Toshkent shahar renessans ta’lim universiteti axborot tizimlari va texnologiyalari yo‘nalishi



Yüklə 2,71 Mb.
səhifə6/7
tarix28.11.2023
ölçüsü2,71 Mb.
#168070
1   2   3   4   5   6   7
6-mavzu

2. mATX (Micro ATX) - bu kichiklashtirilgan ATX standartidir. U asosan ko’p uyalar (slotlar) talab qilinmaydigan ofis kompyuterlarida ishlatiladi. mATX standarti 24,4 x 24,4 sm o’lchamda va 4ta kengaytirish uyasi (slot) mavjud. mATX standartidagi bosh plata elektr manbai blokini ulash uchun 20 yoki 24 pinni ulagichlarga ega. 2003 yildan boshlab deyarli barcha yangi modellarda 24 pinli ulagichlar mavjud.
1.15-rasm. Bosh plataning form-foktori
Mini-ITX standarti elektrik va mexanik tomondan ATX form-faktoriga mos keladi. Mini-ITX form-faktori VIA Technologies kompaniyasi tomonidan ishlab
chiqilgan va kichik (17 x 17 sm) o’lchamga ega. Hozirgi kunda:
  • Eskirgan standartlar: Baby-AT; Mini-ATX; to’liq o’lchamli AT plata; LPX;
  • Zamonaviy standartlar: ATX; mikroATX; Flex-ATX; NLX; WTX, CEB;
  • Amalga oshirilayotgan standartlar: Mini-ITX va Nano-ITX; Pico-ITX; BTX, MicroBTX va PicoBTX lardan iborat.

ELEKTR TA’MINOTI BLOKI VA UNING XARAKTERISTIKALARI
Kompyuterning tizimli blokining tashkil etuvchilarining barchasi ma’lum bir miqdorda elektr energiyasi sarflaydi. Masalan, Intel firmasining Core i5 9400F markali markaziy protsessor 65 Vt elektr quvvati sarflasa, GeForce GTX 1660 markali video karta 120 Vt enegiya sarflaydi. Tizimli blokni tashkil etuvchilarini barchasini о’ziga mos elektr quvvat ehtiyojini ta’minlovchi qurilma elektr ta’minoti bloki (ETB) deb ataladi. Elektr ta’minoti kompyuterning barcha qismlariga barqaror va to’g’ri quvvatni ta’minlash uchun javobgardir. Bundan tashqari, disklarda ma’lumotlarning saqlanishining ishonchliligi va xavfsizligi ham unga bog’liq. Ma’lumki, kompyuter standart elektr rozetkaga ulanadi va uning tarkibiy qismlari ikkita sababga ko’ra to’g’ridan-to’g’ri elektr tarmog’idan quvvat ololmaydi:
Birinchidan, elektr tarmog’ida o’zgaruvchan tok bo’ladi, kompyuter qismlariga esa o’zgarmas doimiy tok kerak bo’ladi. Shuning uchun elektr ta’minoti blokining vazifalaridan biri oz’garuvchan tok oqimini o’zgarmas doimiy tokga aylantirib beradi.
Ikkinchidan, kompyuterning turli qismlari ishlash uchun turli xil kuchlanish talab etadi, shu bilan birga ba’zilariga bir vaqtning o’zida turli xil kuchlanishga ega bo’lgan bir nechta tok liniyalar zarur bo’ladi. Shunday qilib, elektr ta’minoti bloki har bir qurilmani zaruriy tok kuchlanishi bilan ta’minlaydi va buning uchun bir nechta elektr uzatish liniyalariga ega bo’ladi. Ulardagi kuchlanishlar miqdori +3.3V, +5V va +12V ga teng (15-rasmga qarang).
Kompyuter uchun tanlangan ETBida kuchlanish qancha yuqori bo’lsa, bu liniyalarda elektr quvvati shuncha ko’p bo’ladi. Bu esa kompyuter qurilmalaririni samarali ishlashini ta’minlaydi. Tizimli blokda video karta, markaziy protsessor kabilar eng ko’p energiya talab qiluvchi qurilmalar hisoblanadi va ular kuchlanishlari + 5V va + 12V bo’lgan liniyalarga ulanadi. Qattiq disklar va optik disklar + 5V kuchlanishli, monitor esa + 12V kuchlanishli liniyalarga ulanadi.
1.16-rasm. Elektr ta’minoti blokining liniyalari
Elektr ta’minoti blokining asosiy xarakteristikasi bu uning quvvati hisoblanadi. Uning quvvati hech bo’lmaganda kompyuterning tashkil
etuvchilarining maksimal elektr sarfining umumiy yig’indisiga teng bo’lishi kerak. Aks holda, kompyuter ishlash jarayonida eng yuqori energiya sarfi darajasiga yetkanda o’cib qoladi, yoki undan ham yomoni, ETB yonib ketishi ham mumkin. Shuning uchun kompyuterlar uchun ETB sotib olish kerak bo’lsa, imkon qadar yuqori kuchlanishga ega bo’lganini olgan ma’qul.
Ko’pgina ofis kompyuterlari uchun 400 Vt elektr ta’minoti bloki etarli. O’yin o’ynash uchun yig’ilgan kompyuterlarning elektr quvvat manbai kamida 500 Vt quvvatga ega bo’lishi kerak. Bunda protsessorlar, video kartalar, shuningdek ularga kerak bo’lgan qo’shimcha sovutish tizimlari ko’p energiya sarflaydi. Agar kompyuterda bir nechta video kartalar bo’lsa, unda uni quvvatlantirish uchun 550 Vt va 650 Vt quvvat manbalari kerak bo’ladi. Hozirgi kunda 1000 Vt va undan ortiq kuchlanishli ETBlar ishlab chiqarishda mavjud.
Ko’pincha, ETB ishlab chiqaruvchilari uning nominal quvvat qiymatini uyatsiz ravishda oshirib yozib yuboradi, ko’pincha arzon modellarni sotib oluvchilar bunga duch kelishadi. Shuning uchun ETB tanlashda tajriba-sinov natijalari ma’lumotlari asosida elektr ta’minot blokini tanlashni maslahat beramiz. Bundan tashqari, ETBning quvvatini uni og’irligi bilan ham aniqlash mumkin. U qanchalik og’ir bo’lsa, elektr ta’minot blokining haqiqiy kuchlanishi uning korpusida yozilganiga mos kelish ehtimolligi shunchalik yuqori bo’ladi.
Odatda, elektr ta’minoti bloki kompyuter tizimli blokiga va bosh platasiga mos holda olinadi. Bu birinchidan, tizim blokiga to’g’ri kelishi uchun, ikkinchidan esa bosh plataga ulanishi uchun kerak.
1.17-rasm. ETBining ulagichlari Bu yerda:
  • 20 + 4 pinli asosiy quvvat kabeli bo’lib, bosh plataga ulanadi;
  • Markaziy protsessor (CPU) elektr quvvati kabeli. Protsessorni kerakli kuchlanish bilan ta’minlaydi. Rasmda standart 4 pinli ulagich ko’rsatilgan, ammo shuningdek, kuchli protsessorlar uchun 8 pin va 4 + 4 pin variantlari mavjud.
  • SATA turli qattiq disklarning elektr quvvati kabeli. Qattiq diskning tegishli turiga quvvat beradi.
  • Periferik elektr kabeli. U quyidagilarni quvvatlantirishi mumkin:

  • IDE qattiq disk; CD / DVD disk yurituvchilar.
  • PCI-Express shinalarining elektr quvvati kabeli. U shinaga ulangan barcha qurilmalarni, jumladan, tarmoq kartasini, video kartani va boshqalarni kerakli kuchlanish bilan ta’minlaydi. Rasmda universal turli 6+2 pinli sim keltirilgan. Ammo 6 va 8 pinli kabellar ham mavjud.
  • Floppy disk yurituvchining quvvat kabeli. Disketani o’qish vositasini quvvatlantirish uchun ishlatiladi. Eskirgan kabel turi, hozirda mavjud emas.

Elektr ta’minoti bloki umumiy elektr quvvati xarakteristikasidan boshqa yana quyidagi xarakteristikalarga ega:
      • Alohida liniyalardagi maksimal tok oqimi. ETBning umumiy quvvati alohida elektr uzatish liniyalaridagi kuchlanishlar yig’indisidan iborat. Agar ulardan biriga tushadigan kuchlanish ruxsat etilgan chegaradan oshib ketsa, umumiy quvvat iste’moli nominal quvvat manbaidan kichik bo’lsa ham, tizim barqarorlikni yo’qotadi. Zamonaviy tizimlardagi kuchlanish yuki, qoidaga binoan notekis. Eng og’irlari 12 voltli kanallarda, ayniqsa kuchli video kartalari bilan jihozlangan konfiguratsiyalarda uchraydi.
      • O’lchami. ETB o’lchamlarini belgilashda, ishlab chiqaruvchilar, qoidaga ko’ra, form-foktorini (zamonaviylari ATX, eskirganlari AT) belgilash bilan cheklanadi. Ammo kompyuterning tizimli bloki qutilarini va ETBlarni ishlab chiqaruvchilar har doim ham belgilangan normaga qat’iy rioya qilavermaydilar. Shuning uchun, yangi ETBini sotib olayotganda, uning o’lchamlarini tizimli blok qutisidagi ETB o’rnatiladigan joyning o’lchamlari bilan taqqoslash tavsiya etiladi.
      • Ulagichlar va kabellar uzunligi. Molex ulagichlar ETBda kamida oltitadan iborat bo’lishi kerak. Ikkita qattiq disk va bir juft optik disk (masalan,

      • DVD-RW yozuvchisi va DVD-o’quvchi) bo’lgan kompyuterda ushbu ulagichlarning to’rttasi mavjud va boshqa qurilmalar Molexga ulanishi mumkin. Masalan, korpus vintelyatorlari, AGP interfeysli video kartalar.

1.18-rasm. Molex turli ulagichlar

Yüklə 2,71 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin