Tarix fanidan tavsiya etilayotgan testlar murakkabligiga ko'ra, 3 ta darajaga bo'linadi. Ko’p variantli test tizimi ta’lim samaradorligini o’quv fanlari bo’limlari bo’yicha xolisona baholash uchun noyob imkoniyatlar yaratdi. O`quvchilarlarning bilim darajasini yuqori darajada aniqlik bilan belgilashda testlarning murakkablik darajasi muhim ahamiyatga ega. Har bir test bilim o’lchovi uchun xizmat qilishi bilan bir qatorda, ular ma’lum umumiy maqsadlarga ham qaratilgan. Ular quyidagi hollar bilan xarakterlanadi:
Birinchi darajali testlar orqali bitta tushuncha yoki darslikda berilgan ma'lumotlardagi o'quvchining xotirlash qobiliyatini aniqlovchi, uncha murakkab bo'lmagan bir hodisa yoki qonuniyatni bilishni talab qiluvchi testlsr hisoblanadi.
Birinchi daraja: O'quvchining faqat xotirasini va minimal bilim darajasini aniqlashga qaratilgan turli tarixiy sanalar, tarixiy atamalar va bitta tarixiy voqeani aniqlashni talab etadigan oddiy savoldan iborat bo'ladi.
Murakkabligi I darajali bo’lgan testlar juda katta miqdordagi o`quvchilar orasidan bilimi sayoz, tasodifiy, javoblarni asossiz, taxmin-farazlarga tayanib belgilovchi o’quvchilarni ajratish uchun xizmat qildi.Masalan:
Qadimgi tosh asri madaniyatining dunyoga mashhur yodgorligi bo'lgan Teshiktosh kim tomonidan topibo'rganilgan? Gerasimov.
Okladnikov.
Albaum.
Vyatkin.
O`rta Osiyoda ilk ibodatxona qaysi manzilgohdatopilgan?
Sopollitepa.
Jarqo`ton.
Zamonbobo.
Namozgoh.
Qaysi asrda Kidariylar davlatini mag`lub etib, Xurosonning talay qismini egallaganlar va sosoniylar bilanto`qnashgan?
V asrda. IV asrda. VI asrda. III asrda
Европада иқлимнинг совиб бошлаши оқибатида қачон экинзорлар ва уларга яқин эса ботқоқликгаайланди?
А) III асрда. В) V асрда.
IV асрда.
VI асрда.
Franko diktaturasi quyidagi qaysi davlatda o'rnatilganedi? Angliyada.
Italiyada.
Ispaniyada.
Fransiyada.
Ikkinchi darajali testlar. Murakkabligi II darajali testlar o`quvchilarning ma’lum mavzular haqida umumiy ma’lumotlarga egaligi, eng asosiy qoida va qonuniyatlarni bilishi hamda ma’lumotlarni xotirada saqlash darajasini aniqlashga qaratilgan. Ikkinchi darajali testlar darslikda keltirilgan ikkinchi, uchinchi darajadagi bilimlarni qamrab oladi yoxud bitta savolning o'zida ikkita birinchi darajali ma'lumotlar so'raladi. O'quvchining xotirasini tekshirish bilan birga turli tarixiy davrlarda sodir bo'lgan voqeani tahlil qilishni talab etadigan savollar. Bu kabi savollarni yechish davomida o'quvchidan tarixiy-geografik bilimlar ham talab etiladi. Bunda bitta savolning o'zida ikkita birinchi darajali ma'lumotlar so'ralishi ham mumkin. Masalan:
Makedoniyalik Aleksandr haqida asar yozgan tarixchilarnianiqlang. Sim Siyan, Strabon.
Arrian, Polien.
Kvint Kursiy Ruf, Arrian.
Gerodot, Kvint Kursiy Ruf.
Qadimgi Fors viloyati Eronning qaysi qismigajoylashgan? Janubida, Fors ko’rfaziga tutashib ketganerlarda.
G’arbida, Fors ko’rfazidan sharqda.
Janubida, Qizil dengizga tutashib ketgan.
Shimolidp, O’rmuz qo’ltig’iga tutashib ketgan erlarda.
Qadimda ma’lum bo’lgan “Shoh yo’li” qaysi hududlarni o’z ichigaolgan? Persopoldan Shrtaer dengizigacha.
Pomir tog’laridan Qora dengizigacha.
Xitoydan Fors qo’ltig’igacha.
Fors qo’ltig’idan Persopolgacha.
Quyida keltirilgan davlatlarning qaysilarida «ixshidlar» hukmronlik qilgan? Toxariston va Eloq.
Sug’d va Farg’ona.
Choch va Sug’d.
Farg’ona va Toxariston.
Shimoliy Galiyada tashkil topgan frank qirolligi Xlodvigning vorislari davrida qaerlarni istiloqilgan? Flandriya va Anjuni.
Akvitaniya va Burgundiyani.
Galliya va Normandiyani.
Buurgundiya va Provansni.
Evropaning qaysi shaharlari feodallar qal’alari atrofida barpoqilingan? Munster, Sen-Gallen, Sen Dene.
Strasburg, Gamburg, Augsburglar.
Padeborn, Jeneva, Vryugge.
Bremen, Sveubrukken, Florentsiya.
Ikkinchi jahon urushidan oldin Yevropadagi qaysi davlatlarning mustaqil davlat sifatida mavjudligi barhamtopdi? Chexoslovakiya va Polsha
Avstriya va Chexoslovakiya
Bolgariya va Chexoslovakiya
Avstriya va Shveytsariya
Uchinci darajali testlar. Murakkabligi I va II darajali testlar yordamida ajratib olingan o’quvchilar orasida iqtidorlilarini aniqlash III darajali murakkablikdagi ko’p qirrali testlar zimmasiga tushadi.
Bilim darajasi bir-biriga yaqin bo’lgan iqtidorli o`quvchilarni kichik masshtabda o’ta aniqlik bilan ajrata bilishda murakkabligi III darajali testlar katta ahamiyatga ega. «Murakkab testlar» tushunchasi aynan III darajali murakkablikdagi testlarga tegishli. Murakkab testlar faqat iqtidorli o`quvchilarga mo’ljallangan bo’lib, bunday testlarning javobi bir necha qoida yoki qonuniyatlarni tatbiq qilish yo’li bilan topiladi, mazkur testlar o’quvchidan alohida mushohada, qobiliyat talab qiladi.
Murakkab testlar quyidagi xususiyatlarni o’z ichiga qamrab oladi:
test savolining aniqligi va ko’p qirraligi;
to’g’ri javob bir necha mavzularning o’zaro tutashish hosilasi ekanligi;
v) muqobil javoblarning bir-biriga o’ta yaqinligi, ya’ni ko’pgina xususiyatlariga ko’ra to’g’ri javobga da’vogar bo’la olishi;
g) chuqur va har tomonlama mushohada yuritishga da’vat etishi. Quyidagi testlarni Murakkab testlardan farqlash kerak:
bir necha topshiriqlarni qamrab oluvchi, ya’ni savollar majmuasidan tuzilgan testlarni;
bir-biridan keskin ajralib turuvchi javoblarga ega bo’lib, mutlaq to’g’ri javobning qaysidir xususiyatini o’zida aks ettirmagan testlarni.
Murakkab testlar barcha fanlarda ham da’vogarning o’sha fan doirasidagi qobiliyatini, mavzularning nafaqat umumiy tomonini, balki nozik qirralarini ham chuqur anglashini ko’rsatuvchi asosiy omil hisoblanadi.
Tarix fanidan uchinchi daraja testlar: Bir necha tarixiy voqealarni taqqoslash, qiyoslash, tahlil qilishni va o'quvchidan jiddiy mantiqiy yondashuvni talab etadigan murakkab yoki kombinatsiyali savollardir.
Masalan:
Qadimgi Sharqning quyidagi davlatlari va ularning poytaxti bilan to’g’ri ko’rsatilgan javobnianiqlang.
Ossuriya.
Elam.
Xett.
Urartu.
Mauriya.
Suza.
Nineviya.
Tushpa.
Xattusa.
Pataliputra.
A) 1-b, 2-a, 3-d, 4-s, 5-e.
B) 1-e, 2-a, 3-d, 4-b, 5-s.
S) 1-s, 2-a, 3-b, 4-e, 5-d.
D) 1-b, 2-a, 3-d, 4-e, 5-s.
Quyidagi hukmdorlarni ularning hokimlik qilgan davlat yoki hududi bilan to’g’ri ko’rsating. Saksafar; 2) Vahshuhvar; 3) Kubod; 4) Qoracho’rin;
Turk xoqonligi.
Eqtallar davlati.
Eron.
Xorazm.
A. 1-a, 2-b, 3-s, 4-d.
B. 1-d, 2-b, 3-s, 4-a.
C. 1-b, 2-a, 3-s, 4-d.
D. 1-d, 2-s, 3-d, 4-a.
Quyidagi berilgan hukmdorlarning hukmronlik yillari bilan to'g'ri berilgan qatornitoping.
1. Qutbiddin Muhammad; 2) Otsiz; 3) Elarslon; 4) Takash; 5) Sulton Muhammad.
a) 1156-1172.
b) 1172-1200.
c) 1127-1156.
d) 1097-1127.
e) 1200-1220.
A) 1-d; 2-е; 3-a; 4-b; 5-e.
B) 1-a; 2-b; 3-е; 4-d; 5-e.
C) 1-d; 2-b; 3-е; 4-a; 5-e.
D) 1-е; 2-е; 3-b; 4-d; 5-a.
1918-1920-yillarda Turkiston o'lkasida nashr qilingan gazeta va jurnallarning hududi bilan to'g'ritoping. «Ishtirokiyun», «Xalq dorilfununi».
«Ishchilar qalqoni».
«Xalq gazetasi».
«Mehnatkashlar tovushi».
Toshkent.
Namangan. с) Qo`qon.
d) Samarqand.
A) 1-b, 2-a, 3-е, 4-d.
B) 1-a, 2-b, 3-d, 4-c.
C) 1-a, 2-b, 3-е, 4-d.
D) 1-a, 2-d, 3-е, 4-b.