Toshkent shahar renessans ta’lim universiteti axborot tizimlari va texnologiyalari yo‘nalishi



Yüklə 2,71 Mb.
səhifə5/7
tarix28.11.2023
ölçüsü2,71 Mb.
#168070
1   2   3   4   5   6   7
6-mavzu

BOSH PLATA ELEKTRON QURILMASI
Bosh plata (inglizchada motherboard, mainboard) - bu shaxsiy kompyuterning asosiy qismlari: markaziy protsessor, tezkor xotira kontrolleri, tezkor xotiraning (RAM) o’zi, doimiy xotira (ROM), asosiy kirish-chiqish interfeyslarining kontrollerlari va boshqa shu kabi electron qurilmalar o’rnatilgan murakkab ko’p qatlamli elektron platadir. Qoidasiga ko’ra, bosh plata qo’shimcha kontrollerlarni ulash uchun ulagichlarni (uyalarni) o’z ichiga oladi, ular uchun odatda USB, PCI va PCI-Express kabi shinalar ishlatiladi.
1.14-rasm. Bosh plata electron qurilmasi
Bosh plata nima? – degan savolga shu tarzda javob berish mumkinki, bu qo’shimcha kengaytirish kartalarini o’rnatish uchun ulagichlarga ega va kompyuterning barcha elektron sxemalarining mexanik asosi bo’lib xizmat qiladigan asosiy kompyuter qurilmasidir. Bosh plata tufayli kompyuter tizimining tarkibiy qismlarining to’liq o’zaro ta’siri ta’minlanadi.
Bosh platalarda form-faktor (shakl-shamoyili) deb nomlanuvchi parameter mavjud bo’lib, u kompyuter uchun bosh plataning o’lchamini, uning kompyuter korpusiga o’rnatiladigan joylarini, bosh plata shinalari interfeysini,
kiritish/chiqarish portlarini, markaziy protsessor o’rnatiladigan joyni (soketini) va operativ xotiraning ulanish joylarini, shuningdek elektr ta’minotini ulash uchun ulagich turini aniqlaydigan standart hisoblanadi.
Hozirgi zamonaviy form-faktorlarda kompyuterni sovutish tizimiga qo’yiladigan talablar ham aniqlangan. Kompyuter yig’ishda tizimli blok form- faktori bilan bosh plata form faktorini bir-biriga mos kelishini hisobga olish zarur.
Aks holda bosh platani tizimli blokning korpusiga mahkamlab bo’lmaydi. Hozirgi kunda quyidagi turli form-faktorli bosh platalar ishlatiladi:
1. ATX (Advanced Technology eXtended) form-faktori 1995 yilda Intel firmasi tomonidan taklif qilingan va shu paytgacha juda mashhur bo’lib kelmoqda.
ATX form-faktorli bosh platalarning o’lchami 30,5 x 24,4sm. Hozirgi kunda ko’plab bosh platalar, tizimli blok korpuslari va elekt manbai bloklari Intel va AMD protsessorlariga asoslangan holda ATX formatida ishlab chiqilmoqda.
ATX spetsifikatsiyasining xususiyatlari quyidagilarni o’z ichiga oladi:
  • kiritish-chiqarish portlarini tizim platasida qulay joylashuvi;
  • klaviatura va sichqoncha uchun o’rnatilgan PS/2 ulagichlarining mavjudligi; • IDE va FDD ulagichlarining joylashuvi qurilmalarning o’ziga yaqinroq bo’lganligi;
  • protsessor rozetkalarini plataning orqasida, elektr ta’minoti yonida joylashishi;
  • elektr manbai bloke uchun yagona 20 pinli va 24 pinli ulagichlaridan foydalanish.

Hozirgi vaqtda ATX form-faktorli platalarni olish tavsiya etiladi, chunki ular sezilarli darajada kattaroq va shunga mos ravishda ko’proq uyalarga (slotlarga) ega va ular qulay joylasgan, shuningdek, chiplar va boshqa ulagichlar ham mavjud.

Yüklə 2,71 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin