Toshkent shahar Sergeli tumani maktabgacha va maktab taʼlimi boʼlimi tasarrufidagi 17-idumning “E” – sinfida 16 oktyabr “Butun jahon oziq-ovqat kuni” munosabati bilan 2023 yil 20 oktyabr kuni "Sinf soati" doirasida “Suv hayot uchun



Yüklə 9,6 Mb.
tarix13.12.2023
ölçüsü9,6 Mb.
#174601
3 E-sinf “Suv hayot uchun. Suv oziq-ovqat uchun”


Toshkent shahar Sergeli tumani maktabgacha va maktab taʼlimi boʼlimi tasarrufidagi 317-IDUMning 3 “E” – sinfida 16 oktyabr “Butun jahon oziq-ovqat kuni” munosabati bilan 2023 yil 20 oktyabr kuni "Sinf soati" doirasida “Suv hayot uchun. Suv oziq-ovqat uchun” mavzusidagi tadbir yuzasidan
MА’LUMOT
16 oktyabr “Butun jahon oziq-ovqat kuni” munosabati bilan 2023 yil 20 oktyabr kuni "Sinf soati" doirasida “Suv hayot uchun. Suv oziq-ovqat uchun” mavzusidagi tadbirda 31 nafari 3 “E” – sinf o’quvchilari qatnashdilar.
Tadbirda Yer kurrasida suv havzalarida millionlab milliard litr suv borligi, ularning maydoni esa barcha qit’alarni qo‘shib hisoblagandan ham kata ekanligi. Lekin ushbu ulkan hajmning aksariyat qismi chuchuk yoki sho‘r, distillangan yoki mineral, toza yoki iflos sababligi faqatgina kichik qisminigina ishlatishi mumkinligi hamda shu suvlarning aksariyat qismi dengiz va okeanlardagi sho‘r suv (71 foiz) ekanligi va sayyoramizdagi suvning butun hajmidan atigi uch foizigina chuchuk suv ekanligi va ular asosan ko‘llarda, daryolarda, yer ostida, muzliklarda bo‘lishi haqida suhbatlashildi.
Shuningdek tadbir davomida chuchuk suv zaxirasini asrab-avaylash, ulardan oqilona va tejamkorlik bilan foydalanish lozimligi, bu borada Birlashgan Millatlar Tashkilotining Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi tashkiloti tomonidan izchil ishlar olib borilayotganligi haqida gapirib o’tildi.
Tadbirda ishtirok etayotgan o’quvchilar o’zlarini qiziqtirgan savollarga kerakli javoblarni oldilar hamda “Suv hayot uchun. Suv oziq-ovqat uchun” mavzusida suv zaxiralari, ularning ahamiyati, qo’llanilish sohalari va ulardan oqilona, tejamkorlik asosida maqsadli foydalanish bo’yicha o’z fikrlarini bildirdilar.
3 “E” – sinf o’quvchilari bilan tadbir mavzusi doirasida turli qiziqarli o’yinlar, she’riy aytishuvlar va guruhlarga bo’lingan holda “Suv hayot uchun. Suv oziq-ovqat uchun” mavzusida rasm chizish bellashuvlari o’tkazildi.





Natijada o’quvchilarda suv zaxiralarining ahamiyati, unlarni asrab-avaylash va bu borada amalga oshirilishi lozim bo’ladigan vazifa va chora-tadbirlar bo’yicha bilim va ko’nikmalar yanada mustahkamlandi.


Tadbirimiz koʼtarinki ruhda oʼtdi.
3 “E” – sinf rahbari: Djurayeva V.G.
Yüklə 9,6 Mb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin