4. Shovqin. Kompyuter ishlash jarayonida elektr ta’minot bloki mikro sxemasi juda qizib ketadi. Bu esa mikro sxemaning ishdan chiqioshiga olib keladi. Buni oldini olish maqsadida ETBning korpusiga mahkamlangan venrilyatorlardan (kulerlardan) foydalaniladi. Aksariyat ETBlarga 80 mm yoki 120 mm o’lchamdagi bitta ventilyatordan foydalanadi va ventilyatorlar juda shovqinli ishlaydi. Bundan tashqari, ETBning kuchi qanchalik yuqori bo’lsa, uni sovutish uchun havo oqimining intensivligi talab qilinadi. Yuqori sifatli ETBdagi shovqin darajasini pasaytirish uchun ETB ichidagi haroratga muvofiq ventilyatorning aylanish tezligini boshqaruvchi mikro-sxemalar ishlatiladi.