1 O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi
TEST TOPSHIRIQLARI SHAKLLARI
Test topshiriqlarini to`rtta shaklga ajratiladi:
Test topshiriqlarini tuzishda o'zlashtirishning reproduktiv darajasidagi testlar miqdori ortib ketmasligiga e'tibor berish kerak. O'quv materialini ijodiy darajalarda o'zlashtirilganligini aniqlovchi-ochiq testlar, bir nechta javobli- yopiq test, muvofiqlikni aniqlovchi test shakllaridan foydalanish maqsadga muvofiqdir. Ularga to'xtalib o'tamiz:
Ochiq testlar.Agar test topshirig'i matnida uning tayanch so'zlari yoki gap tushirib qoldirilgan bo'lsa, bunday topshiriq ochiq, tugallanmagan test deb ataladi.
Mazkur shakldagi testlarda ta'lim oluvchilarning bitta, ikkita so'zdan iborat qisqa va aniq javob berishlari taxmin qilinadi. Bu haqda testga ilova qilingan yo'llanmada bayon etish kerak bo'ladi va test blankasining bo'sh joyida javob uchun zarur bo'lgan joy qoldiriladi. Masalan:
Milodiy I asrda yashagan, Apinnin yarimorolidan bo'lgan tarixchi qanday asaryozgan?
J: «Qat'iy belgilangan qonunlar» ma'nosini beruvchi asarning ilk matnlari qachon paydobo'ldi?
J: Qaysi davrdan dunyoda Buyuk muzlashboshlandi?
J: Uchi bir tomonga qaratib o'tkirlangan qo'pol tosh qurollar arxeologiya fanida nima debnomlanadi?
J: Forslar tomonidan Misrning bosib olinganligiga necha yilbo'ldi?
J: Old Osiyoda eng yirik, sopol taxtachalardan iborat bo'lgan kutubxona tashkil qilgan hukmdor davlatining poytaxti nima debta'riflangan?
J: Hozirda Baolbek nomli shahri bo'lgan davlatning o'lchov birligi qadimda qanchaga tengedi?
J: Dyuperron ilk marotaba ayrim qismlarini tarjima qilishga ulgurgan asarda Surxon vodiysi, Afg'onistonning shimoli, Tojikistonning janubiy hududlari qandayataladi?
J: «Hidoya» asari muallifi tavalludining necha yilligi respublikamizda keng nishonlandi?
J: Harbiy taktika tarixida birinchi marta ot yonida ptyoda jang qilish qaysi sarkardalar o'rtasidagi jangda amalgaoshirilgan?
J: Buxorodagi Robiya saroyini o'ziga qarorgoh qilib olgan shaxsning asl kasbi nimabo'lgan?
J: Nasaf shahri yaqinida saroy qurdirgan mo'g'il xoni hukmronligi boshlangan yilnianiqlang.
J: «Agar bizning qudratimizga ishonmasang, biz qurdirgan binolarga boq!» Ushbu jumla yozilgan inshoot hozirgi qaysi shahardajoylashgan?
J: Klavixo sayohati bilan bog'liq uchta yilni qayd eting! U qachon Ispaniyadati jo'nab ketdi, qaysi yili Samarqandda bo'ldi, Ispaniyaga qachon qaytib bordi?
J: 900-yilgi jangni keltirib chiqargan hukmdor mansub bo'lgan sulola kimlar tomonidantugatilgan?
J: Ilk o'rta asrlarda 27 ta viloyatdan iborat bo'lgan mahalliy davlat hukmdorlari nima deb atalgan va uning poytaxtinianiqlang.