O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
GULISTON DAVLAT UNIVERSITETI
TARIX KAFEDRASI
ALIBEKOV UMURZOQ. MAMATOV SHAROFIDDIN.
TARIX FANIDAN TESTLARNING TUZISH USLUBLARI
(Uslubiy qo`llanma)
Guliston 2015
Alibekov U., Mamatov Sh. “Tarix fanidan testlarning tuzish uslublari” (uslubiy qo’llanma) Guliston – 2015. 52 bet.
Ushbu uslubiy qo’llanmada tarix fanidan tuziladigan testlarga qo’yiladigan talablar, ko’p tarmoqli testlar tizimi va test shakllarining tuzilishini mohiyati ochib berilgan bo’lib fan yuzasidan ta’lim samaradorligini ta’minlashga qaratilgan. Uslubiy qo’llanma umumta`lim maktabi, Oliy va o’rta maxsus ta’lim muassalari ijtimoiy fan o’qituvchilari, malaka oshirish kurslari tiglovchilari, fan yuzasidan testlarga tayorlanuvchi o’quvchilarning keng ommasiga mo’ljallangan.
O’quv – uslubiy qo’llanma universitet o’quv-uslubiy Kengashi tomonidan (№ bayonnoma 2015 yil ) nashrga tavsiya etilgan.
Taqrizchilar :
Dilorom Sangirova – GulDU, ―Tarix‖ kafedrasi katta o`qituvchisi, t.f.n;
Omon Begiyev – SVPKQTvaMOI, Ijtimoiy fanlar va ma`naviyat asoslari kafedrasi mudiri.
Baxodir Maxmudboyev – I akademik litsey Ijtimoiy fanlar kafedrasi o`qituvchisi.
Ma’sul muharrir: Ismoilov Sobirjon, Falsafa va MG` kafedrasi dotsenti, f.f.n.
© Universitet
KIRISH
O'zbekiston davlat mustaqilligini qo'lga kiritganidan keyin ta'lim davlat siyosatining ustuvor sohasiga aylanib, ushbu sohada tub islohotlar amalga oshirila boshlandi. O'zbekiston tarixini o'rganish esa bu borada asosiy o'ringa ega.
Umumiyta`lim va o'rta maxsus ta'lim davlat standartini ishlab chiqish uchun 1997-yil 29-avgustda O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining IX sessiyasida qabul qilingan «Ta'lim to'g'risida»gi Qonun va Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi asos qilib olindi.
Tarix fani umumta'lim maktablari (V - IX sinflar) hamda akademik litsey, kasb-hunar kollejlarida (keyingi bosqichlarda) asosiy o'quv fani sifatida o'qitiladi.
Umumiyta`lim ta'lim maktablarining V - IX sinflarida O'zbekiston va jahon tarixining qadimgi zamonlardan XX asr boshlarigacha bo'lgan davri o'rganiladi. Tarixiy hodisalar va voqealarni o`rganishga qo'yilgan talablar (V - IX sinflar) o'quvchilarning yoshi, bilim saviyasi, ruhiy xususiyatlari, jismoniy rivojlanish darajalariga mos bo'lishi lozim. Shunga muvofiq tarzda o'quv fani ikki yo'nalishni tashkil etadi: Jahon tarixi va O'zbekiston tarixi.
sinflar uchun tayyorlangan «Tarixdan hikoyalar» darsligi eng qadimgi davrlardan shu kunlargacha bo'lgan ayrim epizodik lavhalarni o'z ichiga oladi.
VI - IX sinflarda davriy izchillik bilan insoniyat paydo bo'lgan eng qadimgi davrdan XX asr boshlarida ro'y bergan voqea-hodisalar, siyosiy, iqtisodiy, madaniy jarayonlar tarixi quyidagi tartibda o'rganiladi:
sinf: Tarix o'quv fani asosiy predmet sifatida o'rganiladi. Bunda eng qadimgi davrlardan milodiy V asrning ikkinchi yarmigacha bo'lgan davrdagi jahon va O'zbekiston tarixi o'rganiladi.
sinf: O'zbekiston tarixi - mamlakatimiz tarixining IV asridan XVI asrigacha bo'lgan davrini qamrab oladi. Jahon tarixida dunyo xalqlari tarixining V asridan XVI asrigacha bo'lgan davri o'rganiladi.
sinf: O'zbekiston tarixi - tariximizning XVI asridan XIX asr o'rtalarigacha bo'lgan davri o'rganiladi. Jahon tarixida esa XVI asrdan XIX asrning 70-yillarigacha bo'lgan davr o'rganiladi.
sinf: O'zbekiston tarixi - XIX asrning ikkinchi yarmidan 1920-yilgacha bo'lgan davr tarixi bilan tanishtiradi. Jahon tarixi XIX asrning 70-yillaridan XX asrning 1918-yillarigacha bo'lgan davr voqealarini o'z ichiga oladi.
Eng yangi davr tarixini izchillikda o'rganish o'rta maxsus ta'limi muassalarida davom ettiriladi.
O'rta maxsus ta'lim bosqichida 1-kurs o'quvchilari O'zbekiston tarixining 1917 - 1991-yillardagi voqealarini o'rgansa, 2-kursda 1991 -yildan hozirgi kunga qadar bo'lgan mustaqil O'zbekiston tarixini o'rganadilar. Jahon tarixida esa 1918-yildan 1945-yilgacha bo'lgan davr tarixi 1-kursda o'qitilsa, 1945- yildan hozirgi kunga qadar jahonda sodir bo'lgan voqealar tarixi 2-kursda o'qitiladi.
O'quvchilar tarixiy hodisalarning mazmunini bilishdan tashqari, tarixiy voqealarni bir-biri bilan taqqoslay olishlari, mustaqil fikr yuritib, ularga baho berishlari, voqealar mohiyatini tushuntira bilishlari, yozma ifodalay olishlari zarur. Birinchi darajali voqealardan ikkinchi darajalisini farqlay olishlari, ularni ijodiy tahlil qilib, xulosalar chiqara olishlari zarur.
Hozirgi kunda test sinovida tayyorgarlik ko'rayotgan o`quvchilarga nisbatan qo'yilayotgan talab bir qadar oshirilmoqda. Bunga o'quvchilarning bilim saviyasida yildan yilga o'sish kuzatilayotganligi asosiy sabablardan biridir. Davlat test markazi oliy o'quv yurtlariga kirish testlarini Xalq ta'limi vazirligi va O'rta maxsus kasb-hunar ta'limi markazi tomonidan tavsiya etilgan darsliklar (so'nggi yillarda chop etilgan) asosida tuzmoqda. Ushbu darsliklar oldingilariga qaraganda ancha soddalashtirilgan bo'lsa-da, bu test savollarining ham soddalashib ketishiga olib kelmaydi. Buning sababi shundaki, DTM tomonidan testga qo'yilgan talablar mavjud bo'lib, unga ko'ra, savolda berilgan to'rtta javobning bittasi to'g'ri bo'lsa, noto'g'ri uchta alternativ javoblar ham to'g'ri javobga juda yaqin keladi. Ularning ichidan to'g'risini tanlash uchun o'quvchidan kuchli bilimdan tashqari, zukkolik, mantiqiy to'g'ri fikrlash va test yechishdagi tajriba talab qilinadi.
Turli jabhalarda qo`llanilayotgan test usuli o`quvchilar bilimini aniqlab beruvchi sinov turidir. Uning afzalligi jarayonning adolatliligi, xolisligi hisoblanadi.
Test sinovlarini O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi xuzuridagi Davlat test markazi o’tkazadi. Uning huquqiy asoslari esa O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004 yil 24 iyundagi "O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi faoliyatini takomillashtprish to’g’risida"gi 293-sonli qarori, 2010 yil 18 iyundagn 118-sonli qarori bilan tasdiqlangan "Oliy ta’lim muassasalarining bakalavriatiga talabalarni qabul qilish tartibi to’g’risida"gi va O’zbekiston Respublikasi Adliya vazirligidan 2011 yil 8 iyulda ro’yxatdan o’tgan 2245-sonli "O’zbekiston Respublikasi oliy ta’lim muassasalarining bakalavriatiga talabalarni qabul qilishda test sinovlarini o’tkazish tartibi to’g’risida"gi Nizomlarda belgilab qo’yilgan.
Test usuli jahonning ko'plab rivojlangan davlatlarida amalda sinovdan o'tgan. «Test» (ingl. «sinov») shaxsning bilimlari, qobiliyatlari yoki ko'nikma va malakalarini baholash uchun ishlatiladigan savollar, masalalar yoki amaliy mashg'ulotlar yig'indisini anglatadi.
Hoziigi paytda «test» deganda kirish imtihonining o'zini ham, unda ishlatiladigan alohida muqobil javobli test topshiriqlarini ham, umumiy test usulini ham tushunish mumkin. «Test topshirig`i» deganda esa testning tarkibiga kirgan muqobil javoblari berilgan yoki boshqa turdagi alohida topshiriq tushuniladi.
Test topshiriqlari quyidagi jihatlari bilan afzalliklarga ega:
test topshiriqlarida o'quv fanining asosiy mazmunini qamrab olish imkoni mavjud;
o'quvchilar o'zlashtirgan bilimlar, ko'nikma va malakalar darajasini tez va qulay aniqlash mumkin;
o'quvchilar bilimini haqqoniy va tabaqalashgan holda baholash darajasi oshadi;
o'quvchilar bilimini nazorat qilishga kam vaqt sarflanadi;
kitob va mavzu ustida mustaqil ishlash va tahlil qilish ko'nikma- malakalari shakllanadi.
Test usuli birmuncha texnologik xususiyatga ega bolib, bilimlarni o'zlashtirish sifatini nazorat qilishda o'qituvchilarning mehnat unumdorligini oshiradi va o'quv dasturining chuqur hamda har tomonlama o'zlashtirilishini ta'minlaydi.
Testologiya nazariyasi va amaliyotida shu narsa ma'lumki, test o`quvchilarning bilimini baholashga xizmat qiladi va quyidagi uchta tamoyilga tayanadi:
Testning obyektivligi - ya'ni o`quvchiga qo`yiladigan baho uni qo`yadigan shaxsga bog'liq bo`lmasligi shart.
Ishonchlilik - bu o`quvchining bilimlarini o`lchashning aniqlik darajasi yoki bir martalik pedagogik o`lchash jarayonida olingan natijalarga qanchalik ishonish mumkinligini bildiradi.
Validlik - tuzilgan testning o`quv dasturi mazmuniga mosligini bildiradi.
Dostları ilə paylaş: |