kabi koʻpdan-koʻp
olijanob fazilatlarning ma’no-mazmunini nafaqat chuqur anglash, balki ana
shunday xususiyatlarga ega boʻlish, ularga doimo amal qilib yashash-
odamzotning ma’naviy boyligini, komilligini belgilab beradigan asosiy mezon
sanaladi.Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”da shaxs kadrlar tayyorlash tizimining
bosh sub’ekti va ob’ekti, ta’lim sohasidagi xizmatlarning iste’molchisi va ularni
amalga oshiruvchi, deb ko‘ rsatib o‘ tiladi. Demak, davlat tomonidan uning ta’lim
xizmatlari iste’molchisi sifatida bilim olishi va kasb-hunarga ega bo‘ lishi uchun
zarur shart-sharoit yaratiladi. O‘ z navbatida shaxs ta’lim xizmatlarining
yaratuvchisi sifatida kasbiy malakaga ega bo‘ lgach, ta’lim, moddiy ishlab
chiqarish, fan, madaniyat va xizmat ko‘ rsatish sohasida faoliyat olib borib, bilimi
va tajribasini namoyon etadi. Bu esa ta’lim jarayonida aqlan rivojlangan,
ma’naviy-axloqiy shakllangan, jismoniy yetuk, muayyan kasb-hunar asoslarini
puxta egallagan, har tomonlama rivojlangan barkamol shaxsni shakllantirishga
jiddiy talablar qo‘ yadi
. Shunga ko‘ ra, dastavval “shaxs”, “inson”, “barkamol shaxs”
tushunchalarining
mohiyatini
aniqlashtirish
taqozo
etiladi.
Shaxs qator ijtimoiy fanlar, xususan, falsafa, psixologiya va sotsiologiya
fanlarining o‘ rganish ob’ektidir. Falsafa shaxsni uning ijtimoiy ahvoli, faoliyati,
bilish, ijod sub’ekti sifatida qarab chiqadi. Psixologiya shaxsni psixik holatlar,
psixologik
xususiyatlar,
ijtimoiy-psixologik
munosabatlar,
shaxsning
temperamenti, fe’l-atvori, qobiliyati, irodaviy fazilatlari va hokazolarning uyg‘
unligi
asosida
o‘rganadi.






Yüklə 52,12 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin