Guliston davlat universiteti tarix kafedrasi alibekov umurzoq. Mamatov sharofiddin


TEST TUZILISHIGA QO’YILADIGAN TALABLAR



Yüklə 1,4 Mb.
səhifə2/19
tarix06.06.2023
ölçüsü1,4 Mb.
#125690
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19
1 O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi

TEST TUZILISHIGA QO’YILADIGAN TALABLAR


Har bir o`qituvchi o`quvchilar bilimini joriy nazorat hamda oraliq va yakuniy nazoratlari uchun sifatli test topshiriqlarini ishlab chiqishni bilishi kerak. Test sifatining yetarli darajasini ta'minlash uchun test topshiriqlari tuzilishiga qo`yiladigan qator talablarni hisobga olish va bajarish kerak. Ularga quyidagilar kiradi:


Test topshiriqlari berilgan struktura (kodifikator)ga ko`ra ehtiyoj asosida tuzilishi va har bir test topshirig'ining qiyinlik darajasi ko`rsatilishi lozim.
Har bir test topshirig'i tegishli ta'lim turi bo`yicha Davlat ta'lim standarti va o`quv dasturi asosida tuzilishi shart.
Test topshirig`i ilmiy asoslangan ma'lumotlar asosida tuzilishi zarur.
Test topshirig`i umumiy qabul qilingan atamalar asosida tuzilib, unda eskirgan, kam ishlatiladigan hamda ko'p ma'noni anglatadigan so'zlar va iboralar, belgilar, majoziy taqqoslashlar, sifatlashlar bo'lmasligi kerak.
Har bir test topshirig'i biror-bir yagona maqsadni ko'zda tutgan holda tuzilishi lozim.
Test topshirig'ining savoli aniq, lo'nda, qisqa ifodalangan bo'lishi, unda zaruriy ma'lumotlar keltirilishi, keraksiz ortiqcha ma'lumotlar ishlatilmasligi, shuningdek, savol ikki xil tushunilmasligi kerak.
Test topshirig'i savolida to'g'ri javobni topishga yordam beruvchi so'z va iboralar ishlatilmasligi lozim.
Test topshirig'ining to'rtta javobi bo'lib, ulardan faqat bittasi mutlaq to'g'ri bo'lishi kerak.
To'g'ri javoblar ham, noto'g'ri javoblar ham bitta mavzu doirasida bo'lishi shart va ular shakl jihatidan ham bir-biriga yaqin bo'lishi, to'g'ri javob shaklan ajralib turmasligi kerak.
Testning muqobil javob variantlarida so'zlar keraksiz takrorlanmasligi, shuningdek, tushunarli, aniq va qisqa bo'lishi talab etiladi.
Test topshirig'ining muqobil javob variantlarini tuzishda to'g'ri javobni topishga yordam beradigan so'z va iboralar ishlatilmasligi zarur.
Test topshirig'ining noto'g'ri javoblari asosli ravishda tanlanishi kerak.
Test topshirig'ining muqobil javoblari orasida «javoblarning barchasi to'g'ri»,
«javoblarning barchasi noto'g'ri», «to'g'ri javob yo'q»„ «to'g'ri javob A va В»,
«В va D» kabi iboralar ishlatilmasligi lozim.
Test topshiriqlari yozilgan faylning nomi namunaviy o'quv rejaga muvofiq fanning to'liq nomi bilan nomlanishi shart. Masalan: «Ikkinchi jahon urushidan keyingi yillarda Ispaniya» yoki «20-30-yillarda Qoraqalpog'iston» kabi. Faylni nomlashda qisqartmalar kiritish mumkin emas.
Test topshiriqlarini kiritishda imloviy va uslubiy xatoliklarga yo'l qo'ymasligiga e'tibor berilishi lozim.
Test savollari tarkibiga faqat tekshirilgan, obyektiv ma'lumotlar kiritiladi. O'quvchilar uchun tuziladigan test topshiriqlari tarkibiga munozarali savollarni kiritish tavsiya etilmaydi. Shuningdek, topshiriq mazmunini ilmiy bo'lmagan, oddiy hayotiy tushunchalar yordamida yoritish tavsiya etilmaydi.
O'quvchilar uchun tuziladigan test toshiriqlari qisqa, to'g'ridan to'g'ri savollar yordamida tuzilishi maqsadga muvofiqdir. 6-sinf uchun tuziladigan test topshirig'i g'aliz, ko'p so'zli bo'lmasligi kerak. Topshiriq sharti 7-8 so'zdan ko'p bo'lmasligi zarur. Shuningdek, to'g'ri javoblar tasodifiy tartibda joylashtirilishi, noto'g'ri javoblar haqiqatnamo bo'lishi, javoblar variantlari (berk topshiriqlarda) bir xil uzunlikda bo'lishi, test tarkibidagi so'zlarning bir ma'noligi, aniqligi va tushunarliligiga e'tibor qaratish lozim. Topshiriq shartlari, ifodasi va javoblar sinchkovlik bilan tahrir qilinishi shart.
Testlarning malum qiyinchilik darajasi bo'lishi talab etiladi, ya'ni test topshirig'i o'quvchidan axborotni oddiy eslab qolishdan ko'proq narsalarni talab qilishi kerak. To'g'ri javobi yaqqol ko'rinib turgan test topshiriqlarini testlar tarkibidan chiqarib tashlash maqsadga muvofiqdir.
Test tuzayotganda test yechimining vaqt bo`yicha reglamentlashga alohida ahamiyat qaratish lozim. Yechimi 2 daqiqadan ko`p vaqt talab qiladigan test topshiriqlari mavjud bo`lishiga yo`l qo`ymaslik lozim. O`rtacha hisobda bitta topshiriqni bajarish uchun quyidagicha vaqt ajratiladi:

  • matematika - 65 soniya;

  • tillar - 32 soniya;

  • ijtimoiy va tabiiy fanlar - 41 soniya;

  • fakt, atamalarni bilish - 20 - 25 soniya;

  • chizma va sxemalarni tushunish - 90 soniya;

  • figuralar munosabatlari - 90 - 120 soniya.

Yüklə 1,4 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin